|
Solishtiriladigan ma’lumot turlari
|
bet | 148/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатSolishtiriladigan ma’lumot turlari (comparable data type) – Python ning oltita solishtirish operatori <, <=, >=, ==, va ! = lar bo‘yicha ketma-ketlikni aniqlashga imkon beruvchi ma’lumotlar turi, masalan,int, str, float va bool
Standart qiymat (default value) – funksiya chaqirilgan paytda unga mos argument uzatilmagan taqdirda parametrik o‘zgaruvchiga beriladigan ob’ekt
Ssenariy (script) – odatda global kod sifatida amalga oshiriluvchi qisqa dastur va u ko‘p martalab ishlatilishga mo‘ljallanmagan
Swift tili 2014-yilda Apple tomonidan kiritilgan nisbatan yangi dasturlash tili hisoblanadi. Bu til iOS yoki macOS ostida ilovalarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Swift ilgari iOS va macOS da ishlab chiqilgan Objective-C ga nisbatan samaraliroq va qulayroq til hisoblanadi. Umuman, dastur ishlab chiquvchilarga Swift yoqadi, Swift 2015-yilda eng sevimli tillar ro‘yxatida birinchi o‘rinni, 2017-yilda esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Ehtimol, Swift bilan ishlashni yoqtirasiz. Agar siz mobil
227
qurilmalar uchun ishlab chiqishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, Swift tili albatta, boylikka yo‘l sifatida qarashga arziydi. iOS ilovalari Android ilovalarga nisbatan ko‘proq daromad keltiradi.
Scala tili - Scala nomi Scalable Language tilidan kelib chiqqan. Bu til " Java ni qayta yozishga", kamchiliklarini tuzatishga yana bir urinishdir. Scala kodi Java Virtual Machine (JVM) da ishlash uchun kompilyatsiya qilinadi. Scala tilini LinkedIn, Twitter va Guardian kabi yirik kompaniyalar tomonidan foydalanishini hisobga oladigan bo‘lsak, bu tilga talab yuqoriligini aytish mumkin.Scala tilini o‘rganish qiyinrnoq bo‘lishi mumkin. Lekin buni uddalagan inson katta martabalarga ega bo‘ladi. Scala tilini ishlab chiquvchilar uchun ko‘proq ish o‘rinlari mavjud. 2017 yil StackOverflow hisobotiga ko‘ra, ish haqi darajasi bo‘yicha Scala dunyodagi eng yaxshi o‘ntalikdan o‘rin olgan, AQShda esa birinchi o‘rinda turadi.
SQL tuzilmalashgan so‘rovlar tili. Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan so‘rovlar standartlashtirilgan til. IBM tadqiqotlar markazida 1974 yili ishlab chiqilgan va dastlab SEQUEL (Structured English QUEry Language) deb atalgan. SQL ilk bor ma’lumotlar bazasining tijorat tizimi sifatida 1979 yili Oracle kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan.
SQLda kiritish-chiqarish operatorlari mavjud emas. Shu sababli, u boshqa tillar ichiga kirib, ular bilan birgalikda ishlaydi. SQL bajaradigan asosiy funksiyalar quyidagilar:- axborotni ma’lumotlar bazasiga yozish; - kerak bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish;- ma’lumotlar bazasida interaktiv axborotni izlash va uni chiqarib olish.SQL standarti ANSI tomonidan 1986 yilda tasdiqlangan va 1991 yilda yangilangan.
|
| |