|
Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 20 | 2023Bog'liq 132-135Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 20 | 2023
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
133
foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim. Yоriqlar va yemirilishlarni ta’mirlashdan oldin u
joylar zamonaviy usullar bilan tozalanadi va mavjud qoplama markasidan yuqori
bo‘lgan sement markasi va unga qo‘shilgan qo‘shimchalardan hosil bo‘lgan qorishma bilan
to‘ldiriladi.Bundan tashqari hozirgi paytda germetizatsiya qilinadigan noyob polimer
kompozitsion materiallardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.Issiq holatda ishlatiladigan
mastika ayniqsa,«Crafco» (AQSH) va «Biguma» (Germaniya) germetikalaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu materiallarning xizmat ko‘rsatish muddati 5 yildan
kam emas.
Ba’zi mamlakatlarda yoriqlarni epoksid smolali qum aralashma bilan yopiladi,
g‘ovaklar, mayda o‘yiqlar,plitalarning sho‘rlangan joylari,sement, polimerbeton
qorishma va suyuq shisha asosidagi qorishmalar bilan tuzatiladi. Sementbeton qoplamali
avtomobil yo‘llarini sement, suyuq shishali qorishma bilan ta’mirlayotganda havo
harorati 5 C° dan past bo‘lmasligi kerak.Polimerbeton qorishmani esa havo harorati 15 C°
dan past bo‘lmaganda bajariladi.
Sementbeton qoplamalarning turli yemirilishlarini oldini olish yoki yo‘qotish uchun
yuzalarni pishiqlashning ikkita usuli tavsiya etiladi: polimer bog‘lovchilarni shimdirish,
polimerbeton yoki polimer sementbetondan yupqa himoya qatlami yotqizish.
Agar qoplama yuzasida ko‘plab yemirilish va shikastlar paydo bo‘lsa, ular yanada
ko‘payib ketmasligi va zaruriy foydalanish sharoitlarini ta’mirlash uchun yupqa himoya
qatlami hosil qilish kerak bo‘ladi. Buning uchun avvalo yuzaga ishlov beriladi.Bu
jarayonda oddiy sementbetonning epoksid bog‘lovchisi surtiladi va polimerbeton yoki
polimersementbeton yotqiziladi. 5 mm dan chuqurroq uvalanganda va g‘ovaklar paydo
bo‘lganda, plita choki yonida siniqlar bo‘lganida va boshqa yemirilishlarda yupqa
himoya qatlam qurishning istalgan usulini qo‘llash mumkin. Bunda polimerbeton
ishlatilsa qatlam qalinligi 0,5-2 sm, polimersementbeton ishlatilsa 6-12 sm
bo‘ladi.Issiq iqlim sharoitida plitalarning burchaklari, qirralari singanda, chuqur yoki
g‘ovaklar paydo bo‘lganda ularning chuqurligi 5-15 sm, eni 60 sm gacha o‘yiqlarni
yo‘qotish uchun suyuq shisha bilan tayyorlangan, tez qotuvchi beton
ishlatiladi,qorishmani tashlashdan 15-20 minut oldin o‘yiqning chetlari va tubiga grunt
eritma surtiladi.Bu eritma suyuq shisha va ferroxromli shlakdan tayyorlanadi.Tayyor
bo‘lgan qorishma o‘yiq ichiga bir tekis yoyiladi undan keyin masterok yoki yog‘och
andava bilan tekislab qoplama yuzasidan 3-4 sm chiqib turadigan holga keltiriladi.Havo
harorati 25- 30 C° da qorishmani tayyorlagandan keyin 20-40 minut o‘tgach tayyorlangan
qorishma qotadi. Ta’mirlangan joydan transport harakatlanishi uchun 5-7 soat
o‘tgandan keyin ruhsat etiladi. Agar bu ta’mirlash ishlari choklarga to‘g‘ri kelsa va
choklar bekilib qolsa, quyidagi ishni bajarish kerak bo‘ladi.Kompensatsiya choklarini
mavjud siqilish choklariga o‘xshab qirqish mumkin.Bunda dastlab eski germetikani
|
| |