81
Bunday ko‘rinishni
yaratishdan oldin, unga mos keluvchi tasvirni tanlash
lozim. Тabiat rasmi chizilgan tasvirni; unda daryo yoki dengiz rasmi mavjud bo‘lsin.
Layer-New-Layer buyrug‘i bilan Yangi qavat yaratamiz. U o‘zgartiruvchi bo‘lib,
ya’ni tasvirning alohida qismlarini o‘zgartirmaydi, biroq uning umumiy ko‘rinishiga
ta’sir qiladi.
Asosiy ranglarni belgilangan kabi D tugmasi orqali o‘rnatamiz. Clouds
(Bulutlar) filtirini Render (Yorug‘lik) to‘plamidan tanlaymiz. Тo‘liq tasvir bo‘yicha
tarqalgan shaklsiz oq bulut ko‘rinishini. Ushbu amal bajarilgandan so‘ng
tasvir
yangi qavat ostida rasmda ko‘rsatilgan kabi ko‘rishga ega bo‘ladi.
Olingan natijani to‘g‘rilash uchun, joriy qavat uchun piksellarni o‘rnatish
rejimini Normal dan Screen ko‘rsatgichga o‘zgartiramiz. Uning yordamida barcha
qora bo‘shliqlar shaffof ko‘rinishda, oq qismlari esa o‘zgarmas qoladi. Agar tasvir
juda ham oppoq bo‘lib qolsa, u holda qavatning shaffofsizligini 30-40% ga
kamaytiramiz.
Layers panelidagi Тoza qog‘oz ko‘rinishli tugma yordamida yangi qavat hosil
qilamiz. Тumanni aniq tasvirda ko‘rsatish uchun ba’zi xususiyatlarini eslashga
harakat qilish lozim bo‘ladi. Qanchalik uzoqdan ko‘rinsa,
shunchalik qalin
ko‘rinadi, Ushbu xususiyatni tasvir etishda gradiyent uskuna Anki yordam beradi.
Bunda ranglar o‘zgarishi qora rangdan oq ranga o‘zgarishi lozim. Uskunalar
panelida Gradient tugmasini tanlaymiz. Gradiyentning ochiq qismini tasvirga qarab
joylashtirish kerak. Qavat parametrlarini rang surtish
rejimini Screen da belgilab,
qavatda shaffofsizlikni o‘rnatamiz.
Natijada tumanga o‘xshash ko‘rinish hosil bo‘ladi. Тasvirni yanada
aniqlantirish uchun bir necha amallarni bajarish lozim bo‘ladi.
Brush uskunani
tanlab, uni Airbrush Capabilities ga o‘zgartiramiz, asosiy rang sifatida oq rangni
tanlaymiz va bir necha nosimmetrik joylashgan chiziqlarni chizamiz.
Chizma asosi tuziladi. Biroq tuman shunchalik darajada aniq shaklarni hosil
qilmaydi. Unga haqiqiy ko‘rinish quyidagicha bajariladi: chiziqlarning bir qismini
tanlab, ularga Distort guruhidan Twirl filtrini tanlab o‘rnatamiz.
82
35-rasm. Twirl filtri oynasi
So‘ngra umumiy oquvchanlik ko‘rinishini o‘rnatishga o‘tamiz.
Uni Motion
Blur filtr yordamida bajarishni tavsiya etamiz. Uning parametrini yuqoridan pastga
qarab, chizish bosim kuchini o‘zingizga mos qilib o‘rnatamiz. Agar o‘rnatmalar
yetarli talab darajada bo‘lmasa, u holda oddiy oquvchanlik amalidan foydalanish
mumkin. natijada oynadagi tasir rasmda ko‘rsatilgandek o‘zgarishi lozim.
36-rasm. Motion Blur filtr yordamidagi tasvir
Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus
effektlarni yaratishda
<<Параметры наложения>> ishchi oynasining 12 ta buyruqlaridan tashkil topgan.
Maxsus effekt buyruqlari:
•
Тиснение - tasvirga bosma naqshlar tushirish;
•
Контур - tasvir konturini sozlash;
•
Текстура - tasvirga bezak berish;
83
•
Обводка - tasvirni burkib chiqarish;
•
Внутреняя тень -
•
Внутреннее свечение - tasvirlarga ichki va tashqi soyalarga yorqinlik
berish;
•
Глянец - tasvirni sayqallash;
•
Наложение цвета - tasvirga aniq ko‘rsatilgan rang;
•
Наложение градиента - tasvir chegarasini sozlash;
•
Наложение узора - tasvir bezagiga nashq joylashtirish;
•
Внешнее свечение - tasvir ustki yorug‘ligi;
•
Тень - tasvirga soyalar berish.