|
Ehtiyoj (talab) ning mavjudligi Pdf ko'rish
|
bet | 130/214 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 2,71 Mb. | | #146421 |
Bog'liq Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)6. Ehtiyoj (talab) ning mavjudligi
(yetarliligi) to‘g‘risida tahliliy
ko‘rsatkichlar
Oʻzbekiston yer maydonining 85% dan ortigʻini choʻl va chala
choʻllar tashkil qiladi. Oʻzbekistonning umumiy yer
maydonining yarmini yaylovlar tashkil qiladi. Chorva
mollarining haddan ziyod ko‘p boqilishi sababli, yaylovlar
oxirgi 15-20 yil ichida sezilarli darajada yomonlashgan.
Kuchli
shamollar, togʻ yonbagʻirlari dalalarini haydash, notoʻgʻri
sugʻorish, chorva mollarini boqish natijasida Oʻzbekistonda
barcha tuproq tiplari kuchli eroziyaga uchragan. Qishloq
xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning 70% dan ortig‘ida
sezilarli darajada eroziyaga uchragan. So‘nggi yillarda
Oʻzbekistonda bir necha qurgʻoqchilik bo‘lib, eng koʻp zarar
koʻrgan hududlarda hosildorlik 50% dan 75% gacha kamaygan
(FAO 2017).
2000-2001 yillardagi qurgʻoqchilik davrida
boshoqli don yetishtirish 10 foizga, paxta yetishtirish 17 foizga
va guruch yetishtirish 60 foizga qisqardi, natijada 130 million
dollarga yaqin zarar koʻrdi (Jahon banki 2006 yil).
Tadqiqot sun‘iy yo‘ldosh masofadan zondlash va geofazoviy
tahlildan foydalangan holda zamonaviy va innovatsion
yondashuvni o‘z ichiga oladi. Bu cho‘llanishga qarshi kurashish
maxanizmi ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va
suv vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-
muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ehtiyoj va talablariga xizmat qiladi.
7. Yaratiladigan yangi ishlanma
(mahsulot, texnologiya) ning
xorijiy analoglaridan qiyosiy
ustunligini
ko‘rsatuvchi
indikatorlar
Ushbu loyiha (model) O‘rta Osiyo sharoitida birinchi marotoba
yaratiladi, u to‘liq GAT texnologiyasiga asoslangan yuqori
darajadagi aniqlik va samaradorlika ega hisoblanadi.
Cho‘llanish va yerlarning degradatsiyasi muammosiga qarshi
kurashish uchun milliy kadrlar salohiyatini oshirishda, ushbu
model muhim hisoblanadi.
|
| |