• Nazorat uchun savollar.
  • 2.Coreldraw muharririning ishchi oynasi elementlari.
  • Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/124
    Sana27.09.2024
    Hajmi11,66 Mb.
    #272673
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124
    Bog'liq
    Kom.Grafikasi va web qo\'llanma

    Matn kiritish va formatlash; 

    Geometrik figuralar yoki egrilar, ochiq va yopiq shakllar tuzish; 

    Har qanday obyektni sozlash, unga tus berish, shaklini o‘zgartirish; 

    Tayyor tasvir yoki oldin yaratilgan illyustratsiya kiritish; 

    Tasviriy effektlar berish; 

    Obyektlarni to‘g‘ri joylashtirish. 
    Nazorat uchun savollar. 
    1.
    CorelDraw 2018 dasturining umumiy tuzilishi. 
    2.
    Dastur ishga tushirilgandan keyingi ishlar. 
    3.
    Xotirada bir nechta usullarda saqlash yo‘llari. 
    4.
    Menyuning Файл (File) va Импортировать (Import...) buyrug‘i. 
    5.
    CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o‘zgartirish. 
    6.
    Импортировать (Import) ro‘yxatidan foydalanish. 
    7.
    CorelDrawning ishlash prinsiplari. 
    2.Coreldraw muharririning ishchi oynasi elementlari. 


    93 
    Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to‘g‘ri 
    chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matematik 
    formula kabi geometrik abstraksiyalar ko‘rinishda saqlanadi. Masalan, aylana 
    shaklini kodlashtirish uchun, u alohida piksellar ko‘rinishida bo‘lishi shart emas. 
    Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi yetarli 
    bo‘ladi. To‘rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o‘rni va rangini 
    xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli xildagi shakllarni 
    izohlash mumkin. Murakkab shakllarni chizishda bir nechta oddiy shakllardan 
    foydalaniladi. Masalan, burchaklari yoysimon bo‘lgan to‘rtburchak shaklni qora 
    rangda bo‘yaymiz, unga uchta oqdagi to‘rtburchak va birta qora rangdagi 
    to‘rtburchak shaklni qo‘shib uch dyumli disketa rasmini hosil qilish mumkin. 
    Bir necha qismdan iborat vektor tasvir. 
    Vektor formatdagi barcha ko‘rinishlar bir necha qismlardan iborat bo‘lib, 
    ularni bir-biriga bog‘liqsiz holda o‘zgartirish mumkin. Ushbu qismlar obyekt deb 
    nomlanib, bir necha obyektlar yordamida yangi obyekt yaratiladi. Buning natijasida 
    obyektlar yanada murakkab ko‘rinishga ega bo‘lish holati kuzatiladi. Har bir 
    obyektda ularning kattaligi, egriligi va joylashuv o‘rnining qiymatlari orqali beriladi. 
    Shu sababli, tasvir ko‘rinishlarini oddiy matematik amallar yordamida o‘zgartirish 
    imkoniyati yaratiladi. Vektorli grafikani qo‘llaganda, obyekt hajmining juda ham 
    kichik yoki aksincha, juda ham katta kenglikda bo‘lishi inobatga olinmaydi. Ikki 
    holda ham rasm bilan ishlash bir xil kechadi. Xohlagan paytda tasvir sifatini 
    o‘zgartirmay turib, uni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoniyati mavjud. 
    Vektorli usulda kodlashtirishning muhim ahamiyati grafik faylning hajmi rastrli 
    grafiklar fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada kichikligidir. Biroq, vektorli 
    grafikaning kamchilik tomonlari ham mavjud. Birinchidan, hosil qilinayotgan 
    tasvirning shartliligi, ya’ni tasvirlar formulalar yordamida qurilgann egri 
    chiziqlardan iborat bo‘lganligi sababli, haqiqiy tasvirni hosil qilish juda mushkuldir. 
    Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni kodlashtirishda qo‘llab bo‘lmaydi. Agar 


