Valyuta siyosati haqida tushuncha




Download 153.34 Kb.
bet2/6
Sana12.05.2023
Hajmi153.34 Kb.
#58777
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi valyuta siyosatining makroiqtisodiy tahlili
2. Payvandlanadigan konstruksiyaga va uning materiali tavsiflana, 10-Mavzu.informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda internet va masofaviy ta’lim texnologiyalari, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Mustaqil ish 1 Modul namuna (1), algoritm, TEST, Ôîíä áîçîðè òèçèìèäàãè ôîíä áèðæàëàðè, Курбонов Алишер, 1, Issiqlik almashinish qurilmalari, 12, Dual ta’lim, Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq, Flower
Valyuta siyosati haqida tushuncha

Valyuta siyosati — davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursita, valyuta operatsiyalariga taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatiningtarkibiy qismi. V.s.ning asosiy dastaklari — valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va b.dan tashkil topadi. Mamlakatda V.s.ni hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi.
Jahon miqyosida V.s.ni xalqaro valyuta — moliya tashkilotlari (Xalqaro valyuta fondi, xalqaro banklar) olib boradi. Uni amalga oshirish davriga koʻra, joriy V.s. va uzoq muddatli V.s. kabi kurinishlari bor. Joriy V.s.da valyuta bozori holati oʻzgarishlari (konʼyukturasi), deviz va diskont siyosati, valyuta zaxiralari yordamida tartibga solinadi va bu siyosat toʻlov balansi tengligini taʼminlashga xizmat qiladi. Uzoq muddatli V.s. valyuta mexanizmi, valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini oʻzgartirish maqsadlarini koʻzlaydi.
Valuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valuta tizimining barqaror faoliyatini ta’minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valuta fondi, Umumjahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki). Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda asosan uch xil ko‘rinishdagi pul vositalari ishlatiladi: - oltin, hozirda o‘zining asosiy to‘lov va hisob-kitob vositasi xususiyatini yo‘qotgan bo‘lsada, ammo ko‘pchilik valuta zaxiralarining sezilarli qismini tashkil etadi va muhim tashqi savdo operatsiyalariga xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash uchun ishlatiladi; - jahonda asosiy o‘rin tutuvchi rivojlangan mamlakatlarning miliiy valutalari (AQSH dollari, YEVRO, Ingliz funt-sterlengi, Yaponiya ienasi va boshqalar); - xalqaro pul birliklari. Bunday pul birliklariga shu paytga qadar foydalanilgan EKYu, SDR misol bo‘la oladi. Ular barcha mamlakatlar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. Xorijda kreditlash va investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi mehnatiga, shuningdek, mamlakat valuta zaxiralarini yaratishda qo‘llaniladi. Xalqaro valuta yoki xalqaro to‘lov-hisob va kreditlash vositalariga javob berishi kerak bo‘lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. Valuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valutalarga almashish qobiliyati tushiniladi.
Hozirgi paytda ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan valutalarga ajratiladi. Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, amaldagi kurs bo‘yicha har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valutadir. Bunga misol qilib AQSH, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valutalarini kiritish mumkin. Qisman konvertirlanadigan valuta – bu, faqat ba’zi xorijiy valutalarga almashtiriladigan va xalqaro to‘lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valutadir. Konvertirlanmaydigan valuta – bu, faqatgina ichki to‘lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valutaga ayirboshlanmaydigan milliy valutadir. Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda to‘lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valutalarni konvertirlash ko‘pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valuta kurslariga ta’siri. Real valuta kurslari jamg‘arma va sarmoyalar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi vertikal to‘g‘ri chiziq va sof eksport miqdorini ko‘rsatuvchi, o‘ngdan pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi.Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko‘rsatilgan milliy valuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo‘ladigan milliy valuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valuta kursi kapital bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha milliy valuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo‘lgan talabni tenglashtiradi.
