• Tadqiqot shakli
  • Ilmiy-tadqiqot natijalari
  • taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha




    Download 2,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/214
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,71 Mb.
    #146421
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214
    Bog'liq
    Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)

    taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha 
     
    Ilmiy-texnik loyiha mavzusi 
    Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija 
    Loyihaning yillik 
    moliyalashtirish 
    hajmi 
    Zarafshon milliy tabiat bog‘i 
    flora va faunasini muhofaza 
    qilishning ekologik asoslari 
    Professor. E.E.Kobilov 
    Tadqiqot shakli: amaliy bo‘lib, Zarafshon milliy tabiat bog‘i sharoitida flora va faunaning 
    noyob bioresurs sifatida holatini tiklash, o‘simliklarning genetik banki va yetishtirish asolarini 
    yaratish hamda ekologik jihatdan ilmiy asoslash maqsadida keng qamrovli g‘oyalarni o‘zida 
    shakllantirgan va amaliy asoslari bilan mustahkamlangan analogi yo‘q, amaliy tadqiqotlarni 
    o‘tkazishni mutoq taqozo etadi. Bu borada mamalakatimiz Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va 
    Tojikistonning yetakchi ilmiy markazlari bilan tadqiqotlar hamkorlikda olib borish 
    rejalashtiriladi. Xususan, an’anaviy oraliq, oziq-ovqat va sanoat xomashyosi sifatida 
    o‘stirishning zamonaviy usullari tadqiq qilinib, ular amaliyotga joriy etiladi. 
    Ilmiy-tadqiqot natijalari:
    Yangi O‘zbekistonda jumladan, Samarqand viloyatida so‘ngi 5 yilda aholi salomatligini 
    tubdan muhofaza qilish va yil bo‘yi ekologik toza mahsulotlar bilan bir maromda ta’minlash 
    muhim vazifa qilib belgilangan. Tarixiy ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki Zarafshon milliy tabiat 
    bog‘i buyok munajjim va odil shoh Mirzo Ulug‘bek hazratlarining shaxsan tashabbuslari bilan 
    tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha davrdayoq uni bus-butun qatiiy himoya qilish va o‘rganish 
    jihatlariga olimlar va hamda mutaxassislar jalb qilingan. Boz ustiga, uni obi hayot bilan 
    ta’minlash maqsadida bobomiz nomi bilan atalgan va hozirda saqlanib qolgan Mirza ariq o‘zani 
    milliy bog‘ hududiga yo‘naltirilgan bo‘lsa uning shimol qismida taxminan 1,5-2 km masofada 
    joylashgan qadimiy chashma yerlik aholini ichimlik suvi bilan ta’minlangan. 
    Afsuski, hozirda aholini moddiy ne’matlar va noyob dorivor o‘simliklar hamda to‘qayzor 
    plantatsiyalari barpo qilish borasida biologik, agro-ekologik va texnologik usullari ishlab 
    chiqilmaganligi hamda amaliyotga joriy etilmaganligi muayyan qiyinchiliklarni keltirib 
    chiqarmoqda. Shu maqsadda flora va fauna bioresurslarining noyob turlarini ko‘paytirish, yo‘q 
    bo‘lib ketgan vakillariga baho berish, suv zaxiralari, tuproq omillarini baholash xususiyatlari 
    o‘rganilib ular ilmiy jihatdan asoslanadi. 
    Mamlakatimizda dorivor o‘simliklar va mahsulotlarga ega bo‘lgan ehiyoj yuqor ekanligini 
    hisobga olgan holda ularning bioxilma-xilligini muhofaza qilish, zahiralarini aniqlash, terish va 
    tayyorlash uchun kvotalarini belgilash yoki introdutsent (o‘zga floralarga mansub o‘simliklar) 
    1,0 mlrd. so‘m 


    turlarni o‘stirish, ko‘paytirish, agrotexnologik asoslarini ishlab chiqish hamda plantatsiyalarini 
    tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalliy farmatsevtika ehtiyojini qoplash 
    va eksportbop tabiiy dorivor vositalar ishlab chiqarishni tizimini yaratishni yo‘lga qo‘yish 
    dolzarb muammo hisoblanadi. 

    Download 2,71 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214




    Download 2,71 Mb.
    Pdf ko'rish