    94 
    tasvirni izohlash lozim bo‘lsa, olingan fayl hajmi rastrli grafika fayli hajmiga 
    nisbatan ancha katta bo‘ladi. Vektorli grafika fayllarini qurishga bag‘ishlangan 
    dasturiy vosita sifatida juda keng tarqalgan CorelDRAW dasturini keltiramiz. 
    CorelDRAW 15 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga 
    o‘xshashdir. CorelDRAW dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning 
    boshlang‘ich muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham 
    mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda 
    oynani ko‘rsatish) satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi. 
    Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko‘rib o‘tamiz. Agar ishchi oyna 
    to‘liq ekranni egallamagan bo‘lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. 
    Natijada ishchi oyna to‘liq ekranda hosil bo‘lib CorelDRAW 15 dasturi bilan ishlash 
    yanada qulaylashadi. 
    Yaratilayotgan tasvir aniq ko‘rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda 
    joylanishi uchun ekranning ruxsat etilgan kattaligini 1024x768 nuqtalarda, eng 
    yaxshisi 1280x1024 ni qo‘llanilishi tavsiya etiladi. 
    CorelDRAW 15 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy 
    elementlari bilan tanishib chiqamiz

    Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar 
    kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan. CorelDRAW 
    15 dasturida o‘z interfeysini o‘zgartirish imkoniyatlari kengaytirilgan. 
    44-rasm.Dasturning ishchi oynasi 
    Dastur oynasining markazida varaq rasmi joylashgan, u ishchi soha deb 
    yuritiladi. Ishchi sohada va undan tashqarida tasvir chizish imkoniyati mavjud, biroq 


    95 
    chop qilinayotganda faqat ishchi sohada chizilgan tasvir chiqariladi. Ranglarni 
    boshqarish uchun oynaning o‘ng qismida joylashgan ranglar majmuasidan 
    foydalaniladi. Holat satrida esa muharrir bilan ishlashni engillashtiruvchi turli 
    xildagi ma’lumotlar hosil bo‘ladi. Tasvir chizishda qo‘llaniladigan asosiy vositalar 
    uskunalar panelida joylashgan. Unda joylashgan tugmalar muharrirda bajariluvchi 
    amallarni tez bajarilishini ta’minlaydi. Xususan, Property Bar (Xususiyatlar paneli) 
    alohida ajralib turadi. Undagi tugmalar bajarayotgan amallaringizga bog‘liq holda 
    paydo bo‘ladi yoki ko‘rinmaydi. Xohlagan paytda joriy holatga mos bo‘lgan 
    tugmaning xususiyatlarini uskunalar panelida topishingiz va ishchi oynaning 
    xohlagan tomonida joylashtirish mumkin. Shu bilan birga menyu satrining ham 
    o‘rnini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Uskunalar panelining bo‘sh qismida 
    sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing, natijada yordamchi menyu (kontekst) paydo 
    bo‘ladi
    .
    Yordamchi oynadagi o‘rnatilgan bayroqcha orqali uskunalar panelida qaysi 
    bo‘limlar joylashtirilganligini ko‘rsatadi. 
    45-rasm.Yordamchi menyu 
    Foydalanuvchi panelida joylashgan turli xildagi uskunalardan foydalanishi 
    mumkin. Panelidagi uskunalarni birma-bir sichqoncha orqali tanlab, uning Property 
    Bar (Xususiyat paneli)ga e`tibor bering, ularning ko‘rinishi har bir uskunaga mos 
    ravishda o‘zgaradi. Shu bilan birga holat satridagi ma’lumotlar ko‘rinishi ham 
    o‘zgaradi. Muharrir sozlangandan so‘ng tasvir bilan ishlashingiz va turli xildagi 
    vektor obyektlar yaratishingiz mumkin. 


    96 
    Yangi hujjatni yaratish uchun menuning 
    Fayl (File) va Yangi hujjat buyrug‘i (New) 
    yoki instrumentlar panelidagi maxsus tugma 
    bosiladi. Hujjatni ochish uchun, menuning 
    Fayl (File) va Ochish (Open) buyruglari yoki 
    instrumentlar panelidagi maxsus tugmalar 
    yordamida amalga oshiriladi. 
    CorelDRAW dasturida bir vaqtning uzida bir nechta hujjatlar bilan ishlash 
    imkoniyatlari bor, shu bilan birga kerak bo‘lmagan hujjatlarni yopib qo‘ysa ham 
    bo‘ladi. Bu esa menuning Fayl Yopish(Close) buyrug‘i erdamida amalga oshiriladi. 

    Download 11,66 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish