• 4.2. Loyiha ishini qabul qiluvchi komissiyaning ishlash tartibi
  • Innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/31
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #234123
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
    4.
     
    BOB. LOYIHA ISHINI HIMOYA QILISH TARTIBI 
    4.1. Loyiha ishini himoya qilishga tayyorlash 
    Berilgan mavzu bo‘yicha bajariladigan loyiha to‘la bajarilib bo‘lingach, 
    kafedra mudirining ko‘rsatmasi bilan tuzilgan komissiya oldida himoya qilinadi. 
    Shu sababli yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rish lozim. Talaba himoyaga 
    tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bajargan ishining asl ma’nosini tushuntirib berishi 
    uchun, masalaning qo‘yilishi, yechish usullari va olingan natijalar bo‘yicha qilgan 
    izlanishlarini qayd etishi o‘rinli. Buning uchun u sodda va tushunarli tarzda qilgan 
    ishlarini gapirib berishi kerak. 
    Loyiha ishini qabul qiluvchi komissiya va rahbar ma’ruzadan so‘ng bir necha 
    savollar bilan talabaning ana shu sohadagi bilim darajasini sinab ko‘rishadi va 
    yakuniy qilib umumiy baho qo‘yiladi. 
    Bu ishlar talabani tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha qo‘yilgan masalani 
    mustaqil hal etib, bajargan ishini aniq va tushunarli qilib boshqalarga tushuntira 
    olishga o‘rgatadi. 
    4.2. Loyiha ishini qabul qiluvchi komissiyaning ishlash tartibi 
    Loyiha ishini qabul qiluvchi komissiyani kafedra mudiri tayinlaydi. Bu 
    komissiya imtixon(sessiya) boshlanguncha xaftaning ma’lum kunlari kelishi, so‘ng 
    belgilangan vaqtda esa himoya o‘tkazishi kerak. 
    Bu komissiyaga albatta loyiha ishining rahbarlari va kafedraning yetakchi 
    o‘qituvchilari kiradi. Unga kafedra mudiri va dekanatdan vakil ham qatnashishi 
    shart emas. 
    4.3.
     
    Loyiha ishini himoya qilish 
    Rahbar va kafedra tomonidan tasdiqlangan komissiya yig‘ilib, loyiha ishini 
    qabul qiladi. Buning uchun talaba tushuntirish xatini ko‘chirilgan nusxasiga rahbar 
    va o‘zining imzosi qo‘yilgan holda topshiradi. 
    Talaba qisqacha ma’ruza qilgandan so‘ng, savol-javobga o‘tiladi. Undan 
    keyin rahbar loyiha ishi va talabaning tanlagan sohasidagi qobiliyatini xarakterlab, 
    komissiya a’zolari bilan kelishgan holda umumiy baho qo‘yiladi. 


    21 
    Baho mavjud reyting tizimda qo‘yiladi. Agar loyiha ishi qoniqarsiz deb 
    topilsa, ya’ni talabaning ma’ruza va savol-javobidan berilgan mavzu bo‘yicha bilim 
    darajasi past deb topilsa, loyiha ishi "qoniqarsiz" baholanadi. Tegishli dekanatga 
    bildirgi berilib talabaga nisbatan chora ko‘riladi.


    22 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish