Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetidan innovatsion va amaliy loyihalar tanloviga
taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha
Ilmiy-texnik loyiha mavzusi
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Loyihaning yillik
moliyalashtirish
hajmi
Marginal
arid mintaqalarda
noyob dorivor o‘simliklarning
tirik kolleksiyalarini barpo
etish
va ulardan xom-ashyo
olish.
Tadqiqot shakli: Amaliy bo‘lib, arid mintaqalarda tarqalgan noyob dorivor turlarning
hozirgi ekologik holatini baholash, marginal qurg‘oqchil
maydonlarda ex-situ
sharoitida tirik kolleksiyalarini barpo etish texnologiyalarini ishlab chiqish va
farmasevtika sanoati uchun xom-ashyo
yetkazish
Ilmiy-tadqiqot natijalari:
- Qimmatbaho dorivor o‘simliklar tabiiy areallarini aniqlash va ularning zamonaviy
GIS xaritalarini yaratish;
- Noyob dorivor turlarni marginal cho‘l maydonlarida tirik kolleksiyasi, urug‘ va
genlar bankini barpo etish;
- Marginal yerlardan samarali foydalanish orqali farmasevtika
sanoatida dorivor
o‘simliklar xom-ashyo bazasini mustahkamlash.
Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish:
- Yaratilgan genofondning fitogenetik resurslari noyob dorivor o‘simliklar tabiiy
populyatsiyalarini qayta tiklash
imkonini yaratadi;
- Noyob dorivor o‘simliklarni marginal maydonlarda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgach,
farmasevtika sanoati uchun xom-ashyo yetkazish imkoniyati ortadi.