|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 15/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатBuyumlar interneti (Internet of Things). Buyumlar xotira, ob’ektni tanib olish, joylashish o‘rnini aniqlash, hisoblash, axborotni qayta ishlash imkoniyati, his qilish (sensorli tarmoqlar, "aqlli muhit"), boshqa buyumlar, tarmoqlar, qurilmalar, insonlar bilan muloqotda bo‘lish kabi xususiyatlarga va vazifalarga ega. «Buyumlar interneti" atamasi birinchi marta
1999 yilda ingliz innovatori Kevin Eshton tomonidan jismoniy dunyo ob’ektlari sensorlar yordamida internetga ulanishi mumkin bo‘lgan tizimni tasvirlash uchun ishlatilgan. Bugungi kunda internetga ulanish va hisoblash funksiyalari
odatda kompyuter deb hisoblanmaydigan buyumlar, sensorlar va boshqalar bilan jihozlangan, bu qurilmalar ma’lumotlarni ishlab chiqishi va ishlatishi xamda ularni insonning minimal ishtiroki bilan almashtirishi mumkin. Buyumlar interneti ixtiyoriy qurilma sifatida tushuniladi, ya’ni biron - bir ma’lumotni uzatish yoki so‘rash maqsadida Internet tarmog‘iga kirishga ruxsat, buyumlar bilan aloqa qilish uchun global tarmoqda aniq bir manzil yoki identifikator bo‘lishi, foydalanuvchi bilan hamkorlik uchun interfeysga ega bo‘lish imkoni bo‘ladi. Buyumlar interneti bitta xizmat sohasi yoki funksiyasi bilan birlashgan
26
lokal tarmoqlarni hosil qilishi mumkin. Masalan, turli sensorlardan tashkil topgan aqlli uy tarmog‘i internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi va veb-interfeys orqali boshqarilishi mumkin. Cisco korporatsiyasining baxolashlariga ko‘ra, bugungi kunda global tarmoqqa ulangan qurilmalar soni butun dunyo aholi sonidan oshib ketgan. Shunday qilib, axborot asri rivojida keyingi bosqich bo‘lib "buyumlar interneti" tushunchasi bo‘lishi mumkin. Buyumlar interneti - bu milliardlab ob’ekt va qurilmalarni bir-biriga ulaydigan va kommutatsiya ob’ektlarining holati va o‘zgarishi haqida ma’lumot beradigan aqlli tarmoqlarni yaratish imkonini beruvchi yangi texnologiyadir. Mohiyatan, bu insonlarni qurilmalar bilan muloqot qilishlari mumkin bo‘lgan tarmoqlar tarmog‘i bo‘lib,, qurilmalar bir-birlari bilan muloqot qilishlari, atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga javob berishlari va inson ishtirokisiz qaror qabul qilishlari mumkin. Insonlar kurilmalarni sozlashi yoki ma’lumotlarga kirishi mumkin bo‘lsa-da, .IoT qurilmalari mustaqil faoliyat olib boradi. IoT tizimlari real vaqtda ishlaydi va odatda WI-FI yoki boshqa aloqa turlari orqali ulangan aqlli qurilmalar tarmog‘i va bulut platformasidan iborat bo‘ladi. Tarmoqqa ulangan qurilmalar ma’lumotlarni to‘playdi, keyin bu ma’lumotlar bulutga yuboriladi, u yerda dasturiy ta’minot ularni qayta ishlaydi va zarur xarakatlarni o‘zi bajaradi. Buyumlar interneti bozori deganda mashinalar bilan alokani ta’minlovchi asbob-uskunalar, texnologiyalar, dasturiy ta’minot va xizmatlar bozorlari majmui tushuniladi. Buyumlar interneti – ko‘plab texnologiyalarni birlashtiradigan, datchiklar bilan ta’minlangan va barcha uskunalarning internetga ulanganligini ko‘zda tutadigan konsepsiya, bu onlayn rejimida jarayonlarni monitoring, nazorat qilish va boshqarishni amalga oshirishga imkon beradi. Bugungi kunda ikkita yirik yo‘nalish shakllangan: buyumlar Interneti (Internet of Things) va sanoat buyumlar Interneti (Industrial Internet of Things). Ushbu texnologiyalar juda o‘xshash, biroq maqsadga ko‘ra farq qiladi: agar buyumlar
27
Internetining asosiy vazifasi barcha turdagi ma’lumotlarni to‘plash (modellar va prognozlarni yaratish uchun ishlatish mumkin) bo‘lsa, sanoat buyumlar Internetining maqsadi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir (manbalarni masofadan boshqarish va datchiklarni o‘qish bilan bog‘liqligi tufayli). NUAWEI kompaniyasi 2025 yilga kelib IoTga ulangan qurilmalar soni 100 milliard bo‘lishini bashorat kilmokda. IoTning global iqtisodiyotga moliyaviy ta’siri 2025 yilda 3,9 milliarddan 11,1 milliard dollargacha etishi mumkin.
|
| |