• Chiziq turlari.
  • Detal chizmalari chiziqlarining qalinliklari mm.da
  • O’lcham qo’yish.
  • Asosiy yozuvlar.
  • Qurilish chizmalarini grafik bajarishning asosiy qoidalari




    Download 487 Kb.
    bet3/4
    Sana21.05.2023
    Hajmi487 Kb.
    #62837
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Qurilish Chizmalarini O’qish
    24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, “Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, vaziyatli masalalar hammasi birda, IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
    Qurilish chizmalarini grafik bajarishning asosiy qoidalari.
    Masshtablar.
    Qurilish chizmalarida plan, fasad, profil qirqim, konstruksiyalar, detallar va bashqa turar joy, sanoat, qishloq xo’jalik binolarning chizmalari O’z.DAV.standartlari asosida bajariladi.

    Nomi

    Tasvir masshtabi

    Asosiy

    Tasvir juda zich bo’lganda

    Qavat planlari (texnik qavatlardan tashqari) qirqimlar, fasadlar

    1:200, 1:400, 1:100

    1:50

    Tomning plani, pol, texnik qavatlar

    1:500, 1:800, 1:1000

    1:200

    Plan va fasad bo’laklari

    1:10, 1:20

    1:5

    Chiziq turlari.
    Qurilish chizmachiligida bir xil masshtabda bajarilgan hamma chizma chiziqlari bir xil bo`lishi kerak.
    Plan, fasad va qirqimlarni chizmalari chiziqlarning qalinligi mm da

    Masshtab uchun







    Nomi

    1:400

    1:200

    1:100

    1:50

    Planlar va qirqimlar







    Yer chizig’i

    0,4

    0,5-0,6

    0,7-0,8

    0,8

    Kesimga tushgan tosh elementlar

    0,4

    0,4-0,5

    0,6-0,7

    0,8

    Kesimga tushgan yog’och elementlar

    0,4

    0,4-0,5

    0,6-0,7

    0,7

    Boshqa elementlarning konturlari

    0,3

    0,3

    0,3-0,4

    0,3-0,4

    Jixozlar

    0,3

    0,2

    0,2-0,3

    0,2-0,3

    Fasadlar







    Yer chizig’i

    0,6

    0,6

    0,8

    0,8

    Bino konturi

    0,3-0,4

    0,3-0,4

    0,4-0,5

    0,5-0,6

    Darvoza, eshik, oyna chiziqlari

    0,3

    0,3

    0,4

    0,4

    Darvoza, eshik, oyna va oraliq rasmlari

    0,2

    0,2

    0,2

    0,2-0,3

    Detal chizmalari chiziqlarining qalinliklari mm.da

    Nomi

    Masshtab uchun

    1:20 1:10 1:5 1:2 1:1

    Kesim toshli elementlar
    (g’isht, beton va x.k.) Yog’och elementlar
    Qirqimga tushmagan
    kesim konturlari

    0,8 1 1 1 1
    0,6 0,8 1 1 1
    0,3 0,3 0,3 0,3 0,3

    O’lcham qo’yish.
    Qurilish chizmachiligida o’lchamlar O’z.Dav.ST 2.307-97 ga ko’ra O’z.Dav.ST 21.105-97 ga asosan loyiha xujjatlarini hisobga olgan xolda qo’yiladi. Qurilish chizmachiligida o’lchamlar yopiq zanjir ko’rinishida o’lcham birligisiz mm.larda ko’rsatiladi. O’lcham chiziqlari kertma belgilar bilan chegaralanadi va ular 450 da 2-4 mm. uzunlikda bo’ladi. Birinchi o’lcham chizig’i kontur chizig’idan 10 mm. masofada, keyingi o’lcham chiziqlarining oralig’i 7mm. da, oxirgi o’lcham chizig’idan koordinata o’qlarining doirachalarigacha 4 mm. oraliqda chiziladi (197- shakl).
    Belgilar. Qurilish binolarining planlarida, qirqimlarida, fasadlarida satxlarning shartli belgilari birinchi qavat poliga nisbatan ko’rsatiladi.
    Birinchi qavat polining satxi shartli ravishda «nolinchi» satx deb qabul qilinadi. Fasad va planlarda satxlar tokchalarda strelkalar bilan ko’rsatiladi. Bunday xollarda strelkalar 450 burchak ostida bo’lib, 2-4 mm. uzunlikdagi asosiy chiziq bilan ko’rsatiladi. (198- shakl).


      1. shakl

    Asosiy yozuvlar. Qurilish chizmachiligida loyihalashtirilayotgan ob’ektning ma’lumotlari asosiy yozuvda ko’rsatiladi. Xuddi shunday asosiy yozuvlar chizmachilik darslarida, kurs ishlarida va diplom ishlarida ham ishlatiladi.
    Bino chizmalari va ularning konstruksiyalari.
    Arxitektura elementlari va asosiy konstruksiyalar haqida qisqacha ma’lumot.
    Binoning alohida mustaqil bo’lgan qismlari uning konstruktiv elementlari deyiladi: Fundament, qavatlar orasidagi bostirma, xonalar orasidagi devorlar, ichki asosiy devorlar, eshik bo’shlig’i, tashqi asosiy devorlar, oyna bo’shlig’i, ko’tarma, zinapoya marshi, zina maydonchasi, karniz, derazalar orasidagi devorlar, qiyalik, sokol va boshqalar.
    Asos fundament qo’yiladigan va binoning og’irligini ko’taradigan tabiiy tuproq. Bu yana sun’iy bo’lishi mumkin.
    Poydevor binoning devorlari va kolonnalarini ko’tarib turadigan yerga tekkan qismi: lentasimon, ustunsimon, yaxlit, svayli bo’lishi mumkin.
    Poydevorlar yig’ma beton, temir beton yigmalaridan, xarsang tosh, xarsang toshli beton, pishgan g’isht, yog’och va boshqa materiallardan ishlanadi.
    Qiya beton yo’lak, bino devorlarini namlikdan saqlaydi. Kengligi 700 -
    1000 mm. bo’lib, qiyaligi 1-3 % bo’ladi.
    Devorlar xonalarni tashqi temperatura va atmasfera ta’siridan saqlaydi.
    Devorlar o’z og’irligidan tashqari bostirma va tomning og’irligini ko’taradi.
    Devorlar ichki va tashqi devorlarga bo’linadi. Og’irlik ko’taradigan devorlar asosiy devorlar deb ataladi. Ichki devorlar esa xonalarni bir-biridan ajratib turadi. Devorlarni g’ishtdan, betondan, yog’ochdan va boshqa materiallardan ishlash mumkin.
    Sinch sinchli uylarning asosiy og’irligini ko’taradigan konstruksiyasi hisoblanadi. Sinchlar vertical kolonnalar va gorizontal to’sinlardan iborat.
    To’siq binoning bir qavatida ichki bo’shligidagi xonalarni bir biridan ajratadi. To’siqlar g’ishtdan, yog’ochdan, plastmassadan, shlakobetondan, keramikadan va gipsli plitalardan bo’lishi mumkin.
    Bostirmalar binoni balandliklari bo’yicha qavatlarga bo’lib turadi. Uni xozirda asosan temir betondan, goxida yog’ochdan va metalldan qilinadi.
    Pol sement, asfalt, ksilolit, plastmassa plitalaridan, taxtadan, parketdan, linoleumdan bo’lishi mumkin.
    Tom og’irlik ko’taradigan qismi stropila, har xil turdagi ferma va temir beton panellardan bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish binolarining tomi isitilgan yoki sovuq xolatida yopilishi mumkin. Turar joy binolarining tomi tunuka, shifer va x.k. lar bilan yopiladi.
    Karniz devorning eng yuqorisidan gorizontal chiqib turadigan qismi.
    Karniz devorni yog’inlardan saqlaydi. Karnizni devor ishlangan materialdan yoki tayyor bloklardan ishlanadi.
    Oyna(deraza) xonani tabiiy yorug’lik bilan taminlaydi. Xozirgi vaqtda tayyor oyna bloklari ishlatilmoqda. Oynalar bir tabaqali, ikki tabaqali yoki balkonga chiqadigan eshigi bilan birga bo’lishi mumkin.
    Eshiklar xonalarni bir biriga bog’lab turadi. Eshiklar bir tomonga ochiladigan, ikki tarafga ochiladigan yoki aylanib ochiladigan bo’lishi mumkin. Ular ko’pincha yog’ochdan yasaladi. Xozirda plastmassa va oynali eshiklar ham ko’p ishlatilmoqda.
    Darvoza ishlab chiqarish binolarida, qishloq xo’jalik binolarida katta transportlar uchun o’rnatiladi. Ular ikki tabaqali, surib ochiladigan, ko’tarib ochiladigan va qaytarib qo’yiladigan bo’lishi mumkin.
    Zina qavatlarni bir-biri bilan bog’lab turish uchun xizmat qiladi. U maydonchadan va qiya ko’tarilgan elementlardan tashkil topgan. Xozirda zinaning hamma elementlari temir betondan, ba’zi hollarda metalldan ishlanadi.
    Pandus silliq qiya yo’lka bo’lib, binoga kiraverishda qilinadi.
    Pandusning qiyaligi 5-12 % bo’ladi.
    Rampa omborxonalar oldidagi maydoncha. Yerdan 1,15 m. balandlikda bo’lib, eni 3-6 m. bo’ladi. U mashinaga yukni ortishda va tushirishda ishni osonlashtiradi. Rampaning yon tomonida pantus bo’ladi.
    Liftlar ko’p qavatli turar joy binolarida odaml va ishlab chiqarish binolarida yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Liftning shaxtasi yonmaydigan materialdan ishlanadi. Lift eshigi ochiladigan maydonchaning eni 1,6 m. dan kam bo’lmasligi kerak.

    Download 487 Kb.
    1   2   3   4




    Download 487 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilish chizmalarini grafik bajarishning asosiy qoidalari

    Download 487 Kb.