101
xizmat ma’lumotlarini aks ettiradi:
parametrlar, obvodka va ranglar, xarf
parametrlari ajratilgan obyektlar xaqida ma’lumot va aktiv asboblar haqida ma’lumot.
Bu qatorning, kurinishi holati va tarkibini o‘zgartirish mumkin.
Vositalar satrlari
Menyu satri tagida asboblar satri (Toolbars) joylashgan. Asboblar satrini
ekranning xohlagan joyida va har xil ko‘rinishda joylashtirish mumkin.
Ekranga kerakli oynalarni joriy qilish uchun menuning Oyna (Window)
yordamida amalga oshiriladi va ular ustida quyidagi amallar bajariladi:
Asboblar
(Toolbars) satriga sichqonchani o‘ng tononi bilan chertib muloqat oynasini paydo
etamiz va Parametrlar (Options), Rostlash dan kerakli bo‘lgan asboblar tanlanadi.
Svoystva (Property Bar) vositalar satri
Svoystva (Property Bar) asboblar satridagi maydonlar va tugmalar yig‘indisi
foydalanilayatgan asboblar yoki tanlangan obyektga bogliq bo‘ladi, masalan,
asboblar
satridagi
matn
bloki
tanlanganda
matnning
parametrlari
ko‘rsatiladi.Svoystva (Property Bar) satridagi asboblardan birontasi tanlanmagan
holda hujjatning umumiy parametrlari ko‘rsatiladi, masalan, sahifa formati,
uning
orientatsiyasi va h. ko‘rsatadi.
Asboblar paneli (Toolbox)
Asboblar paneli ishchi oynaning chap tomoniga joylashtirilgan bo‘ladi.
Asoblar panelida grafik obyekt ustida quydagi amallar bajariladi - obyektlarni
yaratish, obyektlarni ajratish, muharrirlash va ko‘chrish asboblari joylashtirilgan.
Asboblar bilan ishlash paytida kursor tanlangan obyektga qarab formasini
o‘zgartiradi.
Shu bilan birga, asboblar panelidagi bazi bir asboblar guruhini
«Suzuvchi» panel ko‘rinishida yoki Flyout ko‘rinishida sozlash mumkin.
102
49-rasm. Rang palitrasi
Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida qo‘llanilishi bo‘yicha rassom
palitrasiga o‘xshash, ya'ni u o‘zida ko‘p ranglarni saqlaydi. Elektron palitra tarkibi
bir rangni o‘zida saqlaydigan yacheykalardan iborat. Palitra aniq bir rang modulmi
qo‘llaydi. Uning ranglari esa bu modul asosida yaratilgan ranglardan iborat bo‘ladi.
Internet tarmog‘i uchun yaratilayotgan tasvirlarda
xavfsiz palitralardan
foydalaniladi. Chunki yaratilayotgan grafik ma'lumot minimal hajmda va
tarmoqdagi qurilmalarda tasvir o‘z aslini yo‘qotmasligi zarur. Shuning uchun
xavfsiz palitra 216 rangni o‘zida saqlaydi.
Rangni inson, miyasida yorug‘lik oqimini tahlil qilish natijasida anglaydi.
Yorug‘lik oqimi 3 spektral ranglar (Q, Y,
K - qizil , yashil, ko‘k)
kombinatsiyalarining tarqalishidan hosil bo‘ladi.