|
Inklyuziv ta’lim va uning o’ziga xos xususiyatlari
|
bet | 30/78 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 329,17 Kb. | | #112808 |
Bog'liq Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)2.1. Inklyuziv ta’lim va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo’lmish farzandlarni mas’ulayatni his yetadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush qo’shadigan munosib fuqarolar bo’lib yetishishlariga katta umid bilan qaraladi.
Bolalarni muxofaza qilish maqsadida BMT 1989 yilda “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya”ni qabul qildi. “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya” bolalarning huqularini hamma joyda amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan inson huquqlari borasidagi halaro shartnoma hisoblanadi. U qariyb butun jahon mamlakatlari tomonidan ratifikasiya qilingan. Konvensiyani radifikasiya qilgan 191 mamlakat ko’ngilli tarzda zimmalariga “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” qoidalarini ma’muriy qonunchilik, sud va boshqa chora-tadbirlar yordamida hayotga tadbiq etish majburiyatini oldilar.
“Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” kompleks va unversal xarakterda bo’lib, bu barcha bolalar uchun inson huquqlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy singari jabhalarni ta’min etadigan yagona Konvensiyadir. Bu konvensiya qat’iy faoliyat ko’rsatadi. Barcha hukumatlarni hamma bolalalarning huquqlarini himoya etish uchun sa’yi harakatlar qabul etishga chaqiradi. Shuningdek bu Konvensiya yaxlitdir, chunki unda ta’kidlanishicha, barcha huquqlar muhim, mushtarak, bir-birlariga bog’liq va tengdir.
“Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya”ni o’rganish jarayonida bu hujjatning ko’plab bandlarining mazmuni va mohiyati xususida L.P.Nazarova, R.A.Suleymenova va G.A.Hakimjonovalar to’xtalib o’tganlar.
“Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” barcha bolalarning huqularini himoya qiladi. Mazkur Konvensiyaning 2-moddasida “Bolalar ularning ota-onalari, boquvchilarining irqlari, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, sog’lig’i, qanday holatda tug’ilganliklari va boshqa holatlaridan qat’iy nazar kamsitishlarga mahkum etilmasiligi kerak”-deb qat’iy belgilangan.
Demak, bu Konvensiyadagi barcha huquqlar maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun ham tegishli bo’lib, ularga barcha bolalar qatori teng munosabatda bo’lish kafolatlanadi. Shunday ekan, “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olish huquqini ham kafolatlaydi.
Aynan 28-modda “Ta’lim insonnig siyosiy huquqi”, deb nomlangan bo’lib, unda ishtirokchi davlatlar barcha bolalarning ilm olish huquqini e’tirof etadilar, hamda ana shu huquqni teng imkoniyatlar asosida amalga oshirishga asta sekin erishish maqsadida, bepul va majburiy boshlang’ich ta’limni joriy etadilar,-deyilgan. Ushbu modda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ta’lim olishlarini, ular uchun ham ta’limning majburiy ekanligini ko’rsatib turibdi.
“Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” maxsus ehtiyojli bolalarning ham barcha huqularini kafolatlar ekan, “barcha huquqlar barcha bolalarga” tamoyili e’tirof etilishi ma’lum bo’ldi.
Shuningdek, “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya”ning 23-bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim tarbiyasi xususida qisqa va aniq qilib quyidagicha ta’kidlangan: “Nogiron bolaning maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vosita hisoblangan ta’lim olishga har tomonlama yordam berilishi lozim”. Bu qoidadan shu nursa ayon bo’ladiki, maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyat hayotida to’liq ishtirok etishi, madaniyatga hamohang bo’lib o’sishi, uning boyliklaridan, go’zalligidan bahra olib jamiyatning rivojiga hassa qo’shishlarining ahamiyati juda kattadir. Mana shunday imkoniyatlarga ega etishda maxsus ta’lim muassasalarining ta’lim tizimi va mazmuni talabga javob bermaydi. Shuning uchun ham insonparvarlik nuqtai nazaridan jahondagi ko’plab mamlakatlar maxsus-segregasion ta’lim tizimini inkor eta boshlaganliklari ma’lum bo’ldi. Juda ko’plab davlatlarda maxsus yordamga muhtoj bolalarni yuqori natijali kamol toptirishda kompensator imkoniyatlarni rivojlantirish hamda ijtimoyi moslashtirish to’laligicha yo’lga qo’yish maqsadida umumta’lim maktablarida ta’lim berish ilmiy va amaliy davlat siyosati rejasiga kiritildi. Buning natijasida esa 1990 yilda Tailandda o’ta muhim Umumjahon Konferensiyasi bo’lib o’tdi. Bu konferensiyada “Ta’lim hamma uchun” Umumjahon Deklarasiyasi qabul qilindi. “Ta’lim hamma uchun” Umumjahon Deklarasiyasini dunyoning 155ta davlat hukumatlari va 150dan ortiq nodavlat tashkilotlari qabul qildilar. “Ta’lim hamma uchun ” Umumjahon Deklarasiyasi har bir bolaning to’laqonli va mukammal ta’lim olishini kafolatladi.
|
| |