INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION




Download 399,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi399,4 Kb.
#101651
1   2   3
Bog'liq
Karimova Jamila

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
 
International scientific-online conference
 
94
PAGE
Hammamizga ma’lumki, xuddi kundalik hayotdagi kabi texnologiya darsi 
jarayonida ham elektr toki xavfsizligiga diqqat qilish shart. Elektr toki organizm orqali 
oʻtganda issiqlik, elektrolitik va biologik ta’sir koʻrsatadi. Issiqlik ta’siri badanning 
ayrim joylarining kuyishi, qon tomirlari, asab va boshqa toʻqimalarning qizishi bilan 
xarakterlanadi. Elektrolitik ta’sir qonning va boshqa organik suyuqliklarning qurishiga 
va ularning fizik-ximik buzilishiga olib keladi. Elektr tokidan olingan jarohatlarni 
shartli ravishda mahalliy va umumiy turlarga boʻlish mumkin. Umumiy turini odatda 
tok urishi deyiladi. Mahalliy turlari organizmning ma’lum qismini elektr toki yoki elektr 
yoyi ta’sirida shikastlanishidir. Elektr tokidan kuyish badandan tok oʻtganda hamda 
elektr yoyi ta’sirida boʻlishi mumkin. Birinchi holatda jarohat nisbatan yengil oʻtadi. 
Bunda terining qizarishi, pufakchalar paydo boʻlishi kuzatiladi. Elektr yoyi ta’sirida 
boʻlgan kuyish odatda ancha ogʻir xarakterga ega boʻladi.Elektrooftalmiya – elektr 
yoyidan chiqadigan kuchli ultrabinafsha nurlar oqimining koʻzga ta’siri natijasida 
tashqi pardasining yalligʻlanishidir. Odatda kasallik bir necha kun davom etadi. 
Koʻzning muguz pardasi jarohatlanganda davolash murakkablashadi va uzoq davom 
etadi.Kishining elektr tokidan jarohatlanishi qator omillarga ega:tok kuchi, 
kuchlanish,chastotasi va uning turi, tokning organizmdan oʻtish yoʻli, ta’sirning 
davomiyligi hamda kishi tanasining xususiyatlariga bogʻliqdir. 
Tok kuchi. Kishining shikastlanishida tok kuchi hal qiluvchi rol oʻynaydi. 
Tadqiqotlarning koʻrsatishicha 0,0001 A tok kuchi tanaga ta’sir qilmaydi. 0,001 A da 
barmoqlar yengil qaltiray boshlaydi. 0,002 A da esa qaltirash kuchayadi. 0,01 A da 
barmoqlarda qattiq ogʻriq seziladi, muskullar qisqara boshlaydi.Bunday tok kuchidan 
kishi mustaqil oʻzini ajratib oladi. Tok kuchi 0,02Aga yetganda panja va barmoqlar 
muskullari qattiq ogʻrib, gʻayriixtiyoriy ravishda tirishib-tortishib qoladi. Bunday 
tokdan kishi oʻzini ajrata olmaydi. 0,025-0,05A miqdoridagi tok kuchi koʻkrak qafasi 
muskullariga ta’sir qilib, nafas olishni qiyinlashtiradi, xattoki toʻxtatib ham qoʻyadi. 
Bunday kattalikdagi tok kuchi uzoq vaqt ta’sir etsa, bir necha minut davomida 
oʻpkaning ishlashini toʻxtatib, oʻlimga olib kelishi mumkin. 0,1A tok kuchi yurak 
mushaklariga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir 0,5s va undan ortiq vaqt davomida boʻlsa, 
yurakni 
toʻxtatib 
qoʻyishi 
yoki 
yurak 
fibrillyatsiyasiga 
olib 
kelishi 
mumkin.Fibrillyatsiya yurak mushaklarining betartib, tez-tez va xilma-xil qisqarishidir. 
Bunda yurak ishi buziladi, natijada organizmda qon aylanishi toʻxtaydi va oʻlimga olib 
keladi.Kishining elektr toki bilan shikastlanishida badanning qarshiligi hal qiluvchi rol 
oʻynaydi. Bu qarshilikning kattaligi terining (namligi, nozik yoki dagʻalligi, yara-
chaqalarning mavjudligi va h. k. ) hamda suyak va ichki a’zolarning holatiga 
bogʻliqdir.Teri quruq, toza va beshikast boʻlsa, tananing qarshiligi – 2mln. Om boʻladi. 
Agar teri nam boʻlsa, toza boʻlmasa, hamda shikastlangan boʻlsa, uning qarshiligi 
keskin kamayib, ichki a’zolarning qarshiligiga – 500 Omga yaqin boʻlib 
qoladi.Hisoblarda tananing qarshiligi odatda 1000 Om deb qabul qilinadi. Kuchlanish. 
Agar shartli ravishda xavfli deb odam mustaqil ravishda tokdan oʻzini ajratib 



Download 399,4 Kb.
1   2   3




Download 399,4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION

Download 399,4 Kb.
Pdf ko'rish