|
Innovatsion va amaliy loyihalarBog'liq Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)sanasi
3. Ilmiy
loyiha
mavzusi
tashabbuskori (ilmiy tashkilot
nomi)
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
4. Taklif
etilayotgan
mavzu
doirasida
ilgari
bajarilgan/bajarilayotgan
fundamental,
amaliy
va
innovatsion
loyihalar
natijalari tahlili
Yaylovlarni fitomeliorant yem-xashak o‘simliklarini ekish orqali
yaxshilash va hosildorligini ko‘tarish usullari o‘tgan asrning 70-
90 yillarida ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Bu usullarning
bugungi iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan foydalanish
darajasining keskin ortganligi sharoitida ekologik barqarorligi va
iqtisodiy samaradoriligi juda past. Mazkur usullar turli darajada
inqirozga uchragan yaylovlarning tabiiy holda qayta tiklanish
potensialini
hisobga
olmaydi.
Bugungi
kunda
tabiiy
ekotizimlarning o‘zini-o‘zi qayta tiklash potensialini ishga solgan
holda inqirozga uchragan yaylovlarni qayta tiklash dolzarb
hisoblanadi.
5. Qo‘lga
kiritilishi
rejalashtirilayotgan yakuniy
natija (mahsulot, ishlanma,
texnologiya)ning tavsifi
Cho‘l hududlaridagi inqirozga uchragan yaylovlarning qayta
tiklanish potensiali aniqlanadi, yaylovlarda tabiiy yem-xashak
bazasini mustahkamlash va uning ozuqaviy birligini oshirishning
ekologik barqaror usullari ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq
qilish uchun tavsiya etiladi.
6. Ehtiyoj (talab)ning mavjudligi
(etarliligi) to‘g‘risida tahliliy
ko‘rsatkichlar
Respublikada 10 mln gektarga yaqin yaylov maydonlari inqirozga
uchragan. Oqibatda yaylov chorvachiligida yem-xashak tanqisligi
keskin sezilmoqda, ayniqsa kuz-qish mavsumlarida yaylovlarda
yem-xashak yetishmovchiligi jiddiy muammolarga sabab
bo‘lmoqda. Inqirozga uchragan yaylovlarni qayta tiklashning
arzon va ekologik jihatdan barqaror usullarini ishlab chiqish
zarur.
Cho‘l yaylov hududlarida yashovchi aholining farovonligini
ta’minlashda chorvachilikni rivojlantirish muhim hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan yaylovlarda tabiiy yem-xashak zahirasini
mustahkamlashga katta ehtiyoj mavjud.
|
| |