• 76. Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim jarayonida o’qishda individual dasturlarni tuzish
  • Salamanka bayonati va ish faoliyati rejasi




    Download 329,17 Kb.
    bet31/78
    Sana06.12.2023
    Hajmi329,17 Kb.
    #112808
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
    Bog'liq
    Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)

    73. Salamanka bayonati va ish faoliyati rejasi
    Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat rejasida “Ta’lim hamma uchun” shiori ilgari surilamoqda. “Ta’lim hamma uchun” shiori deganda nogiron bo’lgan yoki jamiyat ichida ajratib qo’yilgan guruhlardan kelib chiqqan bolalarning ham tenghuquqlilik asosida ta’lim olishlari tushuniladi.
    Ushbu harakat rejasini tahlili shuni ko’rsatdiki, asoslanadigan asosiy tamoyili quyidagilardan iborat:
    “Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emosional, tilidagi yoki boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi kerak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar, ko’chmanchi xalqlarga tegishli bo’lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchilikni tashkil topgan oilalarning bolalari kiradi” (Harakat Rejasiga kirish 3-band).
    Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat Rejasida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitida inklyuziv ta’lim berish lozimligi alohida ta’kidlanib, har bir bolaning boshqalarnikiga o’xshamagan o’z ehtiyojlari mavjudligi, shuningdek, har bir bola yashash joyiga yaqin bo’lgan maktabga borish huquqi mavjudligi alohida ta’kidlab o’tilgan. Mazkur Bayonotga ko’ra:
    • Ma’orif tizimi va ta’limiy dasturlar turli xususiyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib, shu ishga yo’naltirilsin;


    • Maxsus ehtiyojga ega bo’lagan bolalar uchun umumta’lim maktablariga borish imkoniyati yaratilsin deb qat’iy belgilab berildi.




    76. Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim jarayonida o’qishda individual dasturlarni tuzish
    Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish Respublikamizning ayrim viloyatlarida, jumladan Farg’ona, Andijon, Xorazm, Toshkent viloyatida tajriba sinov ishlari boshlangan bo’lib, bu ishlarni amalga oshirishda nodavlat jamoalar, xorijiy tashkilotlar tashabbus ko’rsatmoqda. Halkar YuNESKO tashkiloti va Xalq Ta’lim Vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalarida inklyuzivkorreksion ta’limning tayanch punktlari tashkil etildi. Ular alohida yordamga muhtoj bolalar ta’limi bilan shug’illanuvchi, "Inklyuziv ta’lim" dasturini amalga oshiruvchi yagona punktlar hisoblanadi. Farg’ona viloyati Qo’qon shahri maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash “Ziyo” markazi umumta’lim maktablariga imkoniyati cheklangan bolalarni jalb etish YuNESKO loyihasi asosida 2004 yil o’z faoliyatini boshladi. Sinov - tajriba maydonlari uchun Farg’ona viloyati Qo’qon va Marg’ilon shahridagi 4 va 5-sonli aqli zaif bolalar, 9-sonli zaif ko’ruvchi bolalar maxsus maktab internatlarida, 64-sonli falaj bolalar bog’cha majmuasi, 39-sonli nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bog’chasi, 1,9-sonli - 48 - umumta’lim maktablari, Andijon viloyati 5, 31 - sonli umumta’lim maktablari tanlandi..

    Download 329,17 Kb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




    Download 329,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Salamanka bayonati va ish faoliyati rejasi

    Download 329,17 Kb.