Kompyuter grafikasida rang ma'lumot tushunarliligini oshirish uchun
vositadir.
Rangni boshqarish sistemalari. Kompyuter grafikasining elementlarini
yaratish va qayta ishlashda grafik ma'lumotlarning har xil qurilmalarda asl holatda
bo‘lishligi talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida
ranglarning mos tushishini rangni boshqarish sistemalari nazorat qiladi. Bunday
tizimlardan biri CMS (Color Management System)dir.
Profil. Har bir qurilma o‘zining ichki imkoniyatlariga qarab o‘z usulida rang
chiqaradi. Turli xil qurilmalarda ranglarning mosligini ta'minlash uchun ular
o‘zining profiliga ega bo‘lishi kerak.
Kalibrovka. Har xil platforma, qurilma va dasturlarda rangni bir xilda
boshqarish sistemasi mavjud emas. Lekin bu turdagi sistemalarga CMS yaqin
hisoblanadi. Ilk bor Solerunc nomi ostida CMS ni Apple firmasi operatsion
103
sistemaga kiritdi. U Macentosh kompyuterlari sferasida nashrga tayyorlash, nashr
qilish va poligrafiyada muvaffaqiyatli xizmat qildi. Windows 95/98 operatsion
sistemalarida Kodak firmasining Color Matchung Module nomi ostida CMS
tizimlari ishlatiladi. Kompyuter grafikasida rangli ruxsat etish tushunchasi qabul
qilingan (rang chuqurligi). Monitor ekranida uni hosil qilish uchun rangli
informatsiyani kodlashtirish usulidan foydalaniladi. Oq-qora tasvirni aks ettirish
uchun ikki bit razryad yetarli. Sakkiz razryadli kodlashtirish 256 turdagi ranglar
jilosini aks ettirishga imkoniyat beradi. Ikki bayt (16 bit) 65536 turdagi ranglar
jilosini ifodalaydi (bunday rejim - High Color). Yigirma to‘rt razryadli kodlashtirish
usulida 16 777 216 ta rangni ifodalash mumkin.
Amaliy nuqtayi nazardan monitorning rangli ruxsat etish tushunchasi rangli
qamrab olishni anglatadi. Bu o‘z navbatida chiqarish qurilma (monitor, printer va
hokazo)larida ranglar diapazonini hosil qilishni belgilaydi. Rangli modul deb additiv
va
subtraktiv
metodlar
yordamida
ishlangan
ranglar
jilosi
tarkibiy
komponentlarining bo‘linish usullariga aytiladi. Kompyuter grafikasida asosan
RGB, HSB va CMYK rang modullari qo‘llaniladi. Rangli modullar uch o‘lchovli
koordinatalar sistemasida joylashadi va ranglar fazosini tashkil qilib, Grossman
qonunlariga binoan rangni uch o‘lchovli fazodagi nuqta sifatida ifodalashi mumkin.
Grossmanning birinchi qonuni. Chiziqli bog‘liq bo‘lmagan har qanday rangni uchta
tashkil etuvchi orqali bir qiymatli ifodalash mumkin. Chiziqli bog‘liq bo‘lmaslik -
bu ixtiyoriy uch rangdan ikkitasini qo‘shish orqali uchinchisini hosil qilish
imkoniyati mavjud emas. Grossmanning ikkinchi qonuni. Agar ranglar uzluksiz
o‘zgarsa, ranglar aralashmasining nurlanishi ham uzluksiz o‘zgaradi. Hech qanday
rang yo‘qki, unga yaqin bo‘lgan rangni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa.
Grossmanning uchinchi qonuni. Ranglar aralashmasining nurlanishi ularning
rangiga bog‘liq, biroq uning spektr tarkibiga bog‘liq emas.
Docker tipidagi panel
Docker tipidagi panel mulohat oyna ko‘rinishida bo‘ladi. Bu panellar har doim
ekranda mavjud bo‘ladi va ishchi oyna yonida joylashadi. Ekranga kerakli bo‘lgan
104
panelni chaqirish uchun menuning Oyna (Window) va Docker (Dockers…) tipidagi
panel buyrigi va ochilgan ruyxatdagi panellardan bittasi tanlanadi.
