• Annotatsiya
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Innovatsioh texnologiyalarni tatbiq etish




    Download 476.93 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana17.12.2023
    Hajmi476.93 Kb.
    #121733
    Bog'liq
    Yo‘ldosheva Gulasal Zarifboy qizi
    MILLIY SERTIFIKAT TESTI (1), To\'ychipolat


    41 
    «FOSFOR VA UNING BIRIKMALARI» MAVZUSINI O‘QITISHDA 
    INNOVATSIOH TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISH 
    Yo‘ldosheva Gulasal Zarifboy qizi 
    Nukus konchilik instituti Kimyo texnologiya yo„nalishi 3A-kurs talabasi 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo darslarida “Fosfor va uning birikmalari” 
    mavzusini o„qitishda innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish usullari hamda ularni 
    samaradorligi haqida so„z yuritiladi
    Kalit so‘zlar: fosfor, birikma, innovatsion texnologiya, ta‟lim, jarayon, kislota. 
     
    ASOSIY QISM 
    «Fosfor va uning birikmalari» mavzularini innovatsion texnologiyaning 
    «Muammoli o„qitish», «Aqliy hujum» metodlaridan foydalangan holda o„qitish 
    ijobiy samara beradi. 
    Mavzu ta‟limi jarayoniga «Muammoli o„qitish» usulini joriy qilish. 
    Mavzu rejasining har bir bo„limi uchun muammoli savollar tayyorlanadi. 
    1. Fosfoming shunday birikmasi borki, u havoda o„z-o„zidan alangalanib 
    yonadi. U qanday birikma? Uning tabiiy jarayonlarda hosil bo„lishi sababini 
    asoslab bering. 
    2. Gipofoslit kislotasi tarkibida 3 ta vodorod atomi bo„lishiga qaramay, uning 
    bir negizli bo„lishi sababini asoslab bering. 
    3. Respublikamizda avval fosforit minerali chetdan sotib olinar edi. 
    Mustaqillik yillarida bu xomashyo qaysi joyda topilib, uning boyitish kombinati 
    barpo qilindi? Hozirgi kunda qaysi korxonalarda mahalliy xomasliyo hisobiga 
    fosforli o„g„itlar ishlab chiqarilmoqda? 
    Misol tariqasida 3-muammoli savolni o„qituvchi-o„quvchi va o„quvchi- 
    o„quvchi munozaralari asosida hal qilinishi javoblarini keltiramiz. Bir o„quvchi 
    fosforli o„g„itlar ishlab chiqarish xom-ashyosi — fosforit avvallari Qozog„istonning 
    Jambul viloyatidan sotib olinar edi desa, ikkinchi o„quvchi mustaqillik yillarida 
    Qizilqumda fosforitning katta zaxirasi topildi, deb javob qaytaradi, uchinchi 
    o„quvchi Qizilqum fosforitni boyitish kombinati barpo qilindi, deb muammoli 
    savolni asoslab berishga harakat qiladi. To„rtinchi o„quvchi Samarqand, Qo„qon 
    superfosfat zavodlari fosforitdan foydalanib, fosforli o„g„itlar ishlab chiqarmoqda. 
    Olmaliq kimyo kombinatida esa Qizilqum fosforiti hisobiga aralash o„g„it, ammofos 
    ishlab chiqarilmoqda deydi. O„qituvchi muam¬moli savol to„g„ri hal qilinganligini 
    gapirib, uning tarbiyaviy tomonini asoslab beradi. Gap shundaki, mustaqillik 


    42 
    yillarida mahalliy xomashyo hisobiga ishlaydigan kimyoviy mahsulotlar ishlab 
    chiqarish korxonalari ko„plab barpo etildi. 
    Ularni tegishli mavzularda bayon etib borish, milliy istiqlol g„oyasini 
    o„quvchilar ongida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi 
    1 va 2-muammoli savollar ham o„zaro bahs va munozaralar asosida hal 
    qilinadi. 
    Ta‟lim jarayoalga “Aqliy hujum” usulini joriy qilish. 
    «Aqliy hujum» ni ikki usulda amalga oshirish mumkin. Birinchi usul bo„yicha 
    o„quvchilar soni 25-30 ta bo„lgan guruhga mazkui mavzuni mustaqil ta‟lim sifatida 
    vazifa qilib beriladi va o„qituvchi shu mavzu bo„yicha g„oyalarni tayyorlaydi. 
    Seminar mashg„ulotida g„oyalarni hal qilish uchun uning birinchisini o„qib 
    eshittiradi. 
    1-g„oya. Fosforning kashf etilishi va uning xossalari. Bu g„oyaning amalga 
    oshirilishi uchun uning ba‟zi lavhalarini keltiramiz. 
    XII asrda arab alkimyogari Alxid Bexil fosforni birinchi marta kashf etgan. 
    1669-yilda nemis alkimyogari, savdogar G. Brand Bexil qo„llagan usulda fosforni 
    olib, uning olinish tafsilotini nihoyatda sir saqlagan va fosforning nur tarqatuvchi 
    xossasini namoyish qilib ko„rsatishdan foydalanish hisobiga boyib ketgan. 
    Branddan keyingi bu sohada olib borilgan izlanishlar to„g„risida nimalarni ayta 
    olasiz? Fosforga bo„lgan bunday qiziqishning boisi nimada? Uning ajoyib 
    xossalariga misollar keltira olasizmi? 
    Bu g„oya bo„yicha «Aqliy hujum»ni amalga oshirish uchun guruhdagi ikkita 
    o„quvchi qolgan o„quvchilar qaytargan javoblarni yozib boradi va yozib olingan 
    to„g„ri javoblar to„planadi. Ulami o„quvchilarga o„qib eshittiriladi. 
    Ushbu g„oya bo„yicha o„quvchilarning taxminiy bergan javoblarini keltiramiz. 
    Brand fosfor olish sirini saqlash qiyin bo„lib qolganda, bu sirni drezdenlik 
    kimyogar I. Kraftga sotadi. U ham fosfordan ancha foyda ko„radi. Fosfor olish siri 
    kimyogarlar I. Kunkel va Krexmeyrga ham ma‟lum bo„ladi. 
    1680-yilda mashhur ingliz olimi R. Boyl fosforni mustaqil holda oladi. Boyl 
    vafot etgandan keyin uning shogirdi A. Gankvits fosfor chayqovchiligi bilan 
    shug„ullanadi. 1743-yilda fosfor olishning arzon usulini kashf etib, uning tafsilotini 
    ochiq holda nashr qilgan A. Markgraf fosfor chayqovchiligiga chek qo„yadi. 
    O„qituvchi o„quvchilarning fikrlariga qo„shilib, o„quvchilarga yangi 
    ma‟lumotlar keltiradi. 
    Elektr pechida fosforning havo rang allotropiyasini kashf etgan rus olimi S.I. 
    Volfkovichning esdaliklarida yozilishicha, u kechqurun ishdan qaytayotganda 
    kiyimiga singib qolgan fosfor bug„lari havo rang nur tarqatishi va botinkasi tagidan 


