|
taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyihaBog'liq Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha
Ilmiy-texnik loyiha mavzusi
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Loyihaning yillik
moliyalashtirish
hajmi
Dorivor
o‘simliklarning
hosildorligi
va
sifatini
oshiruvchi
agrotexnologiyalarni
joriy
qilish
(ZA’FARON
–
CROCUS
SATIVUS
L.
misolida).
Prof.Sh.Xolikulov
Tadqiqot shakli: Amaliy bo‘lib, Za’faron issiqlik va yorug‘likni yaxshi ko‘ruvchi,
tuproq xossalari va unumdorliga nihoyatda talabchan ekin hisoblanadi. Uning gul changi
naychasi asosiy xom-ashyosi hisoblanib jahon bozoridan qimmatbaho (1kg xom ashyosi
500-15000 $) mahsulotdir. Samarqand viloyati tuproq iqlim sharoitida Za’faron
ekiladigan maydonlarni ko‘paytirish, uning xom-ashyosining sifatini yaxshilash,
hosildorligini oshirish va yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqarishga joriy etish
bugungi kunda dolzarb muammo hisoblanadi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari:
- Dorivor za’farondan ertagi va sifatli xom-ashyo yetishtirish texnologiyasi ishlab
chiqarishga joriy etiladi. Buning natijasida yuqori va sifatli hosil olish fermerlar
amaliyotida o‘z o‘rnini topadi.
- Agrotexnologik tadbirni joriy etish orqali, Samarqand viloyati tuproq iqlim sharoitida
za’faron o‘simliginii yetishtirishda yer, suv va o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi
ortadi va hosil miqddori va xom-ashyo sifati yaxshilanib iqtisodiy samaradorlikka
erishiladi.
- Dorivor o‘simliklar yetishtirishning rentabelligi ortadi, tub aholi ijtimoiy holati
yaxshilanadi.
- Bu usulda za’faron xom-ashyosi sifatini yaxshilash va hosildorlik va daromadni
oshirib, mahsulot eksportinioshiradi va mahsulot sifatini oshirish bilan uning jahon
bozorida raqobatbardoshligini oshiradi. Dorivor za’faron xom-ashyosini ko‘paytiradi
va eksport imkoniyatini oshiradi.
|
| |