• Xulosa
  • Mavzu: Mn ning organizmdagi ahamiyati tibbiyotda qollanishi va dori vositalari tarkibidagi sifat tahlili




    Download 2.27 Mb.
    Sana29.09.2023
    Hajmi2.27 Mb.
    #85524
    Bog'liq
    ANALITIKA 208
    Boshqarish apparatlari haqida ummumiy ma’lumotlar

    Mavzu:Mn ning organizmdagi ahamiyati tibbiyotda qollanishi va dori vositalari tarkibidagi sifat tahlili

    Bajardi:FAYZULLAYEV O

    Tekshirdi:

    Reja

    Marganes (Mn) – oksidlanuvchi – qaytariluvchi jarayonlarni katalizlovchi fermentlar tarkibiga kiradi, oqsil va fosfor almashinuvida ishtirok etadi. Uning birikmalari askarbin kislota sintezida ishtirok etadi. Marganes suyaklanish jarayoniga xam ta’sir qiladi. Marganes tanqisligi langergans orolchalarning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli Marganes insulin garmonini xos bo’lishiga ta’sir etadi deb taxlil qiladi. Marganes jinsiy bezlarning, tayanch xarakatlanishi apparati va nerv sistemasining normal ishlashi uchun kerak: skelet rivojlanishiga ta’sir etadi, immunitet reaksiyalari, to’qima nafas olishda ishtirok etadi. Marganesning tanqisligi tish va suyaklarda kalsiyni o’zlashtirish jarayonini sekinlaydi va bu suyaklarni noto’g’ri rivojlanishiga, allergiya, diabet, umumiy charchoq, beushtlikka olib keladi.


    Marganesga sutkalik extiyoj – 2-10 mg. Suyak to’qimasi, jigar, gipofizda to’planadi.
    Marganes non, g’alladoshlar, sabzavotlar, xayvonlarning jigari va buyraklari tarkibida bo’ladi. Marganesning eng yaxshi manbasi xitoy choyining butasidir.

    Tibbiyotdagi ahamiyati. Kaliy permanganat to‘q pushti-siyoh rangli eritma hosil qiladigan kristall qattiq modda. Davlat farmakopeyasiga kiritilgan. Odatda tashqaridan surish uchun va eritmalar holida ishlatish uchun buyuriladi. Dezinfektsiya qiluvchi va kuchli oksidlovchi modda. Farmatsevtik analizda temir tuzlari, iodidlar, nitritlar va boshqalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Marganes(II) sulfat va marganes(II) xlorid kamqonlikni davolashda tavsiya etiladi. Marganes tirik organizmlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy muhim 10 ta biogen elementlardan biri hisoblanadi. Kishi tanasida 12 mg (1,6*10) 5% chamasi marganes bor. U asosan suyakda(43%) , qolgan qism marganes miya va yumshoq to‘qimalarda tarqalgan. Organizmda marganes oqsillar, nuklein kislotalar, ATF va alohida aminokislotalar bilan166 kompleks hosil qilgan bo‘ladi. Arginaza, xoliesteraza, fosfoglukomutaza, privatkarboksilaza kabi qator fermentlar tarkibida marganes bor. Magniy va marganes ionlari nukleaza fermentining aktivligini oshiradi. Marganes ruxning o‘rnini olib tarkibida rux tutgan fermentlarning katalitik xossalariga kuchli ta‘sir etadi. 


    Kaliy permanganat to‘q pushti-siyoh rangli eritma hosil qiladigan kristall qattiq modda. Davlat farmakopeyasiga kiritilgan. Odatda tashqaridan surish uchun va eritmalar holida ishlatish uchun buyuriladi. Dezinfektsiya qiluvchi va kuchli oksidlovchi modda. Farmatsevtik analizda temir tuzlari, iodidlar, nitritlar va boshqalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Marganes(II) sulfat va marganes(II) xlorid kamqonlikni davolashda tavsiya etiladi. Marganes tirik organizmlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy muhim 10 ta biogen elementlardan biri hisoblanadi.

    Marganes oz miqdorda hayvon va o’simlik to’qimalarida uchrab, hayotiy jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Marganesning yetishmasligi o’simliklarning rivojlanishiga, hayvonlarda esa suyak sistemasiga ta’sir etadi. Agar parrandalarga beriladigan ovqat tarkibida marganes yetishmasa, parrandalarning qanoti deformatsiyalanib, pati sinuvchan bo’ladi. Marganes ionlari fermentlarning aktivligini oshiradi, u xlorifillning hosil bo’lishiga, o’simlikdagi azot assimilyatsiyasiga va oqsil sinteziga yordam beradi, shuning uchun marganes birikmalari qishloq xo’jaligida mikroo’g’itlarsifatida ishlatiladi. Odam organizmi uchun sutkada 8 mg marganes kerak bo’ladi, shuning uchun marganesga boy bo’lgan lavlagi, kartoshka pomidor, soya, no’xat

    Xulosa

    Demek marganes tibbiyitda organizmda hamda tabiatdagi muhum elementlardan biri hisoblanadi. Uning birikmalari ham keng qollaniladi ular ichida eng muhumi kaliy permanganate hisoblanadi.Marganes 2 sulfat va marganes 2 xlorid kamqonlikni davolashda kng qollaniladi. Kaliy permanganat dezinfeksiya qiluvchi va kuchli oksidlovchi modda hisoblanadi. Shunday qilib marganes ham muhum elementlardan biri hisoblanadi.


    Download 2.27 Mb.




    Download 2.27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Mn ning organizmdagi ahamiyati tibbiyotda qollanishi va dori vositalari tarkibidagi sifat tahlili

    Download 2.27 Mb.