|
Konstitutsiyada ta`lim sohasidagi o`zgarishlar
|
bet | 4/4 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 0,92 Mb. | | #132362 |
Bog'liq Konstitutsiya referatKonstitutsiyada ta`lim sohasidagi o`zgarishlar
Oldingi holat
Keyingi o‘n yilliklarda o‘qituvchilarning obro‘yi qanchalik tushib ketganini, ular himoyasiz bo‘lib qolganini ko‘rib turibmiz. O‘qituvchiga hamma “xo‘jayin”! Hokimlik yoki boshqa yuqori tashkilotning oddiy xodimi ham o‘qituvchiga uning vazifasiga kirmaydigan ishlarni buyurishi mumkin.
Bu bilan o‘qituvchilarning o‘zini kamsitishdan tashqari, butun boshli avlodlarning ta’lim-tarbiyasiga zarar yetgan.
Bilimsiz avlod qanday qilib kelajakda davlatimizni rivojlantirishi mumkin?!
Kiritilgan o`zgartirish
Aslida davlat ham, jamiyat ham o‘qituvchilarning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilib, ularga g‘amxo‘rlik qilishi zarur. Endi shu narsa Konstitutsiyada “mixlab” qo‘yiladi. O‘qituvchining mehnati jamiyatimiz va davlatimizni rivojlantirishning asosiy omillardan biri ekanligi tan olinyapti.
Ularning xotirjam o'z ishi bilan shug'ullanishiga xalaqit qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
(52-modda)
Foydalanilgan adabiyotlar
www.lex.uz
www.tsul-library.uz
www.senat.uz
www.parliament.uz
|
| |