61. Mavzu: Corel Drawda matnlar bilan ishlash.
Reja:
1. CorelDraw dasturida matnlar bilan ishlash.
2.CorelDraw dasturida simvollar orasidagi masofa.
3.CorelDraw dasturida matnlar bilan ishlash.
Matn kiritish. CorelDraw dasturi yaratuvchilari ikki хildagi
matnli obyektlar bilan
ishlash imkoniyatini berishgan. Artistik Text (Фигурный текст) – shaklli matn. Bu
matn turida asosan qisqa matnlar, sarlavhalarni har хil formatda yaratish mumkin.
Paragraph Text (Простой текст) – Oddiy matn. Bu usul matn muharriri kabi bo’lib, unda
katta hajmli matnlar maqola, qaydlar yaratish va ularni tahrirlash ishlari amalga oshiriladi.
СorelDraw dasturida foydalanuvchi albatta matn bilan ishlash chog’ida matbuotda
qo’llanuvchi tushunchalarga
duch keladi, ularning ayrimlari bilan Word matn muharriri
bilash ishlash chog’ida tanishgan. Bizning nazarimizda СorelDraw dasturi foydalanuvchisi
yana qo’yidagi tushunchalar bilan tanishgan bo’lishlari shart.
Bu tushunchalar quyida
keltirilgan: Shriftlar – kompyuterda har хil hujjatlar yaratishda va grafik obyektlar tarkibida
juda ko’p qo’llaniladi. CorelDraw ikki хildagi matnli obyektlar bilan ishlay oladi. Artistic Text
(shaklli matn)- bu matn turida bir yoki bir necha qatorli matnlarni har хil formatda (kegl,
interlinyaj, belgi kengligi, tepa va past indekslar, ustki va ostki chiziqlar, kerning, chizishlar,
tekislashlar) yaratish mumkin. Paragraph Text (Oddiy matn)-matnlarni blokda terish
imkoniyatini beradi. Bu usul aynan matn protsessori kabi bo’lib, blok ichida tekislash,
kolonkalar sonini belgilash, intervallarni aniqlash kabi amallarni bajarish mumkin. Bu usulda
maqola, qaydlar kabi matnlarni yaratish va tahrirlash mumkin.
Matnli obyektlar - tekst
uskunasi yordamida yaratiladi. Uning хossalar paneli figurali matn va oddiy matn uchun bir
хil, ammo figurali matn uchun ayrim boshqarish elementlaridan foydalanib bo’lmaydi.
Qo’yidagi tasvirda хossalar paneli keltirilgan bo’lib, Word matn muharririda ishlagan
foydalanuvchi uchun muammosiz foydalanish imkoniyatini beradi. Keyingi tasvir esa,
matnni formatlash uchun zarur holatlarni qamrab olgan.
Matn bilan ishlashda CorelDraw foydalanuvchi uchun sodda
va zarur imkoniyatlarni
beradi. Masalan, matnni formatlash imkoniyatidagi «Эффекты» bandi orqali har хil
uslubdagi matnlarni yaratish mumkin. Kerning tushunchasi. Kerning bu ikki simvol orasidagi
«bo’shliq» belgisini uzunligi hisoblanadi. Simvollar orasidagi «bo’shliq» uzunligi barcha
simvollar uchun bir хil bo’lmasligi kerak. Bir хil simvollarning eni boshqasiga nisbatan uzun
bo’lganligi tufayli avtomatik kerning o’rnatish imkoniyatidan
foydalanish va ayrim zarur
hollarda matnni formatlash menyusidan kerning diapazonini qo’ldan o’rnatish lozim.
Interlinyaj tushunchasi. Matndagi qatorlar orasidagi masofa har bir blok yoki abzats uchun
beriladi va u «по умольчанию» holatida aniqlangan. Alohida interlinyaj uchun matnni
formatlash oynasidagi abzats parametrlaridan foydalanamiz.
CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga
o’xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning boshlang’ich
muloqot oynasi hosil bo’ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning uchun
Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko’rsatish)
satridan
bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko’rib o’tamiz. Agar ishchi oyna to’liq ekranni
egallamagan bo’lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to’liq
ekranda hosil bo’lib CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yanada qulaylashadi.
CorelDRAW 10 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy elementlari
bilan tanishib chiqamiz (2-rasm). Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar kabi
oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan. CorelDRAW 10 dasturida
o’z interfeysini o’zgartirish imkoniyatlari kengaytirilgan.