|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 35/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатInternet do‘kon - xarid qilish buyurtmalarini qabul qiluvchi, foydalanuvchi hisoblash variantini, buyurtmani olish usulini taklif qiluvchi va to‘lov uchun hisob-kitob qilishni taklif qiluvchi mahsulot yoki xizmatni reklama qiluvchi interaktiv veb- sayt.
Internet jamiyati (Internet society (ISOC)) - Internetni rivojlantirish sohasida xamkorlikni tashqillashtirish va muvofiklashtirish masalalari bilan shugullanuvchi xalqaro notijorat tashqiloti. ISOC 1991 yili AKShda manfaatdor tashqilotlar tomonidan tuzilgan. Uning asosiy vazifasi zamonaviy axborot texnologiyalarini ommalashtirish va axborot tarmoqlarining global axborot infratuzilmasiga birlashishiga yordam berish hisoblanadi. Mazkur jamiyat
59
Internet tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanishda yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u Internet arxitekturasini o‘rganish va tarmoqni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha o‘qitish ishlarini olib boradi, xamda tarmoq tadkikotlari va ishlanmalarini ragbatlantiradi.
Internet marketing - Internetda auditoriya javobini olish uchun reklamaning barcha aspektlaridan foydalanish amaliyoti. Bunga Internet tarmog‘ida ishlashning ijodiy va texnik aspektlari kiradi, jumladan, dizayn, reklama va marketing. Internet marketing usullariga izlash tizimlari marketingi, banner reklamasi, e-mail marketing va email reklamasi, virusli marketing, yashirin marketing, interaktiv reklama va boshqalar kiradi.
Internet portali - (ingl. portal – darvoza) Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (oochta, izlash, yangiliklar, forumlar va x.k.) ko‘rsatuvchi veb-sayt. portallar gorizontal (ko‘p mavzularni kamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bagishlangan, masalan avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintakaviy (masalan, uznet yoki runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek, ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin.
Internet-2 - IPv6 protokoliga asoslangan yangi Internet infratuzilmasini yaratish loyixasi. Yuqori samaradorlik, ishonchlilik va ma’lumotlar uzatish tezligiga ega (sekundiga 2,4 Gb). Tasvir va tovushning uzilishlarsiz uzatilishini va uzatish kanallarining barkaror kengligini kafolatlaydi. Uning yordamida tarmoqning ortikcha yuklanishi muammosi xal bo‘ladi, trafikni tartibga solish va uning deyarli darxol uzatilishi imkoni paydo bo‘ladi.
|
| |