•
Object Manager paneli (Dispetcher obyektov) - obyektni parametrlarini
tasvirlaydi, obyekt erarhiya va qatlamlarini boshqaradi.
•
View Manager paneli (Dispetcher vidov) - «tasvir ko‘rinshlari»
tasvirlaydi va boshqaradi.
•
Graphic and Text Styles paneli (Stili teksta i grafiki) - grafik va matnli
stillarini yaratadi va o‘zgartiradi.
•
Color Styles paneli (Svetovo‘e stili) - obyektlar bilan ishlashda
ranglarni tanlaydi va ular ustida amallar bajaradi.
•
Symbols and Special Characters paneli (Simvolo‘ i spetsialno‘e znaki)
- mavjud bo‘lmagan belgilarni tasvirlashda foydalaniladi.
•
Internet Bookmark Manager paneli (Dispetcher zakladok Internet) -
gipermatnlarni boshqarish va yaratishda ishlatiladi.
•
HTML Object Conflict paneli (Analizator konfliktov obyektov HTML)
- Internetda nashr etishdan avval hujjatlarni to‘griligi tekshiradi va noto‘g‘rilarini
tuzatadi.
•
Script and Preset Manager paneli (Диспетчер макросов и готовух
образов) - makrodasturlarni oyzishda foydalaniladi.
•
Object Data paneli (malumotlar jamgarmasi) - har bir obyektga
jadvaldagi malumotlar berkitiladi, masalan, narhi, o‘lchami va h.malumotlar
•
Object Properties paneli (Свойства объектов) - hujjatdagi
obyektlarning barcha parametrlarini haqida malumot beradi va uzgarish kiritadi.
•
Link Manager paneli (Диспетчер связаннух изображений) - hujjatda
mavjud emas faqat u bilan bog‘langan tasvirlarni boshqarish.
•
Bitmap Color Mask paneli (Световая маска точечного изображения)
- rastrli tasvirlar bilan ishlashda ranglar maskasini yaratish.
•
Lens paneli (Линза) - linza turini tanlash va uning parametrlarini
o‘rnatish.
105
•
Artistic Media paneli (Имитация) - vektorli qalamning murakkab
turlari bilan ishlash.
•
Transformation
paneli
(Трансформирование)
-
obyektlarni
siljitishning har xil turlari bilan ishlah.
•
Shaping paneli (Изменение форму) - bir nechta obyektlarni uch xil
ko‘rinishda biriktirish.
•
Color (Свет) va Color Palette Browser (Световой палитру) panellari -
ranglar bilan ishlash.
•
Browse (Обзор) paneli - hujjatlarni boshqarish va ularni har hil
ko‘rinishlarda ko‘rish.
•
Cliparts (Векторное изображения), Photos (Фотографии), 3D models
(Трехмерное модели) panellari - dastur bilan birgalikda o‘rnatilgan kompakt
disklar bilan ishlash (CD-ROM).
•
FTP Sites (Сайту FTP) paneli - FTP saytlarini saqlash va katta massivli
malumotlarni ko‘chirish uchun ular bilan tez bog‘lanish.
Agarda yuqorida ko‘rsatilgan menuda qandaydir buyruq bo‘lmasa u holda
menuning (Menu) Parametrlar (Options) yordamida qo‘shish mumkin.
Interfeysni saqlash va o‘zgartirish
50-rasm. Options bo‘limi oynasi.
106
CorelDRAW dasturi interfeysini foydalanuvchi o‘zi xohlaganday qilib
rostlash va uni xotiraga saqlash imkoniyati bor.
Uning uchun quyidagi amallar bajariladi: Menuning (Tools) dan Опции…
(Options) buyruq tanlanadi va ochilgan dialog oynasidan Interfeys (Workspace)
51-rasm. Workspace oynasi
tanlanadi Yangi... (New) tugmasi ekranga Yangi interfiysni (New Workspace)
chiqaradi. Yangi interfiysni (New Workspace)da interfeysning yangi parametrlarini
kiritish uchun foydalaniladi; masalan, Nomi-maydonida-yangi interfeys nomi
(Name of new workspace). kiritiladi va yangi interfeysni joriy qilish uchun belgi
(Set as current) qo‘yiladi
|