256
bu misolda fon rasmining nomi, ―1.gif‖,
u images papkasida joylashgan,
birinchi holat bo‘yicha fon rasmi takrorlanmaydi, ikkinchi holatda fon rasmi matn
bilan birga harakatlanmaydi, uchinchi holatda esa fon rasmi ekranning o‘rtasiga
joylashgan.
CSS yordamida fon rasmini, ekranning ixtiyoriy joyiga qo‘yish, vertikal va
gorizontal yo‘nalish bo‘yicha takrorlanishini ta‘minlash mumkin.
Shrift xususiyati. CSS da shriftlarni boshqarish imkoniyati HTML ga
qaraganda keng. Matnli bloklar uchun CSS qoidalaridan foydalanish HTML kodni
hajmini anchagina kamaytiradi.
font-family xususiyati - shriftni garniturasini berish uchun ushlatiladi. Qabul
qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar:
-Serif Sans-serif
-Monospace Cursive -Fantasy dekorativ shriftlar.
Shriftning xususiyatlari.
Xususiyat
Tushuntirish
Misol
Font-family
Shriftlar
oilasini belgilash
p{fontfamily:Helveti
ca,sansserif;}
Font-style
Kursiv yoki og‘ma shriftni o‘rnatadi
italic | oblique | normal
em{font-
style:normal;}
Font- variant Registrni o‘rnatadi smal-caps | normal
h3{font-
variant:smallcaps;}
Font- weight Shrifrni qalinlik darajasini belgilaydi.
Bold | normal | 100 ...900
B{ font-
weight:700;}
Font -size
Shriftni o‘lchamini o‘rnatadi,bunda
absolyut, nisbiy o‘lchamlar,%,xizmatchi
so‘zlar ishlatilishi mumkin.
Xx-smal, | x-smal | smal | medium
|large | x-large | xx-large
h2 {font-
size:200%;} h3
{font-size:36 pt;}
257
Matn va uning xususiyatlari. Matnni xususiyati so‘zlar va jumlalarning
o‘zari joylashuvini aniqlaydi. Ya‘ni matn protsessori bilan taqqoslasak, xat boshilar
va uni ichini formatlash jarayonidagi ishlar bajariladi.
Text - decoration. Bu quyidagi qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin:
none - qo‘shimcha bezash ishlatilmaydi; underline -
matnni har bir
qatorini tagiga chiziladi; overline - matnni har bir qatorini ustiga chiziladi;
line-through - matnni har bir qatori chizib tashlangan holda aks etadi;
blink - ekranda yonib, o‘chib turadigan matn aks etadi.
Text-align. Bu xususiyat matnning tekislash usulini o‘rnatish imkonini beradi.
Mumkin bo‘lgan qiymatlari:
left -
chap hoshiyaga tekislash; center - o‘rtaga tekislash;
right - o‘ng hoshiyaga tekislash; justify - butun sahifa bo‘ylab tekislash.
Text-indent. Bu xususiyat orqali hat boshining birinchi qatoridagi otstup
beriladi. Matnli blokni ko‘rsatishda ishlatiladi. Birinchi galda hat boshi va
sarlavhalar uchun qo‘llaniladi.
Text-transform. Bu xususiyat matnni registrini almashtirishda qo‘llaniladi.
Quyidagi qiymatlardan birini qabul qiladi:
capitalize - har bir so‘zning birinchi harfini registri o‘zgaradi, ya‘ni bosh
harfda yoziladi.
uppercase - hamma harflarning registri bosh harfga almashadi. lowercase -
hamma harflarning registri yozma harfga almashadi nоnе
- harflarning registri
almashmaydi.
HTML va CSS da bloklar. HTML ning hamma elementlarini ikkita turga
bo‘lish mumkin: blok va qator turlari.
Blok turidagi ellementlar mustaqil ko‘rgazmali strukturaga ega bo‘ladi. Blok
turiga misol sifatida h1-h6, p, div kabi elementlarni olish mumkin. Qator turidagi
elementlar, chiziqli qator sifatida ko‘rinadi. Masalan: I, B, U, S, EM va boshqalar.
Ikkita blokli element bitta qatorda joylasha olmaydi.
CSS da hujjatni formatlashda ham blok tushunchasidan foydalaniladi. CSS
258
da bloklar to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishiga ega bo‘lgan mustaqil strukturaviy birlik
hisoblanadi. CSSda bloklar struktura jixatidan olganda, bir-biridan ajratilgan. Qator
ko‘rinishidagi bloklar, strukturali blokni ichida joylashadi. Har bir qator
ko‘rinishidagi blok, axborotli qismga ega bo‘ladi. bular matn, rasm, yoki boshqa
axborot bo‘lishi mumkin. Blokning bu qismi content
yoki hujjatning mazmuni
deyiladi. Kontentning atrofidagi bo‘sh soha hoshiya (padding) deyiladi. Dizayn
nuqta‘iy nazaridan hoshiya kontent uchun estetik ko‘rinish beradi. Hoshiya esa
chegara chizig‘i (border) bilan qoplanadi. Bu chiziq turli stil va qalinlikga ega
bo‘ladi. Chegara chiziq atrofidagi qo‘himcha bo‘h joy (margin) bo‘lishi mumkin.
CSS spetsifikatsiyasiga ko‘ra, padding, border, margin, blokni kengligiga kirmaydi.
Shunday qilib, blokni kengligini berganda, uni axborotli qismi nazarda tutiladi.
Hamma xoshiya, chegaralar va hat boshilarga mos ravishda yuqori, quyi, chap
va o‘ng bo‘lakalrga bo‘linadi. Har bir bo‘lakga aloxida qiymat berish mumkin.