2
BOB. LOYIHA ISHINI BAJARILISHINING TASHKILIY
TOMONLARI
2.1.
Loyiha ishini bajarishda tashkiliy ishlar
Loyiha ishiga beriladigan mavzular kafedra tomonidan tayinlangan rahbar
tomonidan beriladi.
Rahbar ishni bajarish uchun umumiy yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatadi, ba’zi bir
nazariy va amaliy masalalarni yechishda maslahatlar beradi, kerakli qo‘llanma va
adabiyotlardan foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi va loyiha ishini bajarilishini
nazorat qiladi.
Loyiha ishini to‘la bajarib bo‘lingach rahbarga taqrizga beriladi. Rahbar
tomonidan ko‘rib chiqilgan va kerak bo‘lgan taqdirda tuzatish kiritilgandan so‘ng
loyiha ishi himoyaga qo‘yiladi.
Loyiha ishi kafedra tomonidan belgilangan o‘qituvchilar oldida himoya
qilinadi (rahbar ishtirokida).
Himoya davrida talabalar hisobot bilan chizmalarni tayyorlab, qisqacha bayon
va savol-javob bilan, bajarilgan ishning dolzarbligi, qaysi turdagi korxonaga
mo‘ljallanganligi, qabul qilingan muxandislik yechimlari va taklif qilingan texnik,
dastur masalalarini yoritadilar.
Shularni jamlab talabalarning bajargan ishi baholanadi. Loyiha ishi muddatida
tayyorlanmasa, ijobiy baho bilan himoya qilinmasa, kafedra majlisida ko‘riladi va
talabaga tegishli chora ko‘riladi.
2.2.
Loyiha ishining hisoboti
Loyiha ishining hisoboti, chizmalar, hamda qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi.
Hisobot loyiha ishining asosiy qismini tashkil etadi. Unda kirish, masalaning
qo‘yilishi va vazifalari, ko‘rilayotgan masalani yechish usullarining yutuq va
kamchiliklari, qo‘yilgan masalani yechish tartibi, olingan natijaning tahlili va
yakunlovchi qismlardan tashkil topadi.
Loyiha ishining qismlari quyidagilardan iborat:
10
•
Sarvaraq:
-
Sarvaroqda ta’lim muassasasining yuqori tashkiloti va muassasa nomi hamda
loyiha ishi bajarilayotgan fakultet va kafedra nomi katta harflarda yoziladi;
-
Sarvaroqda loyiha ishi mavzusi, bajaruvchi familiya ismi sharifi va loyiha ishi
himoya qiluvchi kafedra nomi hamda komissiya a’zolari familiyasi ismi sharifi,
baholangan loyihani ko‘rsatkichini yozish uchun alohida qator qo‘yiladi.
•
Topshiriq varaqasi:
-
Loyiha ishining topshiriq varaqasida ta’lim muassasisining yuqori tashkiloti
va muassasa nomi hamda fakultet va kafedra nomi yoziladi;
-
Yuqoridagilardan so‘ng varaqaning o‘ng tomonida kafedra mudiri uchun
tasdiqlash qatori qo‘yiladi;
-
Loyiha ishi nomi, loyiha ishini bajaruvchi talabaning guruhi va loyiha rahbari
familiyasi ismi va sharifi yoziladi;
-
Loyiha ishi bo‘yicha bajarish jadvali ko‘rsatiladi, ya’ni loyiha ishining boblari
bo‘yicha bajarilish sanalari keltirib o‘tiladi (boshlanish va tugash sanasi);
-
Loyiha topshiriq varasining eng quyi qismida topshiriq berilgan sana va
loyiha rahbari imzosi uchun qator qo‘yiladi.
