Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetidan innovatsion va amaliy loyihalar tanloviga
taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha
Ilmiy-texnik loyiha
Mavzusi
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Loyihaning yillik
moliyalashtirish
hajmi
O‘zbekiston hududidan
topilgan
turli arxeologik
artefaktlarni fizikaviy
metodlar yordamida tahlil
qilish
Tadqiqot shakli: amaliy bo‘lib, Arxeologik osori-atiqalarni o‘rganishning dolzarb muammolaridan biri ularning
tarkibini o‘rganish va identifikasiya qilishdir, bu esa ularning kelib chiqishi va qadimiy texnologiyalar darajasini aniqlash
imkonini beradi. Artefaktlarning kelib chiqishini o‘rganish qadim xalqlarning yashash tarzi va o‘zaro aloqalari haqidagi
muhum ma’lumotlarni beradi. Shu bilan birga qadimgi texnologiyalarni o‘rganish ishlab
chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanish darajasini baholashga imkon beradi va insoniyat jamiyatining har bir yangi hamda progressiv ijtimoiy
rivojlanish darajasiga o‘tishini ko‘p jihatdan belgilab berdi (tosh davri, mis davri, bronza davri, ilk temir davri, temir
davri). Ushbu muammoni hal qilishda arxeologlarga arxeologik topilmalarni tahlil qilishning
zamonaviy analitik
instrumental usullaridan foydalanish imkonini beradi. Bunday tahlilning ahamiyati xalqaro miqyosda, xususan,
MAGATE ning radiasiya texnologiyalari dasturi doirasida qayd etilgan (Applications of Nuclear Analytical Techniques
to Investigate the Authenticity of Art Objects. IAEA Radiation Technology).