INNOVATSION BIZNESDA NARX VA XARAJATLAR SIYOSATI




Download 58,5 Kb.
bet4/4
Sana26.01.2024
Hajmi58,5 Kb.
#146269
1   2   3   4
Bog'liq
10- variant Korxonada mahsulotlar sifatini samarali boshqarish tizimi.

INNOVATSION BIZNESDA NARX VA XARAJATLAR SIYOSATI.


Innovatsion risklar, innovatsion faoliyat hozirgi sharoitlarda firmalar faoliyatining boshqa yo‘nalishlaridan ko‘ra ko‘proq darajada risk bilan bog‘liq, chunki uning natijasi ijobiy bo‘lishini hech kim to‘liq kafolatlay olmaydi. Innovatsion faoliyatning risk darajasi haqida shu holat ham dalolat beradiki, o‘rtacha har o‘nta venchur firmasidan atigi bir-ikkitasigina muvaffaqiyatga erishadi. Lekin shunga 71 qaramay, yuqori risk qoidaga ko‘ra, uning yuqori darajada qoplanishi bilan birgalikda kuzatiladi: innovatsion loyiha joriy qilishdan foyda me’yori boshqa faoliyat turlari hisobidan olinadigan foyda me’yoridan odatda ancha yuqori bo‘ladi. Risk tahlili – ob’ekt xususiyatlari, strukturasi va mavjud risk haqida zarur axborot olishdir. To‘plangan axborot mos keluvchi to‘g‘ri qarorlar qabul qilish etarli bo‘lishi lozim. Tahlil risklarni aniqlash va ularni baholashdan iborat bo‘ladi. Risklarni aniqlashda (sifat tarkibiy qismi) ushbu innovatsion faoliyatga xos bo‘lgan barcha risklar aniqlanadi. Dastlab risklar aniqlanadi va baholanadi, so‘ngra ularning samaradorligini taqqoslashda ularga ta’sir etadigan usullar aniqlanadi, riskka ta’sir etish usullari haqida qaror qabul qilinadi va olingan natijalar baholanadi. Risklarni mantiqiy shkala yoki ballar tizimidan foydalanib baholash mumkin. Risklarni baholash bo‘yicha ko‘pchilik uslubiyatlar aynan balli tizim bo‘yicha tashkil etiladi: ekspert risklar guruhidan har biri bo‘yicha yoki alohida guruhdan har bir risk bo‘yicha belgilangan miqdorda ballar qo‘yadi, so‘ngra risklar o‘lchanadi va loyiha riskining umumiy bahosi chiqariladi. Ushbu baho asosida loyihaning risk guruhi haqida va uni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida xulosa chiqariladi. Loyiha riskining bahosi loyiha bo‘yicha hisob-kitoblarda aks ettirilishi tshart: loyihaning barcha ko‘rsatkichlari riskni hisobga olgan holda tuzatish kiritib hisoblab chikilgan bo‘lishi lozim. Innovatsiyalar narxi tuzilishi va narx shakllanishi tahlili Innovatsion mahsulotning bozorga harakatlanishi ushbu mahsulotga nisbatan o‘ziga xos narx siyosatini ko‘zda tutadi. Narx innovatsion marketing majmuida markaziy bo‘g‘in hisoblanadi. Innovatsion korxonaning barcha iqtisodiy munosabatlari innovatsiyalar narxi orqali tashkil qilinadi. Narx siyosatini ko‘rib chiqishda uning asosiy variantlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Eng tarqalgan variant ba’zida «soyabonli narx shakllanishi» deb ataladigan narx shakllanishi hisoblanadi. Yangilikni narx bilan bog‘liq siljitishning ushbu varianti mazmuni quyidagidan iborat: ❖yangi mahsulot sotuvini o‘zlashtirish vaqtida uni tovarning loyiha tannarxidan ham pasti bo‘lgan arzon narxda sotish; 72 ❖operatsiyalar talab qilingan rettabelligini ta’minlaydigan yangilikni sotish narxiga chiqish; ❖uzoq vaqt davomida reklama bilan qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish bo‘yicha zaruriy marketing tadbilari majmuini qo‘llagan holda innovatsiyalar narxini barqaror darajada ushlab turish; ❖sotuv bozori uchun narxga oid raqobat talablariga javob bergan holda narxni pasaytirish imkoniyatlari doirasida qolgan holda bozorga ilgari chiqarilgan tovar narxini pasaytirishni boshlash. Bozorga chiqariladigan yangi mahsulot bo‘yicha narx siyosatining ikkinchi varianti innovatsiyalarni qat’iy patent himosiga asoslanadigan variant hisoblanadi. Bu variantda bozorga dolzarb ehtiyojni qoniqtiradigan yangilikni avvalboshdan oshirilgan narxda chiqarish va asta-sekinlik bilan narxni pasaytirib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Download 58,5 Kb.
1   2   3   4




Download 58,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INNOVATSION BIZNESDA NARX VA XARAJATLAR SIYOSATI

Download 58,5 Kb.