Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetidan innovatsion va amaliy loyihalar tanloviga
taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha
Ilmiy-texnik loyiha
Mavzusi
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Loyihaning yillik
moliyalashtirish
hajmi
Oʻrta va Quyi
Zarafshon vodiysida
choʻllanish taʼsirini tahlil qilish va
yumshatishning GATga
asoslangan modelni ishlab chiqish.
Togʻ yonbag‘ri zonasida
cho’llanish
Orol dengizining qurigan tubi
Surxondaryodagi sho‘rlangan
hudud
Tadqiqot shakli:
Tadqiqot ilmiy-amaliy xarakteriga ega boʻlib, choʻllanishga
qarshi
kurash strategiyasiga, xususan, Oʻrta va Quyi Zarafshon vodiysida cho‘llanishga qarshi
kurashish bo‘yicha barcha tadbirlarni GATga asoslangan avtomatlashgan model ishlab chiqiladi.
Ushbu
model monitoring, rejalashtirish va cho‘llanishga qarshi kurashish strategiyalarini o‘z
ichiga oladi. Bu samarali va aniq usuldagi texnologiyaga asoslangan innovatsion tadqiqot bo‘lib,
sun‘iy yo‘ldosh ma‘lumotlari, dala tadqiqoti va yordamchi ma‘lumotlar manbalaridan to‘liq
foydalanadi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari: - Bu barcha foydalanuvchilarga real vaqt rejimida cho‘llanish
darajasi, ko‘lami, jarayoni, natijalari va oqibatlarini yumshatish
strategiyalari haqidagi
ma‘lumotlarni yagona manba (oyna) tizimida olish imkonini beradi [Ommaviy foydalanish
mumkin];
- Taklif etilayotgan model butun hududda amalga oshirilsa, albatta, mamlakatda hududlarni
barqaror rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bu masofaviy zondlash va GAT ilovalari sohasida
yillar davomida ishlab chiqiladigan innovatsion model bo‘ladi. Model Quyi va O‘rta Zarafshon
vodiysida so‘nggi 50 yildan ortiq davomida cho‘llanish jarayonining
natijalarini taqdim etadi;
- Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish orqali vaziyatni miqdoriy tahlil qiladi va
avtomatlashtiradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, Ushbu qaror cho‘llanishga qarshi kurashish
va o‘rmonlar va yashil qoplamali maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga
oshirishga yordam beradi;
- Taklif etilayotgan loyiha NSDI asoslarini to‘g‘ri joriy etishni ta‘minlash uchun GAT
modellashtirishni o‘z ichiga oladi.
-
Loyiha shuningdek, uglerod neytralligi va barqaror rivojlanish konsepsiyasi majburiyatlarini
bajarish uchun shamol, quyosh, geotermal energiya kabi noan‘anaviy energiya manbalarini
rivojlantirishni ko‘zda tutgan.