Mustaqil bajarish uchun variantlar




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/54
Sana22.01.2024
Hajmi1,21 Mb.
#142946
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
Zamonaviy dasturlash tillari

Mustaqil bajarish uchun variantlar: 
1. Nolga teng bo„lmagan ikkita son berilgan. Ularning yig„indisi, ko„paytmasi va har birining 
moduli aniqlansin.
2. Uzunlik L santimetrda berilgan. Undagi to„liq metrlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin (1 
metr = 100 sm).
3. Og„irlik M kilogramda berilgan. Undagi to„liq tonnalar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin (1 
tonna = 1000 kg). 
4. Faylning hajmi baytlarda berilgan. Bo„lib butunni olish operatsiyasidan foydalanib fayl 
hajmining to„liq kilobaytlarda ifodalovchi dastur tuzilsin (1 Kilobayt = 1024 bayt).
5. A va B (A > B) musbat sonlar berilgan. A kesmada, B kesmani necha marta joylashtirish 
mumkinligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
6. A va B (A > B) musbat sonlar berilgan. A kesmada, B kesmani necha marta joylashtirish 
mumkin. A kesmada B kesmaning joylashmagan qismini aniqlovchi dastur tuzilsin.
7. Ikki xonali son berilgan. Oldin uning o„nliklar xonasidagi raqamni, So„ng birlar xonasidagi 
raqamni chiqaruvchi dastur tuzilsin.
8. Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlar yig„indisi va ko„paytmasini aniqlovchi dastur 
tuzilsin.
9. Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlari o„rnini almashtirishdan hosil bo„lgan sonni 
aniqlovchi dastur tuzilsin.
10. Uch xonali son berilgan. Uning yuzlar xonasidagi raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. 
11. 999 dan katta bo„lgan son berilgan. Bir marta bo„lib butunni va bo„lib qoldiqni olish 
operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni mingliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma 
tuzilsin.
12. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o„tdi. Kun boshidan boshlab qancha minut to„la 
o„tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.


37 
13. Hafta kunlari quyidagi tartibda berilgan: 1 – dushanba, 2 – seshanba, ... , 6 – shanba, 7 – 
yakshanba (N 1-7gacha bo„lgan hafta kunlari soni). 1- 365 oraliqda yotuvchi K soni berilgan. 
Agar 1-yanvar N chi kunga to„g„ri kelsa, kiritilgan K – kun haftaning qaysi kuniga to„g„ri 
kelishini aniqlovchi programma tuzilsin.
14. A, B, C butun sonlar berilgan. Tomonlari AxB bo„lgan to„g„ri to„rtburchakka tomoni C 
bo„lgan kvadrat eng ko„p joylashtirilsin. 
To„g„rito„rt burchakka eng ko„p joylashgan kvadratlar soni va joylashmay qolgan qismi 
yuzasini aniqlovchi programma tuzilsin.
15. Qaysidir yil berilgan. Berilgan yilning qaysi yuz yillikka kirishini aniqlovchi programma 
tuzilsin. (Masalan: 20 – yuz yillikning boshi 1901 yil). 

Download 1,21 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish