Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish




Download 29.57 Kb.
bet3/3
Sana05.04.2023
Hajmi29.57 Kb.
#49027
1   2   3
Bog'liq
shavkatova laylo
9-sinf nazorat ishi 2-qator, turkce-okuyorum-1, Majidov2
Har bir sub'ektning huquqlar va majburiyati bo‘lgani kabi, innovatsion faoliyat sub'ektlari ham quyidagi huquqlarga ega:

  • innovatsion faoliyatni amalga oshirish;

  • basharti innovatsion faoliyat jarayonida olingan ilmiy-texnikaviy natijalar davlat, xizmat yoki tijorat sirini tashkil qiluvchi ma'lumotlardan iborat bo‘lmasa, olingan ilmiy-texnikaviy natijalarni e'lon qilish;

  • innovatsion faoliyat natijasida olingan intellektual mulk ob'ektlari mualliflari yoki mulkdorlari deb tan olinishi;

  • innovatsion faoliyat natijasida olingan intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilinishi;

  • ular tomonidan yaratilgan intellektual mulk ob'ektlariga nisbatn huquqlari himoya qilinishi;

  • innovatsion faoliyat natijalarini amalga oshirishdan daromad olishga;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar;

  • ilmiy munozaralar, konferensiyalar, simpoziumlar, respublika innovatsion yarmarkalari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;

  • innovatsion ilmiy-texnikaviy loyihalar tanlovlarida, shu jumladan davlat innovatsion dasturlari doirasida bajariladigan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, shuningdek byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonun hujjatlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan bajariladigan tanlovlarda ishtirok etish.

  • Innovatsion faoliyat sub'ektlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Innovatsion faoliyat sub'ektlari quyidagi majburiyatlarga ega:

  • ular tomonidan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

  • soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash;

  • yuridik shaxslar tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshirishga mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash qismida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya qilishi;

  • yuridik shaxslar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qismida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga rioya qilishga;

  • yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya qilish;

  • yuridik shaxslar tomonidan texnik tartibga solish va mehnatni muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilish;

  • yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq buxgalteriya, tezkor va statistik hisobini yuritish.

  • Innovatsion faoliyat sub'ektlari ushbu Qonunda va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Innovatsion faoliyat ob'ektlari davlat innovatsion dasturlari, shuningdek innovatsion va ilmiy-texnikaviy loyihalar, innovatsion faoliyat natijalari, intellektual mulk ob'ektlari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, kompyuter dasturlar, nou-xau va qonunchilikda nazarda tutilgan intellektual faoliyatning boshqa natijalari va individuallashtirish vositalari hisoblanadi.
Agrobiznesda innovatsion faoliyat sub'ektlariga agrobiznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘z faoliyatida innovatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi sub'ektlar hamda innovatsion infratuzilma su'ektlari hisoblanadi.


1 Н.Бахриддинов “Миллий иқтисодиётда инновацион фаолиятни шакллантириш ва уни ривожлантириш зарурияти” Бизнес экспрес-2018

2 Nasimiv B.V.-«Xalqaro moliya va hisob”ilmiy elektron jurnal-2018 yil

3 Аристер Н.И. и др.“Организация инновационной дятельности в аграрном производестве” 2012 год

4 Аристер Н.И. и др.“Организация инновационной дятельности в аграрном производестве” 2012 год

5 Abdusattorova X.M.-«Innovatsion strategiya.”-O‘quv qo‘llanma -2011 yil

Download 29.57 Kb.
1   2   3




Download 29.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish

Download 29.57 Kb.