• Kalit so‘zlar
  • Innovative trends in science, practice and education




    Download 19.3 Kb.
    bet1/2
    Sana18.04.2024
    Hajmi19.3 Kb.
    #200810
      1   2
    Bog'liq
    87-92
    configration.xml, Kommutatsiya va marshrutizatsiya fanidan Laboratoriya ishi Bajar, Àõáîðîò òåõíîëîãèÿëàðè, 200 курс Рухсат этилган сифатни таъминлаш хусусияти қайси хусу-fayllar.org, 1-amaliyot, 3-topshiriq 8-variant, yuldashev slayd, yuldashev S mustaqil 2, faxriddin slayd, faxriddin mustaqil 1, 2-amaliy faxriddin, Kompyuter tarmoqlari vazifalari Kompyuter tarmog i nima , 9-amaliy ish (1), 2-ma’ruza axborot uzatish va taqsimlash tizimlari arxitekturasi.-fayllar.org


    INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE " INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION"
    2022 Munchen, (Germany)


    JAMIYATNI AXBOROTLASHTIRISHDA AKTNING O‘RNI


    Sardalbekova Shahnozaxon
    Qaynar qizi FDU matematika informatika fakulteti 4-kurs talabasi


    Annotatsiya: Jamiyat rivojlanishining zamonaviy davri axborotlashtirish jarayoni bilan ajralib turadi. Bugungi axborot davrida har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib kelmoqda. Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida axborotning ahamiyati, xususan, axborot erkinligi va ochiqligi masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi har qanday mamlakatning salohiyati va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib sanalmoqda.
    Kalit so‘zlar: Axborotlashtirish, axborot-kommunikatsion texnologiyalari, kompyuterlar va kompyuter tizimlari, lokal va global tarmoqlar, Internet xalqaro tarmog‘i, multimedia texnologiyasi.

    Axborotlashtirish – mehnat sifatini, yashash sharoitlarini tubdan o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan va jamiyatning barcha a’zolarini axborot bilan ta’minlash darajasini qo‘llab-quvvatlovchi axborot vositalari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish va umumqo‘llash jarayonidir. Axborotlashtirishning zarurati axborotning roli va qiymatining keskin o‘sishi bilan izohlanadi. Axborot jamiyati axborotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va jamlash bo‘yicha inson faoliyatini o‘z ichiga olgan yuqori darajada rivojlangan axborot muhiti bilan tavsiflanadi.



    Hozirgi kunda axborot muhiti inson faoliyatida material manbaga nisbatan yetakchi bo‘lib bormoqda. Axborot manbalari tijorat tavsifiga ega bo‘lmoqda va yangi axborot xizmati jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning hayotga tadbiq qilinishi foydalanuvchilar bilan bir qatorda ishlab chiquvchilar uchun ham tayyorgarlikni talab qiladi. 1
    Bunda barcha o‘rganuvchilar uchun quyidagilar zarur:

    • Axborot jarayonlari, tarkibi, modellari, negiz va amaliy axborot texnologiya vositalari va usullarini loyihalash va yaratish.

    • Axborot texnologiyalari negizida tizimni boshqarish usullarini bilish.

    • Turli fan sohalarida funksional masalalarni yechishda, hamda axborot tizimlarini ishlab chiqish va loyihalashda axborot texnologiyalarini qo‘llashni bilish.

    • Axborot tizimlarining qo‘llanilish sohalari va axborot jamiyatiga o‘tish sharoitida uning kelajagi haqida tushunchaga ega bo‘lish.

    Jamiyat tomonidan axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish har bir inson yashash sharoitining yaxshilanishini ta’minlashi lozim. Axborot jamiyati insoniyat rivojining navbatdagi bosqichidir. Bunda insoniyatning yashash muhiti axborot texnologiyalariga tayanadi.
    Hozirgi yoshlarga yangi asrda o‘qishga va ishlashga to‘g‘ri keladi. XXI asr oxirida insoniyat jamiyatining rivojlanish manbai deb tan olingan axborotsiz hech qanday ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Bugungi kunda insoniyat axborot texnologiyalari sohasida yuqori natijalarga erishdi. Bu kompyuterlar va kompyuter tizimlari, lokal va global tarmoqlar, Internet xalqaro tarmog‘i, multimedia texnologiyasi va boshqalardir.2



