• 145-inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirisgning bazi bir xususyatlari
  • -inklyuziv tal’im oldida turgan muammojar va ularning yechimlari




    Download 329,17 Kb.
    bet74/78
    Sana06.12.2023
    Hajmi329,17 Kb.
    #112808
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
    Bog'liq
    Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)

    144-inklyuziv tal’im oldida turgan muammojar va ularning yechimlari
    Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida bugungi kunga qadar ham juda ko‘plab muammolar va to‘siqlar mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
    Salbiy munosabat; Hamjamiyatda ko‘rinmaslik; Moddiy mablag‘ muammolari; Jismoniy moslashtirish; Sinfdagi o‘quvchilar soni; Qaramlik;
    Jinsiy belgilarga qarab kamsitish;
    Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar.
    Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta’lim muasasalari tizimida ta’lim tarbiya olaishlari uchun eng katta to‘siq bo‘lsa kerak. Salbiy munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a’zolari, o‘qituvchilar, umumta’lim muassasalari hodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto maxsus ehtiyojli bolalrning o‘zlaridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya olishlariga nisbatan qashiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto‘g‘ri fikr, ular to‘g‘risida ma’lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o‘sganligi va boshqalardir.
    145-inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirisgning bazi bir xususyatlari
    “Inklyuziv ta’lim resurs markazi”ning vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
    -ta’limga jalb etilmagan imkoniyati cheklangan bolalar ta’limini tashkil etishga ko’maklashish;
    -inklyuziv sinf va guruhlarni o’quv metodik majmualar bilan ta’minlash;
    -joylardagi resurs markazlarga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish;
    -imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalariga farzandlarini tarbiyalash, maktabga va ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid turli shakldagi tadbirlarni tashkil etish, maslahatlar berish;
    -imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, kasb-hunarga o’rgatish ishlarini amalga oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarida inklyuziv sinflar va guruhlar tashkil etish, ta’limni integratsiya asosida olib borish kabilar.
    2002 yilning 31 may kuni “Ta’lim hamma uchun Dakar Dekloratsiyasi”ning mohiyatini O’zbekistonda tadbiq etish yuzasidan Xalq Ta’limi Vazirligi, YUNESKO xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Ta’lim hamma uchun” mavzusida halqaro forum tashkil etildi. Forumda xalqaro YUNESKO tashkilotining eksperti janob Kotibxon ishtirok etib forum qatinashchilariga “Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasini ishlab chiqish mavzusida seminar tashkil etdi.
    Natijada 2003 yil “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi ishlab chiqildi. “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi 2000 yilgi Dakar shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. “Ta’lim hamma uchun” Milliy harakat rejasini ro’yobga chiqarish bo’yicha yaqin davrlar (2001-2015- yillar)ga mo’ljallangan tadbirlar belgilanib, u Ta’lim hamma uchun milliy harakati hamda umumiy o’rta ta’lim maqsad va vazifalarini ro’yobga chiqarish siyosati” deb nom olgan VI bandining IX yo’nalishi Maxsus ta’limga yo’naltirilgan bo’lib, unda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishda qonunchilik va me’yoriy bazani takomillashtarish, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim-tarbiya, maxsus ta’lim mazmunini, inklyuziv ta’lim jarayonining o’quv-uslubiy tomonini takomillashtirish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, inklyuziv ta’limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, inklyuziv ta’limni joriy etishda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish va boshqa masalalar qayd etilgan.
    Bu ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida 2003 yilda Inklyuziv ta’lim bo’yicha o’tkazilgan respublika seminarida xorijiy davlatlar ekspertlari, mutaxassislar, olimlar, Xalq ta’limi vazirligi, joylardigi viloyat Xalq ta’limi boshqarmalari va bo’limlarining ta’limga mas’ul vakillari, Tashxis markaz raxbarlari, umumiy va maxsus ta’lim pedagog raxbarlari, jamoat tashkilotlar vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.
    Seminarga YUNESKOning eksperti Vakayto Unversiteti professori Devid Mitchel (YAngi Zellandiya) kordinatorlik qilgan. Devid Mitchel “Inklyuziv ta’limning tashkil etishning asl, mohiyati, umumta’lim tizimida alohida sinflar yoki guruhlar tashkil etish bilan chegaralanib qolmay balki ularni me’yorida rivojlangan bolalar kabi ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir”. SHuningdek inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etishda xalqaro ish tajribalari bilan fikr almashdi.

    Download 329,17 Kb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




    Download 329,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -inklyuziv tal’im oldida turgan muammojar va ularning yechimlari

    Download 329,17 Kb.