Real almashinuv kursidagi muvozanat Davlat xarajatlarining oshishi (yoki soliqlarning kamayishi) milliy jamg‘armalarni kamaytiradi va (S-I) egri chiziq chapga suriladi. Bu siljishlar xorijiy investitsiyalar uchun milliy valuta taklifining kamayishini ko‘rsatadi.Valuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Natijada, milliy mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi. Bu esa, o‘z navbatida, eksportning qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi. Oqibatda joriy operatsiyalar hisobida taqchillik paydo bo‘ladi.Agarda, soliqlarning kamayishi investitsiyalarning oshishiga olib kelsa, milliy jamg‘armalar hajmi o‘zgarmasa ham (S-I) egri chizig‘i yana chapga siljiydi.
Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo‘lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valuta kursini oshiradi va to‘lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. Chet mamlakatlardagi rag‘batlantiruvchi budjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi jamg‘armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi.
Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo‘yish uchun taklif qilinayotgan milliy valuta ko‘payadi va (S-I) egri chizig‘i o‘ngga suriladi . Natijada muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko‘payadi. Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig‘ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida namoyon bo‘ladi.Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi. Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o‘zgarmagan bo‘lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import hajmidan kam bo‘ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valuta kursi (En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o‘sgan muvozanatli real valuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining ko‘tarilishiga javobannominal valuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi.
Qayd etilgan valuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat Oldingi savolda ta’kidlaganimizdek qayd qilingapn valuta kursi sharaoitida monetar siyosat ko‘proq ichki balans muammosi bilan aloqador bo‘ladi. Keltirilgan fikrlarni izohlab berish uchun quyidagi gepotetik misolni ko‘rib chiqamiz. Mamlakatning barcha tijorat banklari va Markaziy bankni barcha xorijiy aktivlar va passivlar to‘plangan yagona bank deb tasavvur qilamiz. Pul taklifi esa naqd pul va depozitlardan iborat deb qaraymiz. Bunday gepotetik bankning passivida pul taklifining barcha komponentlari (odatda M2 agregati), aktivida esa bank tizimining sof xorijiy aktivlari (aktivlarpassivlar, ya’ni xorijliklarning ularga bo‘lgan barcha talablari so‘ndirilgandan so‘ng mamlakat ega bo‘ladigan aktivlar) va sof ichki aktivlar (yoki hukumatga, firmalarga va uy xo‘jaliklariga sof ichki kreditlar) jamlangan bo‘ladi. Sof xorijiy aktivlar mamlakatning valuta zaxiralariga mos keladi. Bunday holatda aktivlar va pasivlarning tengligi shartini M=Res +DS ko‘rinishida yozishimiz mumkin. Bu tenglik pul taklifi (bank tizimining majburiyati) valuta rezervlari (sof xorijiy aktivlar) va bank tizimining ichki kreditlari yig‘indisiga tengligini anglatadi. Demak, pul taklifi ham ichki, ham tashqi omillarga bog‘liq . Pul taklifining o‘zgarishini ΔM=Δres +ΔDS ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Bu yerda Δres to‘lov balansining taqchilligi yoki ortiqchaligiga mos keladi. Tashqi balansni tiklash, o‘z navbatida valuta kursini saqlab turish zaruriyati xorijiy aktivlarni sotish va sotib olishni talab qiladi. Bu esa valutarezervlarining ko‘payishi yoki kama yishini keltirib chiqaradi. Lekin, rezervlarni sotish barobarida Markaziy Bank muomaladagi pulning bir qismini chiqarib oladi. Rezervlarni sotib olish bilan esa pul taklifi hajmini ko‘paytiradi. Shunday qilib, qayd qilingan valuta kursi sharoitida M endogen o‘zgaruvchi bo‘lib, to‘lov balansining yuzaga keladigan taqchilligi yoki ortiqchaligiga (ya’ni almashinuv keursini pasaytirish yoki ko‘tarish borasidagi harakatlarga) bog‘liq bo‘ladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotni rivojlantirish prognozlari tuzilayotganda pulga talab iqtisodiy o‘sish va inflatsiyaning maqsadli (rejadagi) ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Pul taklifi esa sof xorijiy aktivlar va ichki kreditlar hajmiga bog‘langan holda aniqlanadi. Sof xorijiy aktivlvr to‘lov balansini tuzish prognozlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ichki kreditlar hajmi esa qoldiq prinsipipida aniqlanadi hamda hukumat va xususiy sektor o‘rtasida taqsimlanadi. Xususiy sektorga ichki kreditlar miqdorini o‘zgartirish uchun pul-kredit siyosatining uchala usuli ham qo‘llaniladi.
