• 82. Nogironlikka ega bo’lgan Shaxslar bilan muloqat qilishning ahloqiy meyyorlari
  • Nogironlikka jamiyat va hamjamiyatning ahamiyati




    Download 329,17 Kb.
    bet34/78
    Sana06.12.2023
    Hajmi329,17 Kb.
    #112808
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
    Bog'liq
    Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)

    81. Nogironlikka jamiyat va hamjamiyatning ahamiyati
    Hamjamiyatda ko’rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko’pincha ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni uyga qamab hyech kimga ko’rsatmaydilar, ro’yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to’g’risida hyech bir ma’lumot berilmaydi. Natijada ko’plab nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo’ladilar. Ular to’g’risida hyech bir ma’lumotni bo’lmasligi ta’lim-tarbiya muassasalariga qatnamasliklariga olib keladi. Moddiy mablag’ muammolari. Jahon miqiyosida ko’pgina davlatlarda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalarida o’qitish juda qimmatga tushadi deb hisoblaydilar. Shuning uchun ham inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish masalasini hal qilmaydilar. Jismoniy moslashtirish masalasi har bir davlatda mavjud bo’lib, bu mammo asosida maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga qatnashi masalasi yotadi. Maxsus ehtiyojli bola maktabga kelgandan so’ng u ko’pdlab muammolarga duch keladi, masalan, binoning ichkarisiga kirish, xonalar bo’ylab harakatlanish, hojatxonaga borish va hokazolar. Inklyuziv ta’limda jismoniy xavsizlik va qulaylik muhimdir. Sinfdagi o’quvchilar soni muammosi. Sinfdagi o’quvchilar sonining ko’pligi ko’plab davlatlarda maxsus ehtiyojli bolalar uchun inklyuzivlikka to’sqinlik qiladi. Rivojlangan davlatlarda har bir sinfdagi bolalar soni 30 tadan oshmaydi. Ammo rivojlanishdan orqada qolgan davlatlarda esa bir sinfda 60-100 nafar bolaning o’qishi oddiy holdir.
    82. Nogironlikka ega bo’lgan Shaxslar bilan muloqat qilishning ahloqiy meyyorlari
    Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan. Tashkilotning asosiyfaoliyati quyidagilardan iborat: - nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish; - nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish; - nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish; - bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish; - pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish; - uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron bolalar bilan ishlash rejasini yaratish; - yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash; - nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; - nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy axborot vasitalarida yoritib borish; - xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi tajribalarni tatbiq etish. Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha jamiyatning diqqat markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, ularga ta’lim beruvchi pedagoglar va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash ham bu masalani hal qilish uchun qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi.

    Download 329,17 Kb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




    Download 329,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nogironlikka jamiyat va hamjamiyatning ahamiyati

    Download 329,17 Kb.