• TGroupBox
  • TRadioGroup
  • Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «amaliy matematika va axborot texnologiyalari»




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/54
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #142946
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
    Bog'liq
    Zamonaviy dasturlash tillari

    TScrollBar 
     
    Darcha, shakl yoki boshqa komponenta ichidagilarini ko‟rib chiqish uchun ishlatiladi. 
    Masalan, biron-bir parametr qiymatini berilgan interval ichida harakatlanishi uchun, 
    yugurgichli aylantirish lineykasini yaratadi. 
    Aylantirilayotgan obyekt xulq-atvorini OnScroll voqealar qayta ishlatgichi aniqlaydi. 
    Foydalanuvchi Lineykaning o‟zida sichqonchani bosganda (yugurgichning har ikkala 
    tomonida), yugurgich qanchaga surilishi kerakligini LargeChange xususiyatining qiymati 
    aniqlab beradi. 
    Foydalanuvchi sichqonchani strelkali tugmachalar (Lineyka oxiridagi) ustida bosganda 
    yoki pozitsiyalash tugmachalarini bosganda, yugurgich qanchaga surilishi kerakligini 
    SmallShange xususiyatining qiymati aniqlab beradi. 
    Min va Max xususiyatlarining qiymatlari yugurgichning yo‟l qo‟yilishi mumkin bo‟lgan 
    joy almashinuvlari intervallarini belgilaydi. Sizning dasturingiz yugurgichni Position 
    xususiyatining qiymati aniqlab beradigan kerakli pozitsiyaga joylashtirishi mumkin. 
    SetPcirums metodi bir paytning o‟zida Min, Max va Position ga tegishli barcha xususiyatlar 
    qiymatlarini aniqlab beradi. 
    TGroupBox
     
    To‟g‟ri burchakli ramka ko‟rinishidagi konteyner bo‟lib, u qandaydir bir interfeys 
    elementlarining mantiqan bog‟langan guruhini shaklda vizual birlashtiradi. Bu komponenta 
    Windows ning bir nomdagi obyektning inkapsulyatsiyalanishidan iborat. 


    31 
    TRadioGroup
     
    To‟g‟ri burchakli ramka ko‟rinishidagi konteyner bo‟lib, u bir-birini mantiqan istisno qiladigan 
    radio-tugmalar guruhini shaklda vizual birlashtiradi. 
    Radio-tugmalar bitta konteynerga joylashtirilganda «guruhlanadi». Bu guruhdan faqat bitta 
    tugmacha tanlab olinishi mumkin. RadioGroup komponentasiga tugmalarni qo‟shish uchun, 
    Items xususiyatining tahriri bajarilishi kerak. Items xususiyatining navbatdagi satriga nom 
    berilsa, shu tugma guruhlovchi ramkada paydo bo‟ladi. Ushbu daqiqada qaysi tugma tanlab 
    olinishi kerakligini ItemIndex xususiyatining qiymati aniqlab beradi. Columns xususiyatining 
    tegishli qiymatini 
    joylashtirib, siz radiotugmalarni bir necha ustunga guruhlashingiz mumkin. 

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «amaliy matematika va axborot texnologiyalari»

    Download 1,21 Mb.
    Pdf ko'rish