b) pedagogik taksonomiya;
c) tarbiya nazariyasi;
d) dialektik ta’limot.
70. Pedagogik taksonomiyaning amerikali olim B.Blum rahbarligida asoslangan kategoriyalari qaysilar?
a) yodga olish; izohlash; hikoya qilish; sintezlash; sinovdan o‘tkazish; baholash;
b) bilish; ta’riflash; turkumlashtirish; umumlashtirish; foydalanish; xulosalash;
c) bilish; tushunish; foydalanish (qo‘llash); tahlil (analiz); sintez; baholash;
d) aniqlash; izohlash; tatbiq etish; qayta tiklash; tahlil qilish; o‘rganish.
71. B.Blum taksonomiyasiga ko‘ra bilimdan xabardor bo‘lish, ularni o‘zlashtirish, yodda tutish, qayta yodga olishni ifodalovchi mezon – bu …
a) bilish;
b) tushunish;
c) foydalanish (qo‘llash);
d) baholash.
72. B.Blum taksonomiyasiga ko‘ra bilim yuzasidan mushohada yuritish, fikrlash, nazariy holatdan amaliyotga ko‘chish mantig‘ining o‘zlashtirilishi – bu …
a) bilish;
b) tushunish;
c) foydalanish;
d) baholash.
73. B.Blum taksonomiyasiga ko‘ra bilimni amaliyot yoki amaliy harakatlarda qo‘llash – bu …
a) bilish;
b) tushunish;
c) foydalanish (qo‘llash);
d) baholash.
74. B.Blum taksonomiyasiga ko‘ra mavjud bilimga tayanib, bir butun ob’ektni tarkibiy elementlarga ajratgan holda o‘rganish, juz’iy xulosa chiqarish – bu …
a) taqqoslash;
b) tahlil (analiz);
c) sintez;
d) baholash.
75. B.Blum taksonomiyasiga ko‘ra mavjud bilimga tayanib, tarkibiy elementlar asosida bir butun ob’ekt to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish – bu ...
a) taqqoslash;
b) tahlil (analiz);
c) sintez;
d) baholash.
76. B.Blum taksonomiyasiga ko‘ra shaxsning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalarga egaligini baholash – bu ...
a) taqqoslash;
b) tahlil (analiz);
c) sintez;
d) baholash.
77. Aytish, yozish, yodga olish, yodda tutish, axborot berish, tasvirlash, farqlash, tanlab olish, aytib berish, takrorlash. B.Blum taksonomiyasiga ko‘ra ushbu holatlar qanday mezon bilan aniqlanadi?
a) bilish;
b) tushunish;
c) foydalanish (qo‘llash);
d) baholash.
78. Tushuntirish, dalillash, almashtirish, belgilash, ko‘chirish, izohlash, ochib berish, qayta ishlash, namoyish etish, tizimlashtirish. B.Blum taksonomiyasiga ko‘ra ushbu holatlar qanday mezon bilan aniqlanadi?
a) bilish;
b) tushunish;
c) foydalanish (qo‘llash);
d) baholash.
79. Tatbiq etish, hisoblash chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘qitish, belgilash, amalga oshirish, hisoblash, yechish, aniqlash. B.Blum taksonomiyasiga ko‘ra ushbu holatlar qanday mezon bilan aniqlanadi?
a) bilish;
b) tushunish;
|