|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 38/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатKardano panjarasi - O‘rin almashtirishlar shifrini amalga oshiradigan kriptografik tizim. U kvadrat jadval (panjara) bo‘lib, kataklarning chorak qismida shunday o‘yiq qilinganki, o‘yiq to‘rt marta burilsa, butun jadvalni qoplashi mumkin. Dastlabki matn panjaraning o‘yilgan kataklariga yozib qo‘yiladi, ular 90°ga burilib yangi, to‘ldirilmagan kataklarni ochib beradi.
Katalizator – kompaniyalar bular - to‘lov kartalari tizimlari, qidiruv tizimlari, fond birjalari, savdo majmualari va shunga o‘xshash kompaniyalar hisoblanadi.
Katta xajmdagi ma’lumotlar texnologiyalari ( BIG DATA). Katta ma’lumotlar - bu doimiy ravishda hajmi o‘sib boradigan turli xil ma’lumotlar bo‘lib katta ma’lumotlarning uchta asosiy xususiyati mavjud: xilma-xillik, ma’lumotlarni yukori tezlikda kelishi va katta hajmdaligidir. Oddiy qilib aytganda, katta ma’lumotlar odatda nostandart manbalardan olinadigan juda katta va murakkab ma’lumotlar to‘plamidir. ushbu ma’lumotlar to‘plamining hajmi shunchalik kattaki, an’anaviy ishlov berish dasturlari ularni hal qila olmaydi. Oldin juda murakkab bo‘lib
63
tuyulgan biznes muammolarini hal qilish uchun katta ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Katta ma’lumotlarning asosiy xususiyatlari. Xajmi. Ma’lumotlar miqdori muhim omildir. bunday ma’lumotlarning qiymati har doim ham ma'lum emas. bu Twitter kanali ma’lumotlari, veb-sahifadagi trafik ma’lumotlari, shuningdek mobil dastur ma’lumotlari, tarmoq trafigi, sensor ma’lumotlari bo‘lishi mumkin. Ba'zi tashkilotlarga o‘nlab terabayt ma’lumotlar, boshqalariga esa yuzlab petabayt ma’lumotlar kelib tushishi mumkin. Tezlik. Ushbu kontekstdagi tezlik bu ma’lumotlarni qabul qilish tezligi va ehtimol ularga asoslangan harakatlardir. Odatda, yuqori tezlikdagi ma’lumotlar oqimi diskka yozilmasdan to‘g'ridan-to‘g'ri tezkor xotiraga tushadi. ba'zi bir internet asosida xarakat kiluvchi «intellektli» mahsulotlar real vaqt rejimida ishlaydi. shunga ko‘ra, bunday ma’lumotlar real vaqt rejimida baholashni talab qiladi. Xilma-xillik. Xilma-xillik mavjud ma’lumotlarning har xil bo‘lishi mumkinligini anglatadi. An’anaviy ma’lumotlar turlari strukturali va ular darhol relyatsion bazada saklanishi mumkin. BIG DATA paydo bo‘lishi bilan ma’lumotlar strukturasiz tarzda kelib tushishni boshladi. Matn, audio va video kabi strukturasiz ma’lumotlar turlari ularning qiymatini aniqlash uchun qo‘shimcha ishlov berishni talab qiladi. BIG DATA texnologiyasi katta hajmdagi va sezilarli xilma-xillikning tuzilgan va tuzilmasiz ma’lumotlarini qayta ishlash uchun bir qator yondashuvlar, vositalar va usullarni nazarda tutadi. Ushbu texnologiyalar inson tomonidan qabul qilinadigan natijalarni olish uchun ishlatiladi, bu esa doimiy o‘sish sharoitida, hisoblash tarmog‘ining ko‘plab tugunlarida axborotni taqsimlashda samarali bo‘ladi. Zamonaviy sharoitda tashkilotlar matnli hujjatlar, tasvirlar, videoyozuvlar, mashina kodlari, jadvallar va boshqalar kabi ko‘plab tizimli bo‘lmagan ma’lumotlarni yaratadilar. Bu ma’lumotlarning barchasi turli bazalarda, ba’zan esa tashkilotdan tashqarida buladi. Kompaniyalar o‘z ma’lumotlarining keng doirasiga kirishlari
64
mumkin, lekin bu ma’lumotlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish va ularga asoslangan mazmunli xulosalar chiqarish uchun zarur vositalarga ega bo‘lmasligi mumkin.
|
| |