Markaziy Bank to‘lov balansining iqtisodiyotdagi pul taklifiga ta’sirini valuta rezervlari o‘zgarishini sterillash orqali neytrallashtirishi mumkin. Masalan, (to‘lov balansi taqchilligini yoki almashinuv kursi pasayishini bartaraf qilish maqsadlarida foydalanilishi natijasida) rezervlar qisqarganida Markaziy Bank ichki aktivlarni pul taklifi hajmi o‘zgarmasligini ta’minlaydigan darajada ko‘paytirishi mumkin.
Ya’ni : M=↓Res +↑DS
Bunda u ochiq bozordagi operatsiyalar yoki pul-kredit siyosatining boshqa vositalaridan foydalanadi. Ammo sterillash imkoniyatlari cheklangan. Agar to‘lov balansining taqchilligi uzoq vaqt saqlanib qolsa, uni bartaraf qilishga intilish valuta rezervlarini tugab qolishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda, mamlakat, almashinuv kursining pasayish tendensiyasini bartaraf qilish hamda pulning xorijga oqib ketishini tugatish uchun yoki qayd etilgan kursdan voz kechishi, yoki pul massasining qisqarishiga yo‘l qo‘yib berishga majbur bo‘ladi.
To‘lov balansining barqaror ijobiy qoldig‘i sharoitida rezervlar hajmi shunchalik ko‘p bo‘lishi mumkinki, ichki kredit nolga teng bo‘lib qoladi. Bu esa amalda mumkin bo‘lmagan holatdir (banklar ichki kreditlarni kamaytirmasligi, balki nobank sektoridan pul qarz olishi zarur bo‘ladi). Demak, hattoki sterillash ham pul masssasini to‘lov balansi ta’siridan himoya qila olmaydi. Bu esa pul-kredit siyosatining ichki balansga ta’sirini keskin cheklab qo‘yadi. Qayd qilingan valuta kursi sharoitida budjet-soliq siyosatining samaradorligi kapitalning mobilligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Davlat xarajatlarining ko‘payishi foiz stavkasining o‘sishini keltirib chiqaradi (fond bozorida qarzga mablag‘ olib, davlat xususiy sektor foydalanadigan pul massasini kamaytiradi) . Bu esa o‘z navbatida xorijdan kapital oqib kelishini rag‘batlantirapdi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida davlat xarajatlarining ko‘payishi bilan bog‘liq savdo balansi taqchilligi kapital harakati schyotining musbat (ijobiy) qoldig‘i bilan amalda qoplanadi. Markaziy Bank esa yuzaga kelgan almashinuv kursining o‘sish tendensiyasini bartaraf qilish uchun xorijiy valutani sotib olish va muomalaga milliy valutani ko‘p miqdorda chiqarishga, bu bilan esa pul taklifini oshirishga majbur bo‘ladi. Bu tadbir (davlat xarajatlarining o‘sishi bilan birgaldikda) daromadlarning kengayishi uchun qo‘shimcha rag‘bat yaratadi. Shunday qilib, qayd qilingan valuta kursi sharoitida budjet-soliq siyosati pul-kredit siyosatidan farli ravishda daromad darajasiga, o‘z navbatida ichki muvozanatga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsata oldadi. Tasir darajasi kapitalning mobilligi o‘sishi bilan ortib boradi.


Download 153.34 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 153.34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Valyuta siyosati haqida tushuncha

Download 153.34 Kb.