• 148-Imkonyati cheklangan bolalarni umumta’lim maktablarda o’qitishda konseptual talablar
  • -Imkonyati cheklangan bolalarni umum talimining ilmiy-nazariy asoslari




    Download 329,17 Kb.
    bet76/78
    Sana06.12.2023
    Hajmi329,17 Kb.
    #112808
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
    Bog'liq
    Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)

    147-Imkonyati cheklangan bolalarni umum talimining ilmiy-nazariy asoslari
    Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi. Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi , rivojlanadi, ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan. Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab– quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.
    148-Imkonyati cheklangan bolalarni umumta’lim maktablarda o’qitishda konseptual talablar
    Hozir «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun Senat tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Qonunning 20-moddasida inklyuziv ta'lim to‘g‘risidagi band kiritilyapti. Biroq bu modda xalqaro talablarga javob bermaydi.
    Moddada maktablarda nogiron bolalarga sharoit yaratib berilsa, imkoniyati cheklangan bolalar u yerda ta'lim olishlari mumkinligi aytilmoqda. Agar sharoit yaratilmasa-chi?
    Shuning uchun biz bu borada o‘z takliflarimizni ishlab chiqdik va Senatga yubormoqchimiz. Unda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
    Avvalo, qonunda inklyuziv ta'lim tushunchasini ochib berish lozim. Sababi bizda hozirgacha bu tushuncha aniq ochib berilmagan.
    Maktablarda inklyuziv muhit yaratish davlat tomonidan majburiy bo‘lishi kerak. Hozirgi qonunga ko‘ra, maktablarda imkon bo‘lsa, inklyuziv ta'lim sharoiti yaratilishi, imkon bo‘lmasa, yaratilmasligi mumkinligi aytilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolari, ular ham boshqalar qatori ta'lim olish huquqiga ega.
    Bolalarning sifatli ta'lim olishi juda muhim. 2019 yil holatiga ko‘ra, 710 mingga yaqin nogiron fuqarolarning 609 ming nafari 16 yoshdan kattalar va ularning bor-yo‘g‘i 10 foizi oliy ma'lumotli hisoblanadi. Ko‘rinib turganidek, oliy ma'lumotli nogiron fuqarolar juda kam. Biroq kambag‘allikni qisqartirishning asosiy shartlaridan biri – oliy ta'lim berish.
    Bundan tashqari, nogironlar uchun ta'lim yashash quroli sanaladi. Ularda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish imkoni kam bo‘ladi, shuning uchun sifatli ta'lim olish va oliy ma'lumotli bo‘lish orqali daromad topish imkoniga ega bo‘lishadi. Oliy ma'lumoti bo‘lmagan nogironlar ko‘p hollarda uyda o‘tirib qolishadi.
    Ayni paytda, O‘zbekiston bo‘yicha kam ta'minlangan fuqarolarning 3 foizi mahallalardagi kam ta'minlanganlar ro‘yxatida turadi. Sababi mahalla mutasaddilari nogironligi bor shaxsning nafaqa pulini ham daromad sifatida qayd etishadi. Biroq bu nafaqa puli daromad emas, nogironlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya hisoblanadi. Biz mana shuni ham tushuntirishga harakat qilyapmiz.
    Lekin umumiy hisobda ta'lim olish imkonini oshirish orqali imkoniyati cheklangan shaxslarning kelajagini yaxshilash imkoniga ega bo‘lamiz.
    «Oldingi vazir va'da bergandi, lekin amalga oshmadi...»
    Bahodir Qurbonov, Musiqa va san'at maktabi o‘qituvchisi:
    – Imkoniyati cheklangan bolalarning keyinchalik soha tanlashi cheklangan. Ularga musiqa va san'at ta'limini berish orqali kelajakda kasb tanlashiga yordam berish mumkin. Bundan tashqari, musiqa ta'limi imkoniyati cheklangan bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi.
    Aytaylik, sog‘lom bolalar ko‘rgan narsalari haqida tasavvurga ega bo‘la olsa, ko‘zi ojiz bola musiqa orqali tasavvur qilish imkoniga ega bo‘ladi. San'at ularning maktabdagi o‘qishlarini yaxshi o‘zlashtirishiga ham yordam beradi.
    Biroq imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz bolalarning aksar qismining musiqa to‘lovini amalga oshirish imkoni cheklangan, chunki ularning ota-onalari ham nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki moddiy jihatdan imkoniyati yo‘q. Toshkent shahrida esa musiqa maktablari uchun to‘lov boshqa hududlarga qaraganda ancha qimmatroq: 177 ming so‘m atrofida.
    Shuning uchun bolalarni to‘lovdan ozod qilish masalasida necha yillardan beri turli tashkilotlarga murojaat qilib kelyapman.
    Davlat rahbarining may oyida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan imkoniyati cheklangan bolalar musiqa maktablarining to‘lov pulidan ozod qilinuvchi 25 foizlik imtiyozli kvotaga (avvallari faqat kam ta'minlangan oilalar farzandlariga bunday imkon berilgan edi) kiritildi.
    Biroq men ishlayotgan Toshkent shahridagi 17-sonli musiqa va san'at maktabida 280 nafar bola ta'lim oladi. Ularning 133 nafarini ko‘zi ojiz bolalar tashkil qiladi. Demak, faqat ko‘zi ojiz o‘quvchilarning o‘zi 25 foizdan ancha yuqori. Lekin imkoniyati cheklangan va kam ta'minlangan bolalarning faqat 25 foizigina to‘lov pulidan ozod qilinishi mumkin. Buning bilan imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa ta'limini olish imkoni cheklanadi.

    Download 329,17 Kb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




    Download 329,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Imkonyati cheklangan bolalarni umum talimining ilmiy-nazariy asoslari

    Download 329,17 Kb.