|
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi referendumi
|
bet | 2/4 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 0,92 Mb. | | #132362 |
Bog'liq Konstitutsiya referatOʻzbekiston Konstitutsiyasi referendumi — 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha umumxalq referendumi „Konstitutsiya oʻzimizniki“ va „Befarq emasman“ shiorlari ostida oʻtkazildi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi
O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri 1-maydan kuchga kirdi. U 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat bo‘ladi.
– moddalar soni amaldagi 128 tadan – 155 taga ortdi;
– normalar soni 275 tadan – 434 taga oshdi;
– qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
1-may kuni Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda o‘tgan referendumning yakuniy natijalarini e’lon qilgandi. Referendumda saylovchilarning 84,5 foizi qatnashgan (avval 84,54 foiz deb xabar berilgandi). Ro‘yxatga kiritilgan 19 722 809 saylovchidan 16 667 097 nafari (16 673 189 nafari) ovoz berdi. Ulardan 611 320 nafari muddatidan oldin ovoz berishda qatnashdi.
Ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 90,2 foizi (90,21 foizi) yoki 15 034 608 nafari (15 040 055 nafari) yoqlab, 9,35 foizi yoki 1 558 817 nafari (shuningdek 9,35 nafari) o‘zgarishga qarshi ovoz bergan. Yaroqsiz deb topilgan byulletenlar soni 73 672 ta (73 934 ta) yoki 0,44% ni tashkil etdi.
O`zbekiston Respublikasida Davlat hokimiyati
Davlat hokimiyati vakillik organlari — fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining vakillik shakli. D.h.v.o. vakillik xususiyati ularning saylov yoʻli bilan tashkil etilishi, masalalar jamoa tomonidan erkin muhokama asosida hal qilinishidan, oshkoralikdan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ular saylaydigan, tasdiqlaydigan yoki tayinlaydigan mansabdor shaxslar vakillik organi oldida masʼul boʻlishidan va hisob berib turishidan, qonuniylikdan, fuqarolarni davlat ishlarini boshqarish ishiga keng koʻlamda jalb etishidan, jamoatchilik fikrini doimo hisobga olishidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida D.h.v.o. tarkibiga oliy vakillik organi — Oliy Majlis va mahalliy vakillik organlari — hokim boshchilik qiladigan viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari kiradi.
Oliy Majlis fuqarolar tomonidan hududiy saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyali saylov asosida 5 yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat. 18 yoshga yetgan fuqarolar Oliy Majlisga saylash, 25 yoshga yetgan fuqarolar saylanish huquqiga ega. Deputatlar oʻz saylovchilarining, deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan tegishli siyosiy partiya yoki D.h.v.o.ning vakili hisoblanadi. Oliy Majlisning huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-boʻlim 18-bobida, Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlis toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunida (1994 y 22 sentabr) va Oliy Majlis reglamenta da belgilab berilgan.
Mahalliy vakillik organlariga deputatlar 5 yil muddatga 18 va undan yuqori yoshdagi fuqarolar tomonidan saylanadi, saylanish huquqi 21 va undan yuqori yosh qilib belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi hamda vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-boʻlim 21-bobida hamda "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonunda (1993 yil 2 sentabr) belgilangan.
|
| |