|
- Yengil darajadagi akliy rivojlanishida muammolar bo’lgan bolalar inklyuziv talimida siniflar va dars jarayonlarini moslashtirish
|
bet | 73/78 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 329,17 Kb. | | #112808 |
Bog'liq Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)142- Yengil darajadagi akliy rivojlanishida muammolar bo’lgan bolalar inklyuziv talimida siniflar va dars jarayonlarini moslashtirish.
- Umumta’lim maktablarida o’qiyotgan aqli zaif bolalarni bilish faoliyati bilan
sog’lom bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim.
- Sog’lom bolaga qo’yilgan o’quv-dastur talabini aqli zaif bolaga
qo’llamaslik.
- Dars jarayonlarida aqli zaif bolalarni o’zlashtirish qobiliyatiga mos
keladigan vazifalar berib boorish lozim.
- Bolani darslarni o’zlashtirmasligi uchun o’quvchilar o’rtasida izza
qilmasdan, balki uning ayrim yutuqlarini hisobga olib rag’batlantirish choralarini
ko’rish.
- Umumiy aqli zaif bolalarni umumta’lim maktablarida o’qitish ishi
o’qituvchi oldida ancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o’rinda
o’qituvchilarimiz ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib borishi, bolalarini
xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan dars jarayonida ish olib
borish muhim ahamiyatlidir.
Umuman xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablarida
o’z sog’lom tengqurlari qatorida o’qiydigan bolalarga o’qitish va ta’limni to’g’ri
tashkil qila bilish har bir o’qituvchini mas’uliyatli burchi bo’lib qolishi kerak.
Nuqsonli bolalarni hayotda o’z o’rnini topishi, kelajakda o’z mehnati
evaziga hayot kechirish ko’nikmasiga ega bo’lish, o’qituvchilarimizning oldida
turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
143-Sinif va guruxlarda inklyuziv ta’lim tushunchasini rivojlantirish yo’llari
Ta’lim tizimini joriy etish har doim ma’lum bir qonun qoidalarga, tamoyillarga asoslanishni talab etadi. Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishda esa quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
1). Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi.
2).Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi tamoyili.
3). Bog’lanishning mavjud bo’lishi tamoyili.
4). Markazlashtirilmagan bo’lishi tamoyili.
5). Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili.
6). Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
7). Malakaviylik tamoyili.
1). Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish borasida bir qancha jahon miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko’plab davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida ko’plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog’liq bo’lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto’g’ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda, aholi o’rtasida targ’ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
- Yengil darajadagi akliy rivojlanishida muammolar bo’lgan bolalar inklyuziv talimida siniflar va dars jarayonlarini moslashtirish
|