• TCheckBox
  • TRadioButton
  • Mustaqil bajarish uchun variantlar




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/54
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #142946
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
    Bog'liq
    Zamonaviy dasturlash tillari

    Mustaqil bajarish uchun variantlar: 
    1. Nаzаriy qism bilаn tаnishib chiqing.
    2. Berilgan masala variantiga asosan dasturlash muhitini tanlang.
    3. Masаlаning qo„yilishi bilаn tаnishib chiqing vа uni yechish аlgоritmi hаmdа dаsturini 
    tuzing.
    4. Ishni o„qituvchigа tеkshirtiring vа uning ruхsаtidаn so„ng dаsturni kompyuterga kiriting 
    hаmdа sоzlаng.
    5. Dаstur mаtni vа nаtijаni chоp eting.
    6. Ish bo„yichа hisоbоt tаyyorlаng. 
    TCheckBox 
     
    Ikkita holatga hamda tavsifiy matnga ega bo‟lgan kvadrat check-boxni yaratadi (bunda tavsifiy 
    matn check-boxning vazifasini spetsifikatsiya qiladi). 


    29 
    Box holatini bildiruvchi «Check» biron-bir variantning tanlanishiga mos keladi (box ustidan 
    tortilgan chiziq bilan belgilanadi). «UnCheck» holati esa tanlov olib tashlanishiga mos keladi - 
    bunda Checked komponentasining xususiyati mos ravishda o‟zgaradi hamda OnClick voqeasi 
    yuzaga keladi. Tavsifiy matn Caption xususiyatida saqlanadi. AllowGraed xususiyatining true 
    qiymatini o‟rnatib, boxni to‟qroq rangli (masalan, kulrang) qilish mumkin. State xususiyati 
    joriy holatni va box rangini aks ettiradi. 
    TCheckBox komponentasi TButtonControl sinfining hosilasidir. 
    TRadioButton 
     
    Ikkita holatga hamda tavsifiy matnga ega bo‟lgan yumaloq tugmachani yaratadi (bunda 
    tavsifiy matn yumaloq tugmachaning vazifasini spetsifikatsiya qiladi). 
    Radio-tugmalar bir-birini istisno qiladigan tanlov variantlarining to‟plamidan iborat: ya‟ni 
    ushbu vaqt daqiqasida faqat bitta tugma tanlab olinishi mumkin (ichki qora doiracha bilan 
    belgilanadi). Avval tanlangan tugmadan esa tanlov avtomatik tarzda olinadi. Radio-tugma 
    bosilganda, Checked komponentasining xususiyati ham mos ravishda o‟zgaradi va OnClick 
    voqeasi yuzaga keladi. 
    Odatda radio-tugmalar avvaldan shaklda o‟rnatilgan konteyner ichiga joylashtiriladi. Agar bitta 
    tugma tanlangan bo‟lsa, ushbu guruhga mansub barcha boshqa tugmalarning tanlovlari 
    avtomatik tarzda olib tashlanadi. Masalan, shakldagi ikkita radio-tugma, agar ular boshqa-
    boshqa konteynerlarda joylashgan bo‟lsagina bir paytning o‟zida tanlab olinishi mumkin. Agar 
    radio- tugmalarning guruhlanishi ochiq-oydin berilmagan bo‟lsa, bu holda ularning hammasi, 
    yashirin holda, konteyner darchalari (TForm, TGroupBox yoki TPanel) dan birida guruhlanadi. 
    TRadioButton komponentasi TButtonControl sinfining hosilasidir. 

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish