• «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PF-5177
  • O'zbekistondagi valyuta kurs omillari va ularning iqstisodiy rivojlanishga ta'siri




    Download 153.34 Kb.
    bet5/6
    Sana12.05.2023
    Hajmi153.34 Kb.
    #58777
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    O\'zbekiston Respublikasi valyuta siyosatining makroiqtisodiy tahlili
    2. Payvandlanadigan konstruksiyaga va uning materiali tavsiflana, 10-Mavzu.informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda internet va masofaviy ta’lim texnologiyalari, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Mustaqil ish 1 Modul namuna (1), algoritm, TEST, Ôîíä áîçîðè òèçèìèäàãè ôîíä áèðæàëàðè, Курбонов Алишер, 1, Issiqlik almashinish qurilmalari, 12, Dual ta’lim, Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq, Flower
    4. O'zbekistondagi valyuta kurs omillari va ularning iqstisodiy rivojlanishga ta'siri
    O’zbekiston Respublikasida valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
    Pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18 noyabrdagi PF-5877-sonli “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.
    Mazkur islohotlar tamoyillarini ishlab chiqishda, asosiy e’tibor, valyuta bozorini yanada liberallashtirish, shu jumladan, milliy valyuta kursini belgilashning bozor mexanizmlarini joriy qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish huquqlarini ro‘yobga chiqarish hamda barcha tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratildi. Xususan, valyuta siyosatini liberallashtirish borasidagi dastlabki qadam sifatida respublika eksport salohiyatini oshirish va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 30- iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi 449-sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra birjadan tashqari valyuta bozoridagi valyuta oldi-sotdi operatsiyalari tijorat banklari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshirilishi tartibi joriy qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 28- iyuldagi «Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3157-sonli Qaroriga binoan 2017- yil 1- avgustdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizini majburiy sotish talabi bekor qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 2-sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177- sonli Farmonining qabul qilinishi bilan esa mamlakatimizda valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha islohotlarning faol bosqichiga o‘tildi.
    2022 yilda jismoniy shaxslar tijorat banklariga 11,9 mlrd dollar sotgan. Banklardan esa 8,9 mlrd dollar sotib olgan. Bu 2021 yilga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p. Yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi.
    Jismoniy shaxslar 2022 yilda tijorat banklaridan 8,9 mlrd dollar sotib oldi. Bu haqda Markaziy bankning ichki valyuta
    bozori sharhida keltirildi
    Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga sotilgan chet el valyutasi miqdori 11,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga 8,9 mlrd dollar sotildi hamda ushbu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 1,9 barobarga o‘sdi (2021 yilda — 4,6 mlrd dollar).

    Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi (mln AQSh dollar).
    2022 yilda jismoniy shaxslarning chet el valyutasi taklifi hajmi unga bo‘lgan talab hajmidan 2,9 mlrd dollariga ortiq bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qildi. 2022 yilda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga 16,9 mlrd dollar miqdorida valyuta mablag‘lari kelib тушган bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada oshdi (2020 yilda — 6 mlrd dollar va 2021 yilda — 8,1 mlrd dollar).

    Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi (mln AQSh dollar).
    Ushbu holat quyidagi omillar bilan izohlanadi:
    avval yuklab jo‘natilgan mahsulotlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) (debitor qarzdorlik) bo‘yicha to‘lovlar hamda eksport uchun oldindan to‘langan bo‘naklarning oshishi;
    Rossiyadagi geosiyosiy vaziyat ta’sirida (kapitalni saqlab qolish maqsadida) respublikadan chiqib ketgan valyuta mablag‘larining ayrim qismini eksport tushumlari ko‘rinishida hamda import shartnomalari bo‘yicha oldindan to‘lov sifatida O‘zbekistonga kirib kelishi;
    Rossiya hukumati tomonidan «parralel» importga ruxsat berilishi va Rossiya xo‘jalik subyektlari tomonidan Yevropa bilanbog‘liq bo‘lgan importni Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston orqali amalga oshirayotgani bilan izohlanadi.
    Almashuv kursi dinamikasi
    2022 yil davomida milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklif faktorlari, shu bilan birga, tashqi va ichki omillarning ta’sirida shakllandi. Jahondagi geosiyosiy keskinliklarning yuzaga kelishi, savdo hamkor davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlari devalvatsion kutilmalarining ortishi fonida mart oyining dastlabki haftalarida xorijiy valyutaga nisbatan talab sezilarli darajada oshishi kuzatildi.
    Natijada, milliy valyuta ayirboshlash kursi yil boshiga nisbatan 7 foizgacha qadrsizlanishi kuzatildi. Bunda, pul-kredit siyosatining o‘z vaqtida qat’iylashtirilishi valyuta bozorining barcha segmentlarida xorijiy valyutaga talabning sezilarli darajada pasayishiga va taklifning ortishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, moslashuvchan almashuv kursi tashqi shoklarning salbiy oqibatlarini yumshatishga xizmat qildi.
    Umuman olganda, 2022 yil davomida milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan tebranishi 10801 — 11572 dollar/so‘m diapazonida shakllandi va 3,9 foizga qadrsizlandi.

    AQSh dollarining milliy valyutaga nisbatan almashuv kursi dinamikasi (AQSh dollar/so‘m).
    Qayd etilishicha, milliy valyuta almashuv kursi dinamikasi shakllanishi geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi, ichki valyuta bozori ishtirokchilarining kutilmalari hamda tashqi moliya bozorlari kon’yunkturasiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy bank disbalanslar ortib borishi oldini olish maqsadida erkin shakllanuvchi valyuta almashuvkursi rejimiga amal qilib boradi hamda oltin-valyuta zaxiralari neytrallik prinsipini ta’minlashi ta’kidlangan.
    Xususan, 2022 yilning I choragida Markaziy bank ichki valyuta bozoriga intervensiyalari hajmi 2,4 mlrd dollarni (26,8 trln so‘m ekvivalenti) tashkil qildi. Bu 2021-yilning so‘nggi choragiga nisbatan 19 foizga ko‘p bo‘ldi.
    Intervensiyalar hajmining ortishi tashqi xatarlar sharoitida milliy valyuta almashuv kursida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keskin tebranishlarni yumshatishga xizmat qildi, — deyiladi sharhda.
    So‘mning almashuv kursi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich yo‘q
    Bugungi kunda valyuta kurslari bozor tamoyillari, ya’ni talab va taklif asosida shakllanadi.
    Markaziy bank boshqariladigan valyuta kursidan erkin suzuvchi valyuta kursiga uzoq va qiyin o‘tishni boshdan kechirdi va valyuta kursini emas, balki inflyatsiyani asosiy maqsadi deb biladi.
    Bizda so‘mning almashuv kursi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich yo‘q. Shu bois Markaziy bank neytrallik tamoyili asosida valyuta intervensiyalari siyosatini davom ettiradi, — dedi Mamarizo Nurmuratov.
    Ayrim hollarda Markaziy bank tashqi xatarlarning salbiy ta’sirini minimallashtirish uchun intervensiyalar hajmini oshiradi.
    Ushbu choralar makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga va shu orqali uzoq muddatli inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishishga xizmat qiladi.

    XULOSA
    Jahon valuta tizimi – xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar o‘rtasidagi valuta munosabatlarining yig‘indisidir. Valuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valutalarga almashish qobilyati tushuniladi. Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, amaldagi kurs bo‘yicha har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valutadir. Bunga misol qilib AQSH, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valutalarini kiritish mumkin. Davlat valuta kurslarini barqarorlashtirish uchun valuta bozoriga ta’sir qilishning rasmiy zaxiralarni tartibga solish, savdo siyosati, valuta nazorati va ichki makroiqtisodiy tartiga solish kabi usullaridan foydalanadi. Valuta kursi mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir.
    Qayd etilgan valuta kursi – xorijiy valutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valuta bozorida talab va taklifning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi. Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi Valuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi. Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi. Mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida olib boriladigan proteksionistik u muvozanatli real valuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Valuta kurslarining o‘zgarishiga, shuningdek bir qator tashqi va ichki omillar va ular o‘rtasidagi nisbat ta’sir ko‘rsatadi.
    O’zbekiston iqtisodiyot rivojlanishi va tadbirkorlar faoliyati uchun katta to‘siq bo‘lib kelgan valyutani erkin sotib olish va sotish borasidagi cheklov va muammolar bartaraf etish va valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o’z natijasini berib kelmoqda. E’tiborlisi shundaki, oldingi yillarda eksport tushumlari bo‘yicha majburiy sotuv talabi bor paytda eksportdan tushgan valyuta tushumlarining ichki bozorga ishlatilishi 30 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bunday cheklov va talablar olib tashlanganidan keyin ushbu ko‘rsatkich 61 foizga yetdi.
    Buning natijasida tashkilotlar o‘zlari uchun zarur xomashyo va asbob-uskunalarni xarid qilish, joriy va investitsiya ehtiyojlarini qoplash imkoniyatiga ega bo‘ldi, shuningdek o‘tgan yili sanoat hajmlari 14,4 foizga, eksport tushumi 19 foizga o‘sdi va eksportyorlarning banklarga sotgan valyuta hajmi 1,9 barobar oshishiga erishildi.
    Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, raqobatbardosh ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.Davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish iqtisodiyot sohasidagi muhim vazifalardan ekanini ta’kidlagan edi.Valyuta zaxiralaridan oqilona foydalanish, ushbu zaxirani boshqarishning aniq strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
    Shuningdek, oltin-valyuta zaxiralari tarkibini optimallashtirish, valyutalarni saqlashda xalqaro tajriba asosida qimmatli qog‘ozlar, jumladan, yuqori likvidli obligatsiyalardan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
    Valyuta tushumlari va oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishini ta’minlashda eng optimal yo‘l bu — eksport salohiyatini oshirishdir. Shuning uchun bu yil eksport prognozlari o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘proq qilib belgilangan.
    Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, iqtisodiyot erkinlashgan va investitsiyalar faollashgan sharoitda tashqi savdo aylanmasida o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy holat.
    Prezident erkin sotib olinayotgan valyuta iqtisodiyotimizning ertangi kundagi rivojlanish maqsadlariga xizmat qilishi kerakligini alohida ta’kidladi.
    Hulosa o‘rnida aytganda, bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, qolaversa, milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini yanada kuchaytirish zarurati mamlakatda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, institutsional va tarkibiy yangilanishlarni davom ettirishni taqozo qilmoqda. Shu ma’noda, Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi bu borada muhim qadam bo‘ldi, desak, ayni haqiqat.


    Download 153.34 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 153.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekistondagi valyuta kurs omillari va ularning iqstisodiy rivojlanishga ta'siri

    Download 153.34 Kb.