•
Mundarija:
-
Loyiha ishi mundarijasi alohida sahifada yoziladi;
-
mundarijada kirish qismi, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
hamda ilovalar bo‘lishi lozim;
-
boblar va har bir bobning fasli sahifalari raqami mundarijada ko‘rsatib
o‘tilishi kerak;
-
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ham alohida sahifada yoziladi hamda
mundarijada sahifa raqami ko‘rsatiladi;
-
ilovalar raqamlanishi shart emas, lekin bosh sahifa raqamini mundarijada
ko‘rsatib o‘tish kerak;
•
Kirish qismi:
-
Loyiha ismini kirish qismida ish bajarilayotgan soha, muammolarning
dolzarbligi, ushbu muammolarni siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, ya’ni
11
tegishli qonun hamda qarorlarda ifodalanishi o‘rganilib kirish qismida ifodalanadi;
-
kirish qismi 2 va 3 sahifadan iborat bo‘lishi va aniq ma’lumotlar yozilishi
lozim;
-
Loyiha ishining mazmuni kirish qismida o‘z ifodasini topishi kerak va
tanlangan mavzuga mos ma’lumotlar keltiriladi;
•
Masalaning qo‘yilishi:
-
Loyiha ishida masalaning qo‘yilishi asosiy ahamiyat kasb etadi yani
bajariladigan ish mazmuni sarhisob qilinishi kerak;
-
Loyiha ishi doirasida bajariladigan masalalar ketma-ketlikda yozilib,
boblarda o‘z ifodasini topadi;
-
Masalani qo‘yilishida yozilgan topshiriqlar boblarda bajariladigan
ishlarga mos bo‘lishi kerak;
•
Ko‘rilayotgan sohada qilinayotgan ishlar (qisqacha tahlil):
-
Loyiha ishi mavzusi doirasida ko‘rilayotgan soha qisqacha tahlil qilinadi,
mavjud muammolar o‘rganiladi va loyiha ishi doirasida ko‘rib chiqilishi lozim;
-
Tahlil real ma’lumotlarga asoslanishi kerak va foydalanilgan ma’lumotlar
bo‘yicha tegishli havolalar keltirilishi lozim;
• Xulosa:
-
Loyiha ishi xulosa qismi alohida sahifada yozilib, sahifa raqami
mundarijada ko‘rsatilishi lozim;
-
Xulosa qismi loyiha boblari asosida qo‘yilgan masalalar bo‘yicha
yozilishi kerak, ya’ni boblarda bajarilgan ishlarga asoslanib yakuniy xulosalar
ifodalanadi;
-
Xulosa qismida
yoziladigan
natijalar
masalani qo‘yilishidagi
topshiriqlami bajarilganligini asoslamog‘i lozim;
•
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
Loyihaning foydalanilgan adabiyotlar qismi ham alohida sahifadan
yoziladi va har bir adabiyot raqamlar bilan belgilanadi;
-
Foydalanilgan adabiyotlar qismida dastavval soha bo‘yicha tegishli
12
qonunlar va qarorlar, yuqori tashkilot buyruqlari ifodalanadi;
-
Adabiyotlar ketma-ketligi nashr yillari bo‘yicha to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak,
ya’ni eng yangi adabiyotlar yuqori qismda ifodalanishi lozim;
-
Har bir adabiyotdan foydalanish qoidalari to‘g‘ri ifodalanishi kerak,
adabiyot nomi, muallifi, nashr yili va joyi hamda foydalanilgan sahifa raqamlari
ko‘rsatiladi;
-
Foydalanilgan adabiyotlar qismida internet saytlaridan foydalanish holatlari
ham ifodalanadi va veb saytdan ma’lumot olingan havola manzili to‘laligicha
keltiriladi;
•
Ilova:
-
Loyihaning ilova qismida jadvallar, chizmalar, tahlil natijalari
(diagramma va grafiklar) va rasmlar ifodalanadi;
-
Loyiha ishi doirasida bajarilgan dasturiy ta’minotning ish interfeyslari
(GUI) va dastur kodlari ham ilovada keltirilishi kerak;
-
Ilova raqamlanishi shart emas, hamda loyihaning umumiy hajmidan
kelib chiqib qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilib o‘tiladi.
Loyiha ishida ko‘rilayotgan masalaning maqsadi va vazifalari:
-
asosiy masalani yechishning nazariy, amaliy hisob-kitob, tеxnik,
algoritmik, dastur, tajriba va boshqa zarur tomonlari;
-
masalani yechishda kеrakli tеxnik ta’minotni ifodalab o‘tish;
-
xulosa va yakunlovchi qism;
-
adabiyotlar;
-
qo‘shimcha ma’lumotlar.
Chizma qismida esa tushuntirish xatiga kerak bo‘lgan chizmalar mavjud
talablarga muvofiq ravishda A4-format (594 x 841 mm)larda bajariladi, ularning
soni mavzuni to‘liq ochib berish uchun tanlanadi va ba’zi hollarda rahbar tomonidan
belgilanadi.
Loyiha ishining bu qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
AT ning tarkibiy tuzilishi:
13
-
tashkiliy, funksional va boshqa tuzilma sxemalari tahlil qilingayotgan
ATning axborot, matematik, algoritmik, dasturli, texnik va boshqa ta’mmotlarimng
tuzilishi;
-
axborot oqimlarning tuzilma sxemasi;
-
ma’lumotlar bazasining funksional sxemasi;
-
algoritmlarning blok sxemasi;
-
dasturning tuzilishi, blok-sxemasi, olingan natijalar listingi, diagrammalar
va boshqalardir.
Qo‘shimcha qismga, tushuntirish xatiga yoki chizma qismiga kirmagan
qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi. Bunda adabiyotlardan olingan ma’lumotlar,
hisob-kitob usullari, yo‘riqnoma materiallari va texnologik sxemalar, ishning ayrim
qismlariga aniqlik kiritish uchun mo‘ljallangan chizmalar kiradi.
|