244
necha barobar kichrayadi. Rasm faylini bir formatdan boshqasiga o‘tkazish maxsus
dasturlar (ACDSee, Photoshop,…) yordamida amalga oshiriladi.
Web-sahifaga rasm joylashtirish uchun juftmas tegi (image ing. tasvir)
qo‘llaniladi. Rasm faylini ko‘rsatish uchun mazkur tegga SRC (source - manbaa)
parametri qo‘shilishi shart. Masalan, web-sahifaga
joylashtirilayoygan rasm
faylining nomi “mypic.jpg” bo‘lsa, HTML-hujjatga quyidagi satr qo‘shiladi:
Avvalgi mavzularda matnni web-sahifada ALIGN parametri yordamida
joylashtirish bilan tanishdingiz. Mazkur parametrni web-sahifada rasmni chap yoki
o‘ng tomonga joylashtirish uchun ham qo‘llash mumkin. Aslida bu parametr rasm
yoniga matnni turli holatlarda joylashtirish uchun qo‘llaniladi,
ammo rasm
joylashgan satrda matn bo‘lmasa, u rasmning joylashishiga ta’sir etadi. Masalan,
yoki yozuvi “mypic.jpg” rasmni web-sahifaning o‘ng tomoniga joylashtiradi.
Web-sahifada matn va rasmni ALIGN parametrining quyidagi jadvaldagi
qiymatlariga mos holatlardan birida joylashtirish mumkin:
MIDDLE
Rasmning o‘rtasi joriy (rasmdan keyingi) satrning tagiga
tekislanadi
ABSMIDDLE Rasmning o‘rtasi joriy satrning o‘rtasiga tekislanadi
BOTTOM
Rasmning quyi chegarasi joriy satrning tagiga tekislanadi
ABSBUTTOM Rasmning quyi chegarasi joriy satrning tagchizig‘iga tekislanadi
TOP
Rasmning yuqori chegarasi joriy satrning eng katta elementiga
tekislanadi
LEFT
Rasm chap hoshiyaga tegib turadi, matn rasmni o‘ng tomoniga
yoziladi
RIGHT
Rasm o‘ng hoshiyaga tegib turadi, matn rasmni chap tomoniga
yoziladi
Masalan:
1.
yozuvi web-sahifaga “kub.bmp” rasmini matnning joriy satrini eng
katta elementiga tekislaydi:
245
2.
yozuvi web-sahifaga “kub.bmp” rasmini o‘ng hoshiyaga tegizib,
rasmning yuqori chegarasi joriy satrning eng katta elementiga tekislaydi va joriy
satr rasmni chap tomoniga yoziladi:
Shuni ta’kidlash joizki, web-sahifada matn va rasmning joylashish holatlari
matn formatiga xos teglarning ishlatilishiga ham bog‘liq, buni ko‘rish
uchun
yuqoridagi misollardan ikkinchisida tegini olib tashlashning o‘zi kifoya.
Web-sahifaga rasm joylashtirishda uning o‘lchamlarini ham tanlash mumkin.
Buning uchun WIDTH (eni, ,kengligi) va HEIGHT (bo‘yi, balandligi)
parametrlaridan foydalaniladi. Mazkur buyruqlar yordamida web-sahifaga
joylashtirilayotgan rasmning eni va bo‘yi piksellarda yoki rasmning asl o‘lchamiga
nisbatan foiz hisobida beriladi. Rasmning o‘lchamlarini
foiz hisobida berilishi
noqulay (ba’zi brauzerlar foizni qabul qilmaydi). Masalan, yozuvi mypic.jpg
fayldagi rasmning (yuqoridagi jadvaldagi 130x100 pikselli rasm) asl o‘lchamlari
qanday bo‘lishidan qatiy nazar uni web-sahifaga 50x100 piksel o‘lchamli qilib
joylashtiradi:
246
Rasm o‘lchamlarini kattalashtirish uning sifatini
yomonlashishiga olib
kelishini unutmang! Rasmni biror grafik muhharir yordamida kerakli o‘lchamga
keltirib olib, so‘ngra web-sahifaga joylashtirish maqsadga muvofiqdir!
Web-sahifaga rasm joylashtirilganda uning atrofida bo‘sh joy bo‘lmasligi,
ya’ni, ekranda bu rasmga matn yoki boshqa rasm “tegib” chiqishi mumkin
(yuqoridagi 1-misol). Web-sahifadagi rasm atrofida bo‘sh joy (bo‘shliq - space)
qoldirish (rasmdan chekinish) uchun HSPACE (rasmning chap va o‘ng tomonidan
bo‘sh joy qoldiradi) va VSPACE (rasmning tepasi va tagidan bo‘sh joy qoldiradi)
buyruqlari qo‘llaniladi. Qoldiriladigan bo‘sh joy piksellarda beriladi. Masalan,
yozuvi web-sahifadagi (lola.jpg) rasmning o‘ng, chap, tepa va pastki tomonlaridan
kengligi 15 pikselga teng (ramkasimon) bo‘sh joy qoldiradi:
Rasm atrofida (qora) ramka hosil qilish uchun BORDER (chegara)
parametridan foydalaniladi. Bunda parametr qiymati
sifatida ramka qalinligi
piksellarda olinadi, ya’ni masalan: