noqulay kelganda barcha bug‘doy
navlarida bir xil zang
kasalliklari tarqalishi yoki issiqdan zarar ko‘rishi
kuzatilmoqda. Mahalliy seleksiyada esa bu kasallikka
chidamli hamda yuqori haroratga bardoshli
navlar yaratish
uchun boshlang‘ich ashyo yetarli emas. Bug‘doyning D-
genomga tegishli bo‘lgan
Aegilops L., turkumi vakillari esa
zang kasalliklariga o‘ta chidamli va yuqori haroratga
bardoshli. Lekin bu turkum vakillari O‘zbekiston sharoitida
yaxshi o‘rganilmagan va bugungi
seleksiya jarayonida
qo‘llash uchun katta ehtiyoj mavjud.
7. Yaratiladigan yangi ishlanma
(mahsulot, texnologiya) ning
xorijiy analoglaridan qiyosiy
ustunligini
ko‘rsatuvchi
indikatorlar
Mahalliy
Aegilops L. turkum turlarining D- genom maqsadli
kolleksiyasi
asosida
yangi
mahaliy
tuproq-iqlim
sharoitlarida
moslashgan
yangi
navlarini
yaratish,
kontinental iqlim sharoitida turg‘un hosil bera olish kabi
xususiyatlari bilan, chetdan olib kelayotgan navlardan ustun
turadi.
Aegilops L. turkum turlarining
D- genomi asosida
yaratilgan yangi yumshoq bug‘doy navlari urug‘lik
tannarxini pasayishiga imkon beradi. Chetdan kelayotgan 1
kg urug‘lik o‘rtacha 20 000 so‘mdan fermerlarga
sotilayotgan bo‘lsa, o‘zimizda yetishtirilgan orginal urug‘lar
10-12 ming so‘mni tashkil etadi.
Loyiha yakunida olingan
seleksion manbalar asosida import o‘rnini bosuvchi yangi
yumshoq bug‘doy navlarini yaratish imkonini beradi.