INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE " INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND
EDUCATION"
2022 Munchen, (Germany)
181
XITOYDA XALQARO FESTEVALLAR VA ULARNING XITOY
TURIZIMIGA QO‘SHGAN O‘RNI
TDIU Xalqaro turizm fakulteti
talabasi
Rahmonova Mohira
rakhmanovam04@gmail.com
TDIU Xorijiy tillar kafedrasi
o‘qituvchisi
Xikmatov Dilshodjon
Annotatsiya:
Hozirda Xitoy Xalq Respublikasi turizm sohasi yo‘nalishida
ilg‘or mamlakatlardan biri va shu soha borasida boshqa davlatlardan o‘ziga hosligi
bilan ajralib turadi. Mazkur maqolada Xitoy xalq respublikasining festivallari
turizm sohasida qanchalik muhim ekanligi va Xitoyda o‘tqaziladigan turli-tuman
festivallar hamda ularning ahamiyati borasida qisqacha tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
turizm,
festival,
muz saroyi, o‘rta
kuz festivali, varraklar
festivali, yelkanli ajdaho qayiqlari festevali.
Bugungi kunda turizm Xitoy iqtisodiyotining eng muhim qismiga aylanib
bormoqda. Shu bilan birga Xitoy eng yirik sayyohlik bozorlaridan biriga aylandi.
Xitoy 2022-yilda sayohat va turizmning YaIMga qo‘shgan hissasi bo‘yicha dunyoda
ikkinchi (814,1 milliard dollar), sayohat va turizmning bandlikka qo‘shgan hissasi
bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi (2014-yilda 66 million 86 ming ish o‘rni).
Toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita va qoʻzgʻatilgan taʼsirga asoslangan turizm 2013-yilda
Xitoy yalpi ichki mahsulotining 9,3 foizini tashkil qildi. 2017-yilda
Xitoyning
sayohat va turizm sektorining umumiy hissasi YaIMning 11 foizini tashkil etdi.
2018-yilda ichki turizm sektori mamlakat yalpi ichki mahsulotiga qariyb 1,47 trillion
dollar hissa qo‘shdi.
1
1
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xitoyda_turizm