|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 141/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатIdentifikator (identifier) – funksiya, klass, modul yoki boshqa ob’ektni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan nom
Interpretator (interpreter) – yuqori darajali dasturlash tilida yozilgan dastur kodini har gal bir qatordan bajaradigan dastur
Istisno (exception) – dastur bajarilishi vaqtidagi alohida xolat yoki xato
218
Iterator (iterator) – Python tili tomonidan chaqiriladigan for siklining xar bir iteratsiyasi boshida next () joylashtirilgan funksiyasini quvvatlaydigan ma’lumot turi
Ifoda (expression) – literallar, o‘zgaruvchilar, operatorlar va funksiyalarni chaqirishdan iborat bylgan kombinatsiya bo‘lib, uni natijaviy qiymatgacha soddalashtirish mumkin
Ifodani xisoblash (evaluate an expression) – ifodani prioritetlar qoidalariga asosan operandlarga operatorlarni qo‘llagan xolda soddalashtirish jarayoni
Ketma-ketlik (sequence) – a[i] va len(a) kabi indekslardan foydalanishni ta’minlovchi iteratsiya qilinadigan ma’lumotlar turlari
Kiritish, chiqarish, grafika v audioning standart qurilmalari (standart input, output, drawing, and audio) – Python tilining kiritish-chiqarish modullari
Klass (class) – Python tili tomonidan ishlatiladigan konstruksiya bo‘lib, u foydalanuvchining ma’lumotlari turini ishlatishga imkon beradi. Bunda API tomonidan aniqlanilgan ma’lumotlar turini yaratish va u bilan ishlash uchun shablon taqdim etiladi
Kommentariya (comment) – dasturni o‘quvchiga uni tushunish imkonini beradigan matn (kompilyator tomonidan e’tiborga olinmaydi)
Kompilyator (compiler) – Python ga o‘xshan yuqori darajali dasturlash tilida yozilgan dasturni quyi darajali kodga aylantirib beradigan dastur (masalan – Python da uning kodini Python virtual mashinasi kodiga o‘zgartirib beradi)
Konstruktor (constructor) – yangi ob’ektni yaratish va initsiyalizatsiya qilish uchun ishlatiladigan mahsus usul
|
| |