    1 Akhmedov, B. A., & Khasanova, S. K. (2020). Public education system methods of distance in education in development of employees. Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1(1), 252-256.
    2 Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик качества и надежности программного обеспечения. EURASIAN EDUCATION SCIENCE AND INNOVATION JOURNAL, 3(10), 97-100.
    Ахbоrоt rеsurslаri аlоhidа hujjаtlаr, hujjаtlаrning аlоhidа to’plаmlаri, ахbоrоt tizimlаridаgi (kutubхоnаlаrdаgi, аrхivlаrdаgi, fоndlаrdаgi, mа’lumоtlаr bаnklаridаgi vа bоshqа ахbоrоt tizimlаridаgi) hujjаtlаr vа hujjаtlаrning to’plаmlаri. Оmmаviy ахbоrоt – bungа chеklаnmаgаn dоirаdаgi shахslаr uchun mo’ljаllаngаn hujjаtlаshtirilgаn ахbоrоt, bоsmа, аudiо, аudiоvizuаl hаmdа bоshqа хаbаrlаr vа mаtеriаllаr kirаdi.
    Ахbоrоt tizimi – ахbоrоtni to’plаsh, sаqlаsh, izlаsh, ungа ishlоv bеrish hаmdа undаn fоydаlаnish imkоnini bеrаdigаn, tаshkiliy jihаtdаn tаrtibgа sоlingаn jаmi ахbоrоt rеsurslаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаri vа аlоqа vоsitаlаri. Agar axborot resurslari oqilona tashkil etilsa va o’rinli foydalanilsa, u mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida ishtirok etishi mumkin. 3
    Axborot zaxiralari – alohida hujjat, hujjatlar to'plami hamda axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, turli axborot tizimlari)dagi hujjatlar to'plamidir.
    Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish – yuridik vа jismоniy shахslаrning ахbоrоtgа bo’lgаn ehtiyojlаrini qоndirish uchun ахbоrоt rеsurslаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаri hаmdа ахbоrоt tizimlаridаn fоydаlаngаn hоldа shаrоit yarаtishning tаshkiliy ijtimоiy iqtisоdiy vа ilmiy – tехnikаviy jаrаyonidir.
    Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish jаrаyoni quyidаgi qаtоr muаmmоlаrning hаl etilishini tаlаb etаdi:

    1. Hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаrini jаmiyat fаоliyatining bаrchа tаrmоqlаrigа tаdbiq qilish.

    2. Jаmiyat а’zоlаrini hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаridаn sаmаrаli fоydаlаnishgа o’rgаtish.

    3. Jаmiyat а’zоlаrining turli xil ehtiyojlаrini qоndirishdа ахbоrоt rеsurslаridаn to’lа vа sаmаrаli fоydаlаnishlаrini tа’minlаsh.




    3 Гулбоев, Н. А., Дуйсенов, Н. Э., Ахмедов, Б. А., & Рахманова, Г. С. (2020). Модели систем управления электрическими сетями. Молодой ученый, 22(312), 105-107.
    4Axborot texnologiyalarining asosiy ta'lim ahamiyati shundaki, ular o'qituvchi va talaba uchun deyarli cheksiz potentsial imkoniyatlarga ega bo'lgan beqiyos yorqinroq ko'p sensorli interfaol ta'lim muhitini yaratishga imkon beradi.
    Axborot – axborot xizmati tizimlarida fan – texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’indisidir, ya’ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.
    Aytishimiz mumkinki, "o'qituvchi" dan kompyuter o'qituvchining faol yordamchisiga aylanadi.5
    Axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan o‘qitishni tashkil etish doimiy to‘liq nazoratni amalga oshirishga imkon beradi.6
    Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o’ynaydi. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o’tish davri haqida gap borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala bo’yicha ko’plab nashrlar e’lon qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar o’z aksini topgan. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida axborotlarni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, ya’ni qimmat turadigan jarayondir.
    Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi:
    mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni;
    kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini





    4И.Алдашев. Использовать специфические свойства компьютера, позволяющие индивидуализировать учебный процесс и обратиться к принципиально новым познавательным средствам "Экономика и социум"
    №6(73) 2020
    5 . И. Алдашев. Современные информационные технологии в образовании - это новые возможности "Экономика и социум" №6(73) 2020


    6 I.Aldashev. S.Aldasheva Ta‘lim samaradorligida akt muhim omildir. «Фан, таълим ва техникани инновацион ривожлантириш масалалари» Халкаро илмий-амалий онлайн анжуман материаллари тўплами (2022 йил 12 апрель, Андижон).
    takomillashtirish jarayoni;
    intellektualizatsiya - axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlan- tirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim.
    Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma’naviy omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Jamiyatni axborotlashtirish ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo axborotni ishlab chiqarib, unga “ishlov berish”, saqlash va jamiyat a`zolarga yetkazish bilan bog`liq bo`ladiganjamiyat. Shu jumladan axborotlashgan jamiyatda ko`pchilik ishlovchilarning oliy shakli ya`ni bilim ko`nikmalarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish bilan bog`liq bol`gan jamiyat.



    Download 19.3 Kb.
      1   2




    Download 19.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovative trends in science, practice and education

    Download 19.3 Kb.