• Annotatsiya
  • Innovative developments and research in education international scientific-online conference




    Download 399,4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana20.11.2023
    Hajmi399,4 Kb.
    #101651
      1   2   3
    Bog'liq
    Karimova Jamila



    INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
     
    International scientific-online conference
     
    93
    PAGE
    TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI 
     
    Karimova Jamila 
    Andijon viloyati Baliqchi tumani 34-maktab o’qituvchisi
     
    Annotatsiya: Muallif maqolada bugun O’zbekiston Respublikasi hududida 
    o’qitilayotgan texnologiya fanidan xavfsizlik qoidalari haqida fikr yuritadi.O’quvchilar 
    texnologiya fanidan egllashlari lozim bo’lgan ko’nikmalarni eslatib, o’tib elektr xavfsizligiga 
    alohida diqqat qiladi.O’qituvchi sifatida o’quvchilar xavfsizligi uchun jamiyat mas’ul deya 
    xulosa qiladi. 
    Kalit so’zlar: Texnologiya, texnika-xavfsizlik qoidalari, avariyalar, applekatsiya, 
    plastilin, elektrooftalmiya, elektr toki. 
    Hech kimga sir emaski, barcha fanlar kabi texnologiya fanini o’rganish jarayonida 
    ham texnika-xavfsizlik qoidalariga amal qilish shart.Masalan, texnologiya fanining 
    o’ziga xos bo’limlari borki, quyida ularni yoritishga harakat qilamiz: 
    Texnika xavfsizligi dars jarayonidagi baxtsiz hodisalar, kasbiy kasalliklar, 
    avariyalar, portlashlar, yong’inlarning mumkin bo’lgan sabablarini aniqlaydi va 
    o’rganadi.Ushbu sabablarni bartaraf etish, o’quvchilar uchun xavfsiz va qulay mehnat 
    sharoitlarini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar va talablar tizimini ishlab chiqadi.Bunda 
    ulkan ijtimoiy samara bilan bir qatorda ma’lum bir iqtisodiy samaraga ham erishiladi. 
    Albatta, bunday jarayonda o’qituvchi bilan birga o’quvchi ham birdek mas’ul 
    hisoblanadi.Texnologiya fanidan o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari 
    kerak: 

    Mehnat ta’limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya 
    qilgan holda amaliy mashg’ulotlarni bajara olish; 

    Turli bayramlarga applekatsiya usulida tabriknoma tayyorlay olish; 

    Qog’ozdan turli buyumlar tayyorlay va bezata olish

    Qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni bilishi; 

    To’g’ri to’rtburchak ichida applekatsiya usulida naqsh tuzishni; 

    Gilamdagi naqshlarni hosil qila olish; 

    Pape-mashe usulida kosa yasay olish; 

    Yumshoq o’yinchoq tikish ko’nikmalarini egallay olish; 

    To’qish usullaridan foydalanib kichik hajmda buyumlar to’qiy olish; 

    Gazlama gullaridan applekatsiya usulida guldasta tayyorlash

    Ipdan o’yinchoq yasay olish; 

    Plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro’zg’or buyumlarini 
    yasay olish; 

    Kuzgi gullarga qarab donlar, urug’lar, tabiiy materiallardan gullar yasay olish; 

    Maktab uchastkasida ishlash va gullarni parvarish qilish ko’nikmalarini egallash. 



    Download 399,4 Kb.
      1   2   3




    Download 399,4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovative developments and research in education international scientific-online conference

    Download 399,4 Kb.
    Pdf ko'rish