14
tanishish;
2.
Tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar to‘plash;
3.
Uni bajarish uchun kerakli uslublar, algoritmlar va dasturlar bilan tanishish;
4.
Texnik vositalardan foydalanishni bilishi va ular yordamida hisoblash
usullarini o‘rganib olishi kerak.
2.4.
Kirish va asosiy qismlarni yozish tartibi
Hisobot loyiha ishining asosiy hujjati bo‘lib, shu asosda himoyaga chiqiladi.
Unda talabaning to‘plangan yoki berilgan mavzu bo‘yicha
qilgan barcha ishlari,
kerakli darajada yoritilgan holda, o‘z aksini topadi. Loyiha ishining boshlanish
qismida kirish so‘zi yoziladi. Unda hozirgi kunda fan va texnika tarraqqiyoti yangi
axborot kommunikatsiya texnologiyalarining yaratilishi hamda shu kundagi
axamiyati va zarurligi ko‘rsatiladi. Masalaning qo‘yilishi, tanlangan gipoteza va uni
tekshirish uchun kerak bo‘lgan vazifalar qisqacha qayd etiladi, hamda bu vazifalarni
yechish uchun kerakli hisoblash usullari, model va algoritmlar, dasturlar va boshqa
zarur ma’lumotlami berish maqsadga muvofiqdir.
Asosiy qismda tanlangan mavzudagi texnik jarayonni va korxona yoki tizimni
yoki boshqa bir avtomatlashtirilayotgan obyektni keng yoritib berish, uning oldingi
va hozirgi kundagi ko‘rinishi, faoliyatini tahlil qilish va tanlangan mavzuda
ko‘tarilayogan masala qay darajada zarurligini ta’kidlab o‘tish kerak.
Asosiy qismning boshlanishida tanlangan mavzuga bog‘liq bo‘lgan ilmiy va
amaliy
izlanishlar haqida, uslublar, algoritm va yaratilgan dasturlar haqida
muloxaza, ulardan foydalanish imkonini yoki takomillashtirish, shu sohadagi
adabiyotlarga izoh beriladi. Unda to‘plangan mavzuning
yoki natijani ijobiy va
salbiy tomonlarini aks ettirish, qo‘yilgan masalani yechish uchun tanlangan uslub,
usul, qonuniyatlar, algoritmlar va dasturlarning tanlanish sabablari qayd etiladi.
tanlangan usulning boshqalardan afzalligini ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Talaba loyiha ishida tanlangan usulni, uslubiyatni,
algoritm yoki AT uchun
kerak bo‘lgan boshqa funksional yoki ta’minlovchi qismlarni loyihalash, hamda
yaratish uchun kerakli masalalarning nazariy tomonlarini aks ettirishi kerak.
15
So‘ngra uning amaliy tomonlariga to‘xtalib, AT ning axborot,
matematik, texnik va boshka jihatlarini aniq masala yoki obyekt uchun hal
qilish tartibi ta’kidlanadi. Bunda, albatta hisob-kitobga bog‘liq
ishlarning
algoritmlari va dasturlari beriladi va ular orqali olingan natija tahlil qilinadi.
Loyiha ishida talaba algoritm hamda dasturga bog‘liq bo‘lgan ishlarni
bajarish jarayonida quyidagilarga ahamiyat berishi talab etiladi:
-
yechilayotgan masalani matematik ko‘rinishda ifodalash;
-
algoritmni yaratish va uni yechish uchun kerakli dasturning blok
sxemasini tuzish;
-
algoritmga mos dasturlash tili tanlash;
-
tuzilgan dasturni ishlatib, yechimini olish va olingan natijani tahlil
qilish;
-
dasturni ishlatishi uchun foydalanuvchiga qo‘llanma berish;
-
avvalgi algoritm hamda yangi yaratilayotgan algoritmlarning qiyosiy
tahlili;
-
loyiha texnologiyasini ko‘rsatish va boshqalar.
Loyiha ishining yakuniy qismida tanlangan mavzu bo‘yicha bajarilgan
ishning qisqacha izohi, olingan natijalardan kelib chiqqan xulosalar, kelajakda
bu mavzular ustida ishlash mumkinlik darajasi
va uni bajarish davrida
nimalarga ahamiyat berish lozimligi ko‘rsatiladi.
Bulardan tashqari yana foydalanilgan adabiyotlar ro‘xati keltiriladi.
Quyida loyiha ishini bajarish uchun qisqartirilgan bo‘limlarning
umumlashtirilgan ko‘rinishini keltirish mumkin.
Loyihaning qisqacha bajarish jarayoni:
1.
Variantga asoslanib belgilangan soha bo‘yicha hamma ma’lumotlar
alohida to‘planib, vaqtga moslab guruhlab chiqiladi va tahlil qilinadi.
2.
Guruhlangan ma’lumotlar grafigi chiziladi va guruhlar kesishishgan
joylari aniqlanadi.
3.
Tanlangan soha tahlil qilinadi va loyihalash usullari aniqlanadi
4.
Zarur bo‘lgan hollarda loyihalash asosida kerakli tizim yaratiladi.