Asosiy qurilish materiallari xaqida qisqacha tushuncha




Download 487 Kb.
bet2/4
Sana21.05.2023
Hajmi487 Kb.
#62837
1   2   3   4
Bog'liq
Qurilish Chizmalarini O’qish
24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, “Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, vaziyatli masalalar hammasi birda, IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
Asosiy qurilish materiallari xaqida qisqacha tushuncha
Bino qurilishida tabiiy va sun’iy materiallardan foydalaniladi.
Tabiiy materiallarning ba’zi birlari qayta ishlanib keyin qurilishda foydalanilsa, ba’zi birlari, misol uchun qum, shundayligicha ishlatiladi.
Xarsang tosh 20-40 kg og’irlikdagi 150-500 mm li noto’g’ri fo’rmadagi tosh. Bunday toshlardan fundamentlarda, yerto’la devorlarida foydalaniladi.
Shag’al tosh 5-70 mm o’lchamga ega bo’lgan mayda toshlar. Sement qorishmalarida va asfalt bitonlarida ishlatiladi.
Qum 0,14-5 mm o’lchamli mayda donachalardan iborat tog’ jinsidir. Sement va beton qorishmalarida ishlatiladi.
Arralangan plitalar granitdan, marmardan, ishqordan tayyorlanadi. Bunday plitalar binoni bezash ishlarida ishlatiladi.
Beton sun’iy tosh bo`lib, u sement, suv, qum va shag’al qorishmasidan iborat. Betondan bino va inshoatlar uchun betonli va temirbetonli mustaxkam konstruksiyalar, yo’l qoplamalarida ishlatiladi.
Qurilish qorishmalari. Bu suv, qum va sement yoki tuproqdan iborat bo’lib, uning betondan farqi shag’al qo’shilmaganidadir. Ular g’isht terishda, temirbeton oralarini to’lg’azishda va suvoqda ishlatiladi.
Temirbeton beton va po’lat sterjenlar armaturalardan iborat bo’ladi.
Ular kolonnalarda, plitalarda va bostirmalarda, to’sinlarda, rigellarda va xokazolarda ishlatiladi. Temirbetonning ishlatilishi qurilishni mustaxkamligini oshiradi va tezlashtiradi.
Asbestsementli maxsulot sun’iy tosh bo’lib, suv, sement va asbestdan tashkil topgan. Bu material suv va sovuqqa juda chidamli bo’lgani uchun tomlarda, trubalarda va elektr izolyatsiya doskalarida va xokazolarda ishlatiladi.
Yupqa oyna 2-6 mm qalinlikda bo’lib, ular tiniq, bo’yalgan, rangsiz va yorug’likni yoyib yuboradigan bo’ladi.
Profilli qurilish oynasi shvellersimon va korobkasimon kesimli bo’lib, ular ishlab chiqarish, fuqoro va qishloq xo’jalik binolarining devorlarida ishlatiladi.
Blokli oynalar yorug’lik tushib turadigan tashqi va ichki to’siqlarda ishlatiladi. Ulardan yana vitrinalar, oynapaketlar, trubalar, eshiklar va xokazolar qilinadi.
Yog’och qurilishda juda ko’p ishlatiladi. U katta og’irlik tushadigan
(storopilalarda, stropilali fermalarda, ko’priklarda) devorlarda, oyna, eshik, pol, plintuslarda ishlatiladi.
Issiqlikni izolyatsiya qiladigan materiallar binolardagi issiqlik agregatlarini, issiqlik o’tkazgichlarni saqlashda ishlatiladi. Ular organik
(yog’och tolali va yog’och qirindili) va neorganik (mineral va penoplastlar) bo`lishi mumkin.
Metall ko`pincha qurilishda konstuksiya sifatida ishlatiladi. Bularga po’lat dvutavrlar, tavrlar, shvellerlar, alyuminiy va cho’yanlar kiradi.
Plastmmassa (keyingi yillarda qurilishda ko’plab ishlatilayotgan material) eshik, rom va ularning farnituralarida, devor, potolok va pol qoplamalarida, sanitariya texnika tarmoqlarida va jixozlarida, suv taminoti, oqava suv, elektr taminoti va jixozlarida, hamda qurilish anjomlarida keng foydalanib kelinadi.

Download 487 Kb.
1   2   3   4




Download 487 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy qurilish materiallari xaqida qisqacha tushuncha

Download 487 Kb.