    43 
    uchqun chiqishini ko„rgan yo„lovchilar butim Moskvada shov-shuv tarqatganlar va 
    olimni «nurlanuvchi manax» deb atashgan. 
    Fosforga bo„lgan yuksak qiziqishning boisi nimada, degan g„oyani hal 
    qilinishini keltiramiz. 
    Birinchi o„quvchi arab alkimyogari Alxid Bexil va nemis alkimyogari G. Brand 
    siydikni bug„latib, hosil bo„lgan qoldiqqa ko„mir va qum qo„shib qizdirilganda oq 
    fosfor olinganligi, u qorong„ida o„zidan nur sochib, xonani yoritgani uchun o„sha 
    zamonda nihoyatda ajoyib hodisa bo„lib ko„ringan deb tushuntirsa, ikkinchi 
    o„quvchi oq fosfor lyuminessensiya xossasiga ega bo„lib, u kunduz kuni yorug„likni 
    yutib, kechasi nur tarqatadi, deb qo„yilgan g„oyani hal qilishga harakat qiladi. 
    Gap shundaki, fosfor bug„idagi P4 holidagi molekulalar havoda sekin 
    oksidlanganda ajraladigan energiya nur shaklida chiqadi. Shuning uchun oq fosfor 
    qorong„ida nur sochadi. 
    1-g„oya. Fosfororganik birikmalax inson hayotida mu him ahamiyatga ega. U 
    inson organizmidagi genlar hosil bo„lish jarayonida ishtirok etadi. Bu jarayonning 
    hosil bo„lish mexanizmi tushuntiriladi. 
    2-g„oya. Fosfor (V)-oksidi, pirofosfat kislola, organizmdagi ATF, ADF 
    tuzilishidagi o„xshashliklar nimalardan iborat? Ulardagi qaysi bog„lar yuqori 
    energetik holatlarga ega ekanligini qanday asoslaysiz? 
    1-g„oyaning yechimiga o„xshab, 2-3-g„oyalar ham o„quvchilaming juda katta 
    qiziqishlariga va qizg„in munozaralarga sabab bo„lishi, ularning mavzuga oid 
    bilimlarni yaxshi o„zlashtirganliklaridan dalolat beradi. 
    Bu texnologiyaning 2-usulida o„quvchilar soni 50 tagacha bo„lgan ma‟ruza 
    mashg„ulotlarida hamma o„quvchilar ishtirokida «Aqliy hujum» amalga oshiriladi. 
    Mavzu ta‟lim vaqtini tejash uchun g„oyalarni hal qilishdagi o„quvchilarning fikrlari 
    yozib olinmaydi. G„oyalar hal qilinishidagi o„quvchilar javoblari eshitilib, 
    kamchiliklar boshqa o„quvchi yoki o„qituvchi tomonidan tuzatilib, g„oyani to„liq 
    hal qilishga erishiladi. 
    Innovatsion texnologiyani joriy qilib, kimyo ta‟limini amalga oshirishga oid 
    o„tkazilgan sinov natijalari darslar samaradorligini yuqori bo„lganligini ko„rsatadi. 
    Dars samaradorligini oshirish, birinchi navbatda, o„quvchilarning mavzuga oid 
    bilimlarni mustaqil holda to„liq o„zlashtira olganlaridagina yuzaga chiqishi 
    aniqlandi, aks holda vaqtni ko„p sarflanishi hisobiga dars rejasidagi ta‟limni to„liq 
    amalga oshirib bo„lmasligi kuzatiladi. 


    44 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
    1. Rahmatullayev N.G. Kimyo o„qitish metodikasi fanidan ma‟ruzalar matni. 
    T., TDPU 2007.
    2. Nishonov M., Mamajonov Sh., Xo„jayev V. Kimyo o„qitish metodikasi. T., 
    «O„qituvchhi, 2002. 
    3. Abdusamatov A., Mirzayev R., Ziyayev R. Organik kimyo. Akademik litsey 
    va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun o„quv qo„llanma. T., «O„qituvchi», 2010. 

    Download 476.93 Kb.




    Download 476.93 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsioh texnologiyalarni tatbiq etish

    Download 476.93 Kb.
    Pdf ko'rish