Innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana15.05.2024
Hajmi2,41 Mb.
#234123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
1
 
BOB. LOYIHA ISHI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 
1.1.
 
Loyiha ishi haqida asosiy tushunchalar 
Loyiha ishini bajarishda talaba maxsus fanlar, mavjud eng yangi tajribalar, 
ilmiy va texnik adabiyotlarni o‘rganib, mustaqil holda ixtisosligi bo‘yicha 
zamonaviy yechimni aks ettiruvchi natija keltiradi. Loyiha ishi mavzulari o‘qituvchi 
tomonidan fanni to‘liq o‘zlashtirgan va fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimga ega 
bo‘lgan talabalarga beriladi. Loyiha ishiga rahbarlik, mavzuning umumiy 
yo‘nalishni ko‘rsatib berishi bilan belgilinib, ko‘rsatma va maslahatlar vositasida 
amalga oshiriladi. 
Loyiha ishi o‘ziga qo‘yilgan barcha talablarga javob berishi lozim va uni 
bajarish uchun ajratilgan davrda yakunlanishi kerak. 
1.2.
 
Loyiha ishining maqsad va vazifalari 
Loyiha ishining maqsadi: 
-
talabalarni shu fan va unga yaqin bo‘lgan fanlardan olingan bilimlarni 
mustahkamlash, nazariy hamda amaliy bilim doirasini kengaytirish; 
-
hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot davrida talabalarni mustaqil holda 
muxandislik va tadqiqot masalalarini yanada chuqurroq o‘rganishi, hamda har 
tomonlama mukammal hal qilishga o‘rgatish; 
-
ilmiy-texnik adabiyotlardan, tayyor dasturlardan, hisoblash texnik 
vositasidan, avtomatlashtirishga mo‘ljallangan vositalardan foydalanib hisob, hamda 
chizma ishlarini bajarishda ko‘nikma hosil qilishga o‘rgatishdan iboratdir. 
Loyiha ishining vazifasi, talabalarni AKT sohasidagi dolzarb muammolarini 
hal etishda, aniq loyihalash masalasini yechishda zamonaviy usullar va 
kompyuterdan foydalanishga o‘rgatishdir. 
1.3.
 
Loyiha ishini bajarish uchun mavzu tanlash tartibi 
“AT-servis” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar kasbiy mahorat 
tavsifnomasiga ko‘ra, ular bilishi kerak bo‘lgan fanlar bir nechtani tashkil etadi. 
Fanlarni o‘zlashtirish uchun nazariy bilimlar hamda amaliy dasturiy ta’minotlarni 
bilishi taqazo etiladi. Shu sababli loyiha ishi uchun mavzulami tanlashda, xalq 


xo‘jaligi, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalar uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy 
jihatdan tahlil qilinib, qurilma, vosita va dasturlarni takomillashtirishi kerak 
bo‘lgan soha tizimlarini loyihalash yoki ularning ayrim qismlarini yaratishga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Loyiha ishiga mavzular har bir talaba uchun alohida beriladi. 
Ba’zi hollarda 2 ta talabalar uchun murakkab muammoga bag‘ishlangan 
mavzu berilishi ham mumkin. Bunda umumiy mavzu yagona bo‘lib, har bir talaba 
uchun shu muammoning ayrim masalalari topshiriq sifatida beriladi. 
Mavzular kafedra majlisida ko‘riladi va tasdiqlanadi. Bu mavzular har o‘quv 
yilida ko‘rib chiqiladi va kerakli dolzarb muammo masalalarini hal etishga 
yo‘naltiriladi. Bunday yondashish loyiha ishini, uning ilmiy yoki amaliy darajasini 
oshiradi. Loyiha ishi mavzusini tanlanganidan so‘ng talaba mavzuga tegishli 
boshlang‘ich gipotezani tanlashi lozim va shu gipoteza asosida ma’lumotlar 
to‘playdi hamda to‘plangan ma’lumotlar asosida vosita, dastur yoki tavsiyalar 
tahlil usuli yordamida beriladi. 

Download 2,41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish