Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 20 | 2023
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
132
SEMENTBETON QOPLAMALI AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASHDA
ISHLATILADIGAN ZAMONAVIY MATERIALLARNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Ravshanov Jo‘rabek Ravshan o‘g‘li
JizPI “YM” kafedrasi o‘qituvchisi
(
ravshanovjurabek07@mail.ru
)
Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini
tashkil etishning ilg‘or texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishda
ishlarni tashkil etish davlatlarning bu sohadagi usul va ilg‘or horijiy uslublarini keng joriy
etish, xaqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar: avtomobil yo‘llari, ekspluatatsiya qilish, sementbeton qoplamalar,
maksimal harorat, sementbeton qoplamadagi yoriqlar, yemirilishlar, sinishlar va
ko‘chishlar.
Аннотация: В данной статье рассматриваются передовые технологии
организации работ по эксплуатации автомобильных дорог, организация работ
по эксплуатации автомобильных дорог, широкое внедрение методов и
передовых зарубежных методов в этой области государствами, были сделаны
соображения.
Ключевые слова: автомагистрали, эксплуатация, цементно-бетонные
покрытия, максимальная температура, трещины, разрушения, поломки и
смещения в цементно-бетонном покрытии.
Avtomobil yo‘llari muhandislar sementbeton qoplamali yo‘llarini ekspluatatsiya
qilishda bir qancha muommolarga duch kelmoqda. Qoplamalarni ekspluatatsiya qilishda
xatto kengaytirilgan yoriqlar mavjud bo‘lganda ham harorat choklari asta-sekin chiqindilar
bilan to‘lib qoladi va shu asnoda salbiy oqibatlar yuzaga keladi xamda choklardagi xolati
buziladi. Yоz vaqtida ayniqsa, yuqori harorat ta’sirida plitalarning zo‘riqishi kuzatiladi.
Bunda plitalarda sinishlar paydo bo‘lish jarayonlari jadallashadi va plitalar buzila
boshlaydi. Natijada qoplamaning ravonlik darajasi va mustahkamligi yomonlashadi.
Sementbeton qoplamalaridagi deformatsiya choklarining germetizatsiyasini tiklash va
yoriqlarni konservatsiya qilish muhim ishlardan biri hisoblanadi.
Sementbeton qoplamalarda yoriqlar, yemirilishlar, sinishlar va ko‘chishlar paydo
bo‘lganda bu qoplamalarni ta’mirlash va saqlash ishlarida mini texnikalardan
|